6-ma’ruza. Sanoatning hududiy tashkil qilish omillari
Download 58.5 Kb.
|
6-mavzu. Ishlab chiqarish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr-energetika
YOqilg‘i sanoati tog‘-kon yoki qazib oluvchi sanoati toifasiga kiradi va yoqilg‘i turlari, qazilma boyliklarning joylanishi tabiiy, geoximik qonuniyatlarga asoslanadi. Sababi-ko‘mir, neft, gaz, yonuvchi slanets, torf kabi tabiiy boyliklarning paydo bo‘lishi va er yuzida (ostida) tarqalishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Elektr-energetika suv, issiqlik va atom stansiyalaridan tashkil topadi. Suv elektrostansiyalarini tekislik joyga ko‘ra tog‘ va tog‘oldi rayonlarda qurish maqsadga muvofiq. CHunki, bunday sharoitda relef shakli –er tuzilishining qiyaligi, tabiiy holda sharshara va tog‘lar orasidagi cho‘kmalarning mavjudligi, qulay imkoniyatlar tug‘diradi. Bundan tashqari, suv ombori qoplagan erlar qishloq xo‘jaligida deyarli ishlatilmaydi; qishloq manzilgohlari ham yo‘q va, binobarin, ularni ko‘chirtirish talab etilmaydi. Suv ombori va uning atrofida sport, dam olish zonalarini tashkil qilish, bog‘dorchilik va baliqchilikni rivojlantirish, pastki hududlarda erlarni sug‘orish, kanallar qurish mumkin. Ba’zan GESlar bilan birgalikda o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati ham rivojlanib boradi (masalan, Sibirda). Ko‘rinib turibdiki, tog‘li rayonlarda qurilgan GESlar har tomonlama qulay, elektr energiyasi arzon. Agar shu stansiyalar tekislikda joylashtirilsa katta maydon suv ostida qolib ketadi (ehtimol, bu erda qimmatbaho qazilma boyliklar bordir) va to‘g‘on qurish katta mablag‘ talab qiladi. Issiqlik elektr stansiyalari (TES) ikki turda bo‘ladi: TES va GRES. Ularning bir-biridan farqi qaysi maqsadda qurilganligidadir; foydalaniladigan yoqilg‘isi esa bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, TES-«teplo-elektrotsentral», ya’ni issiqlik elektr markazi, odatda ham elektr quvvati, ham bug‘ (par) talab qiluvchi sanoat korxonalari-to‘qimachilik, neftni qayta ishlash va h.k. yonida yoki yaqinida quriladi. CHunki, bug‘ni 15-18 km. masofadan uzoqqa jo‘natib bo‘lmaydi. Demak, bu stansiyani joylashtirishda ishlab chiqarish iste’moli asosiy ahamiyatga ega. Ammo, TESlarning bevosita shahar ichida qurilishi tufayli ular atrof-muhitni ifloslantiradi. SHu sababdan, ekologik jihatdan bunday stansiyalarning aholi zich joylarda qurilishi uncha ma’qul emas. GRESlar esa («Gosudarstvennaya rayonnaya elektrostansiya») asosan elektr energiyasini beradi va shu bois ularni yirikroq va shahardan biroz uzoqroq masofada joylashtiriladi. Atom elektrostansiyalari ko‘pincha boshqa turdagi stansiyalarni qurish imkoniyati yo‘q hududlarda joylashtiriladi. Buning uchun albatta ekologik xavfsizlik ta’minlanishi kerak. SHuningdek, AESlarning barpo etilishida ilmiy-texnika omili ham hisobga olinadi. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling