6-ma’ruza. Sanoatning hududiy tashkil qilish omillari
Ximiya va neftni qayta ishlash sanoati
Download 58.5 Kb.
|
6-mavzu. Ishlab chiqarish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoatini
Ximiya va neftni qayta ishlash sanoati. Asosiy ximiya uchun xom-ashyo omili uncha muhim emas. CHunki, bu sanoat turli xil xom-ashyo: o‘simlik, mineral, ishlab chiqarish chiqindilari, hatto suv va havo asosida ham tashkil etilaveradi. Binobarin, ximiya sanoati katta erkinlikka ega. Ammo, unga ta’sir etuvchi boshqa kuchli omil mavjud- bu ham bo‘lsa ekologiyadir.
Neftni qayta ishlash zavodlari xom-ashyo rayonlariga ko‘ra iste’mol rayonlarida ko‘proq uchraydi. Xom neftni keltirib turli xil mahsulot olish, ularning barchasini alohida –alohida keltirishdan ko‘ra arzonroq, qulay va xavfsizroq. Ba’zan bunday zavodlar magistral neft quvurlari o‘tgan joylarda ham tashkil etiladi. Ximiya sanoati uchun suv va elektr energiyasi omili ham ahamiyatliroq. SHu sababdan bo‘lsa kerak, CHirchiq yirik ximiya sanoati markaziga aylangan. O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoatini joylashtirish ham o‘ziga xos. Jumladan, yog‘ochni qayta ishlash aksariyat hollarda o‘rmonzorlarga yaqin joylarda amalga oshiriladi, chunki 40 foizgacha yog‘och (novda va shox-shabbalar) chiqindiga ketadi. Sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish esa asosan uch variantda joylashtiriladi: xom ashyo rayonida, yog‘och oqizuvchi daryolarning temir yo‘llar bilan kesishgan nuqtasida hamda daryolarning quyilish qismida. Ko‘rinib turibdiki, bu erda transport va geografik o‘rin omillari katta ahamiyatga ega. YUqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha sellyuloza- qog‘oz sanoatining joylashuvini Rossiya Federatsiyasi misolida ko‘rsa bo‘ladi. Masalan, Krasnoyarsk, Volgograd, Krasnokamsk, Perm, Kotlas, Balaxna, Arxangelsk va boshqalar turli variantlarda vujudga kelgan ushbu sanoat markazlaridir. SHuningdek, yog‘ochni qayta ishlash sanoatiga mebelsozlik, daftar-qalam, sport buyumlari va musiqa asboblari, temir yo‘l shpallari, uysozlik, gidroliz spirti olish kabi juda ko‘p tarmoqlar ham kiradi. Ularning joylashtirilishi esa mahsulotning «xom-ashyo talabligi» hamda transport jihatidan qulayligiga qarab tashkil qilinadi. Ayni vaqtda, bu erda xom-ashyo, transport, iste’mol omillari bilan birga suv sharoitlari ham e’tiborga olinadi. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling