Poligrafiya sanoati ko‘proq shaharlarda, xususan poytaxt shaharlarda joy oladi. Sababi- bunday shaharlarga matbuot, kitob, gazeta va jurnallarni nashr qildirish o‘ziga xos vazifa (funksiya) hisoblanadi.
Biz yuqorida sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish masalasida omillardan emas, sanoat tarmoqlarining xususiyatlaridan kelib chiqdik. Omillar ta’siri esa umumiy holda oldingi ma’ruzalardan bayon qilingan. Bu erda faqat shuni eslatish lozimki, hozirgi sharoitda sanoat tarmoqlari va korxonalarni aynan qaerda joylashtirish, ularning texnik-iqtisodiy xususiyatlaridan tashqari, bozor munosabatlari-talab va taklif, soliq va kredit, narh-navo va mintaqaviy siyosatlari ta’sirlarida amalga oshiriladi.
Eng muhimi joylashtirilgan korxona tadbirkor uchun ham, davlat uchun ham qulay va arzon bo‘lishi kerak. Qulaylik –transport xarajatlari kam, ekologik jihatdan maqbul, arzon demakdir. Kelajakda mahsulot qiymatiga, tannarxiga unga ishlatilgan xom ashyo sarf-xarajatlari, ya’ni «resurs uchun to‘lov» ham kiritilishi kerak. Zero, bozor munosabatlari davrida u yoki bu resursni qazib olgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, atrof-muhitga ko‘rsatilgan zarar albatta qoplanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |