6-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalarini sinash usullari


Detonatsiyalovchi shnurni sinash


Download 214.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.11.2023
Hajmi214.99 Kb.
#1736967
1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza

Detonatsiyalovchi shnurni sinash 
Detonatsiyalovchi shnurlar partiyasidan 1 ta yashik ochilib yashik ichidagi 
buxtalar tashqi ko’zdankechiriladi. Bunda quyidagi kamchiliklar tekshiriladi: 
o’ramlar buzilganligi; detonatsiyalovchi shnur o’ramlarida sinash joylari 
mavjudligi; detonatsiyalovchi shnur o’ramlaridagi ingichkalashish hududlari 
tekshiriladi. Agar tekshirilayotgan buxtalarning 10% dan ko’prog’ida kamchiliklar 
aniqlansa detonatsiyalovchi shnur partiyasi yaroqsiz deb topiladi. 
Detonatsiyalovchi shnurni detonatsiya uzatishga tekshirish. Buning uchun 3 
ta buxtaning har biridan 100m dan detonatsiyalovchi shnur olinadi. Har bir shnur 
bo’lagidan 1m dan uzunlikda 5 ta bo’lak qirqib olinadi va quyidagi sxema bo’yicha 
ulanadi 
Bunda detonatsiyalovchi shnur bo’lagining 95 m uzunlikdagi qismi 
magistral liniya vazifasini bajaradi. Detonatsiyalovchi shnur boshlang’ich impuls 
beriladi 
va detonatsiyalovchi shnurga ulangan detonatsiyalovchi shnur 
bo’laklarining to’liq detonatsiyalanishi tekshiriladi. Bunda uchta guruhning 
birortasi 
portlamay 
qolsa 
yoki 
detonatsiyalovchi 
shnurga 
ulangan. 
Detonatsiyalovchi shnurdan kamida 2 tasi portlamay qolsa yaroqsiz deb topiladi. 
Detonatsiyalovchi shnurni suvga chidamlilikka tekshirish. Agar portlatish 
ishlari nam sharoitda olib borilsa detonatsiyalovchi shnur buxtasi 1m chuqurlikdagi 
suvda 1 soat davomida, agar portlatish ishlari suvli sharoitda amalga oshirilsa 4 
soat davomida suvda ushlab turiladi va yuqoridagi tartibda tekshiriladi. Bunda 
detonatsiyalovchi shnur uchlari suv o’tkazmaydigan material bilan o’ralishi shart. 
Agar sinash ishlarida «отказ» kuzatilsa bunday detonatsiyalovchi shnur quruq 
sharoitlarda qo’llanilishga yaroqli deb topiladi. 
Moyga chidamlilikka tekshirish. Portlash ishlarida suyuq nitroefirlar asosida 
hosil qilingan portlovchi moddalarning qo’llanilishi detonatsiyalovchi shnurni 
moyga chidamlilikka tekshirishni taqozo etadi. Bunda detonatsiyalovchi shnur 
portlovchi modda tarkibiga qo’shiladigan suyuq yoqilg’iga kamida 1m chuqurlikka 


botirib qo’yiladi, bunda olov o’tkazuvchi shnur uchlari moyga botirilmaydi, 
tashqarida turadi. Moyda ushlab turish vaqti davomiyligi detonatsiyalovchi shnur 
portlatish ishlarida zaryadlangandan so’ng qancha vaqt davomida saqlansa shuncha 
vaqt davom etadi. Shundan so’ng detonatsiyalovchi shnur po’stlog’ining butunligi 
tekshiriladi. Agar kamchilik aniqlansa boshqa turdagi portlovchi modda portlatish 
uchun qo’llaniladi. 
Detonatsiyalovchi 
shnurni 
yuqori 
va 
past 
haroratga 
tekshirish. 
Detonatsiyalovchi shnur +60
0
C haroratga chidamli bo’lishi talab etiladi. Buning 
uchun detonatsiyalovchi shnur maxsus termostatlarda 60
0
C haroratda 4 soatda 
ushlab turiladi. Agar portlatish ishlari -15
0
C haroratdan past haroratda olib borilsa 
huddi shu haroratda 2 soat davomida ushlab turiladi va portlatib ko’riladi. Agar 
portlatishda «отказ» kuzatiladigan bo’lsa -15
0
C dan yuqori haroratda tekshiriladi. 

Download 214.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling