6-ma’ruza: O’lchamlar, og’ishlar va joizlik. Joizlik maydoni Reja


Download 459.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.05.2023
Hajmi459.67 Kb.
#1435151
1   2   3   4
Bog'liq
6 Mavzu

6.2. Og’ish va og’ish turlari. 
Chizmalarni soddalashtirish uchun nominal o'lchamdan chekka og'ishlar 
tushunchasi joriy qilingan. 
Chekka og'ish - chekka va nominal o'lchamlar o'rtasidagi algebraik ayirma. 
Yuqori va quyi og'ishlar bo'ladi. 
Yuqori og'ish - eng katta chekka va nominal o'lchamlar o'rtasidagi algebraik 
ayirma. Belgilari ES, es
Quyi og'ish - eng kichik chekka va nominal o'lchamlar o'rtasidagi algebraik 
ayirma. Belgilari EI, ei
Teshik uchun: ES=D
max
-D
H
; EI=D
min
-D
H
(6.1 a-rasm). 
Val uchun: es=d
max
-d
H
; ei=d
min
-d
H
(6.1 b-rasm). 
Haqiqiy og'ish - haqiqiy va nominal o'lchamlar o'rtasidagi algebraik ayirma. 
Agar haqiqiy yoki chekka o'lcham nominal o'lchamdan katta bo'lsa, og'ish 
musbat (+) bo’ladi, agarda haqiqiy yoki chekka o'lcham nominal o'lchamdan 
kichik bo'lsa, og'ish manfiy (-) bo'ladi. Chekka og'ishlar musbat, manfiy yoki 
bittasi nolga teng bo'lishi mumkin. Mashinasozlikka oid chizmalarda nominal va 
chekka chiziqli o'lchamlar va ularning og'ish birliklari ko'rsatilmasdan, millimetr 
hisobida belgilanadi, masalan, 42^; 42°; 50'; 42"; 42_0025. Burchak o'lchamlari va 
ularning og'ishlari gradus, minut yoki sekundlar hisobida birliklari ko'rsatilgan 
holda belgilanadi. 


Masalan, 10°30'40". 
Og'ishlarning mutlaq qiymatlari bir xil bo'lsa, ular ± ishorasi bilan nominal 
o'lcham yonida bir marta ko'rsatiladi. Masalan 60±0,2; 120°±10°. Nolga teng 
bo'lgan og'ishlar chizmalarda ko'rsa-tilmaydi, bu holda og'ishlarning bittasi 
qo'yiladi - musbat yuqori og'ish o'rnida, manfiy esa quyi og'ish o'rnida. 
Masalan, 200+0,2; 200-0,2. 

Download 459.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling