6-ma’ruza. Sanoatning hududiy tashkil qilish omillari


Download 58.5 Kb.
bet1/6
Sana11.05.2023
Hajmi58.5 Kb.
#1451457
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu. Ishlab chiqarish (1)

6-MA’RUZA . SANOATNING HUDUDIY TASHKIL QILISH OMILLARI




REJA



  1. Sanoat tarmog‘i haqida tushuncha.

  2. Sanoatning hududiy tashkil qilish xususiyatlari va unga ta’sir qiluvchi omillar.

  3. Og‘ir sanoat tarmoqlarini joylashtirish.

  4. Engil va oziq-ovqat sanoatini joylashtirish.

Umuman tarmoq deganda korxonalarning ma’lum o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra guruhlanishi tushuniladi. Sanoat tarmoqlari odatda uch asosiy mezon asosida ajratiladi. Ular:





  • Xom-ashyo birligi bo‘yicha ajratilgan sanoat tarmoqlari (mashinasozlik va metallni qayta ishlash, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati va hk.);

  • Iste’mol birligi, ya’ni muayyan maqsadda mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (engil va oziq-ovqat, qurilish, elektr energetika va b.);

  • Texnologik jarayon asosida tashkil etilgan sanoat tarmog‘i (ximiya va neftni qayta ishlash)

Sanoatning tarmoqlar tizimi nihoyatda murakkab va u borgan sari o‘zgarib bormoqda. Eng yirik tarmoqlar sifatida yoqilg‘i, energetika, qora va rangli metallurgiya, ximiya va neftni qayta ishlash, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash, sellyuloza-qog‘oz, engil, oziq-ovqat, poligrafiya va boshqalar ajratiladi. Ular ham o‘z navbatida tarmoq va tarmoqchalardan iborat. Bu jihatdan mashinasozlik sanoatining turlanishi ayniqsa boy; faqat transport mashinasozligining o‘zi bir nechta qismlarni o‘z ichiga oladi.


YUqoridagi tarmoqlar orasida eng an’anaviy, qadimiy tarixga ega bo‘lgan, shubhasiz, engil (to‘qimachilik) sanoatidir. U dastavval manufakturadan boshlanib, so‘ngra yirik mashina industriyasiga o‘tdi, boshqa sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga turtki berdi. Albatta, oziq-ovqat, metallni qayta ishlash sanoatlari ham ancha qadimiy. Ayni vaqtda mashinasozlik, elektr energetika va ximiya nisbatan «yangiroq» bo‘lib, ular hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotini aks ettiruvchi tarmoqlar jumlasiga kiradi.
Sanoat tarmoqlari og‘ir va engil, ishlab chiqarish vositalari va iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi yirik guruhlarga (A va V) ajratiladi. Biroq bunday ajratish shartli xususiyatga ega bo‘lib, ular orasidagi farq borgan sari kamayib, «yupqalashib» bormoqda.
So‘nggi yillarda sanoat tarmoqlari tarkibida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda:

- sanoat tarmoqlarining yanada parchalanib borishi, yangi-yangi tarmoqlarning vujudga kelishi;



  • tarmoqlar orasida integratsiya jarayonlarining rivojlanishi, tarmoqlararo majmualarning shakllanishi;

  • fan-texnika yutuqlari bilan bevosita bog‘liq tarmoqlarining tezroq rivojlanishi.

Sanoatning tarmoqlar tizimini baholashda eng avvalo uning turlanganligini (diversifikatsiyalashuvi) hamda yangi texnologiyalarga asoslangan, «yuqori qavat» tarmoqlarining mavjudligini e’tiborga olish kerak. Ba’zi rayonlar faqat tog‘-kon, xom-ashyo qazib olishga ixtisoslashgan, boshqalarida esa asosan ta’mirlovchi sanoat korxonalari bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, bunday rayonlarning sanoati yaxshi rivojlanmagan!


Sanoat tarmoqlarini hududiy tashkil etish o‘ziga xos xususiyatga ega. Ular iqtisodiy geografik makonda yoki xaritada nuqtasimon shaklga ega. Demak, mazkur tarmoqda ishlab chiqarish va hududiy mujassamlashuv darajasi ancha yuqori. Bu esa sanoat ishlab chiqarishining qishloq xo‘jaligiga ko‘ra iqtisodiy samaradorligini yuqori bo‘lishiga olib keluvchi sabablardan biridir.
Sanoat korxonalarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar soni ko‘p. Ular asosan xom-ashyo, yoqilg‘i, energetika, iste’mol, ishchi kuchi, iqtisodiy geografik o‘rin va boshqalardan iborat. Bu borada ekologiya va bozor iqtisodiyoti omillarining ahamiyati tobora kuchaymoqda. SHu bilan birga qayd etish joizki, turli xil sanoat tarmoqlarini joylashtirish muayyan omillar asosida amalga oshirildi. Ularni qisqacha ko‘rib chiqamiz.



Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling