6-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalarini sinash usullari


Olov o’tkazuvchi shnurni sinash


Download 214.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana01.11.2023
Hajmi214.99 Kb.
#1736967
1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza

Olov o’tkazuvchi shnurni sinash. 
Olov o’tkazuvchi pilik ham tashqi ko’zdan kechiriladi. Bunda bitta yashik 
ichidagi barcha buxtalar tekshirib ko’riladi. Agar ko’zdan kechirishda kamchiliklar 
aniqlansa olov o’tkazuvchi (pilik) shnur partiyasi yaroqsiz deb topiladi. Kamchilik 
aniqlangan buxtalar yondirib yo’q qilinadi. Tashqi ko’zdan kechirib bo’lingan 
buxtalarning yaroqli deb topilgan qismidan 2% i tanlab olinadi va boshqa xossalari 
tekshirib ko’riladi. 
Olov o’tkazuvchi pilikni to’liq yonishini tekshirish uchun olov o’tkazuvchi 
shnurdan 5 sm bo’lakcha qirqib olinadi va yondiriladi. Bunda bo’lak to’liq yonishi 
kerak. Olov o’tkazuvchi pilik yonish tezligini tekshirish uchun har bir buxtadan 60 
sm dan bo’lakcha qirqib olinadi va yonish tezligi sekundomer yordamida 
o’lchanadi. Bunda 60 sm uzunlikdagi bo’lak yonish vaqti davomiyligi 60 sek dan 
70 sek oraliqda bo’lishi lozim. Agar birortasida farq kuzatilsa tekshirish ishlari 2 
marta olib boriladi. 
Olov o’tkazuvchi pilikni suvga chidamlilikka tekshirish. Buning olov 
o’tkazuvchi shnur 1m chuqurlikdagi suvga botirib qo’yiladi. Suvda saqlash vaqti 
davomiyligi OШA markali olov o’tkazuvchi shnur uchun 1 soat ushlab turiladi
OШДA va OШП markali olov o’tkazuvchi pilik uchun 4 soat ushlab turiladi. 

Download 214.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling