6-ma’ruza. Sanoatning hududiy tashkil qilish omillari
Download 58.5 Kb.
|
6-mavzu. Ishlab chiqarish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Engil sanoatni
- Oziq-ovqat sanoatini joylashtirish
Qurilish sanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan «oldinda» borishi kerak, zero usiz yangi erlar o‘zlashtirilmaydi, korxona va tashkilotlar bunyod etilmaydi. g‘isht, sement, cherepitsa, shifrni ishlab chiqarish ko‘p jihatdan xom- ashyoga bog‘liq. SHu sababdan bo‘lsa kerak Rossiyaning asosiy sement sanoati markazlari -Volsk, Iskitim, Novorossiysk -atrofida buning uchun xom-ashyo, mergli, ohaktosh ko‘p miqdorda mavjud. O‘zbekistonda ham sement ishlab chiqarish xom-ashyo omilini e’tiborga olgan tarzda amalga oshirilgan (Bekobod, Angren, Quvasoy, Ohangaron). Bundan tashqari, sement ishlab chiqarish qora va rangli metallurgiya markazlarida ham tashkil qilinadi. Buning uchun domna pechlarining chiqindisi-shlak, alyuminiy sanoatiga tegishli glinozyom zavodlari chiqindilari ishlatiladi.
Temir-beton mahsulotlari va qurilmalarini joylashtirish iste’mol omili orqali tashkil qilinadi. SHu bois ularning geografiyasi keng bo‘lib, bunday korxonalar barcha yirik shaharlarda mavjud. Engil sanoatni hududiy tashkil qilishda xom-ashyo, ishchi kuchi va iste’mol omillari etakchi rol o‘ynaydi. Masalan, paxta tozalash va pillachilik zavodlari, jun yoki terini yuvish kabilar bevosita xom-ashyo rayonlarida joylashtiriladi. Sababi, ulardan olinadigan mahsulot birligiga juda ko‘p xom-ashyo sarflanadi. To‘qimachilik, poyafzal, tikuv, trikotaj fabrikalari, gilam ishlab chiqarish mehnattalab bo‘lgani uchun ular katta kichik shaharlar, rayon markazlarida quriladi. SHu bilan birga to‘qimachilik korxonalari og‘ir sanoat markazlarida ayollar ishchi kuchidan foydalanish maqsadida ham joylashtiriladi. Mazkur sanoatning ko‘p mehnat resursini talab qilishi ayni paytda uning iste’mol rayonlarida joylashtirilishi bilan uyg‘unlashib ketadi. CHunki, mehnat resursi, aholi engil sanoat mahsulotining iste’molchisidir, ular esa hamma uchun va har doim kerak. Oziq-ovqat sanoatini joylashtirish ko‘proq iste’mol omiliga qarab amalga oshiriladi (bu mahsulotlar ham barcha uchun va doimo zarur). SHuningdek, ularning transportda tashish imkoniyatlari, sifatining buzilmasligi ham inobatga olinadi. Jumladan, yog‘-moy ishlab chiqarish, konserva, vino sanoati, qand lavlagi va tamakini qayta ishlash ko‘proq xom ashyo rayonlarida, go‘sht, sut sanoati shahar joylarga yaqin quriladi. Konditer fabrikalari bevosita shaharlardan joy oladi. Un sanoati, don mahsulotlari kombinatlari ham aksariyat hollarda kichik shaharlarda, g‘allakor rayonlarda yoki ularga yaqin bo‘lgan shaharlarda rivojlanadi. Keltirilgan undan turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish iste’mol rayonlarida-shaharlarda tashkil qilinadi. Bunday markazlarda ba’zan yirik yog‘-ekstraksiya, konserva va vino sanoati, tamaki fermentatsiya korxonalari qurilishi mumkin. SHunday qilib, oziq-ovqat sanoatining hududiy tarkibi asosan iste’mol va xom ashyo omillari ta’sirida shakllanadi. Ayni vaqtda bu tarmoq qishloq xo‘jaligi bilan bevosita bog‘liqligi tufayli agrosanoat majmualari ko‘rinishida hududiy tashkil etiladi. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling