6-Ma’ruza: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi va uni fizikani o’qitishda qo’llash
Download 0.6 Mb.
|
6-Ma’ruza Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi va uni fizikani
6-Ma’ruza: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi va uni fizikani o’qitishda qo’llash Shaxsga yo’naltirilgan yondashuvning asoslari amerikalik psixologlar K.Rodjers va A.Maslou (60-70-yillar) tomonidan ishlab chiqilgan va u barcha mamlakatlarda keng qo’llanilmoqda. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv deb, odatda shunday pedagogik faoliyat (metodologik yo’nalish) tushuniladiki, oqibatda o’zaro bir-biri bilan bog’langan tushuncha, g’oya, harakat yo’llariga tayangan holda, shaxs (o’quvchi, talaba) ga o’z-o’zini tushunish, o’z-o’zicha reaksiya jarayonlarini ta‘minlash va qo’llashni hamda uning takrorlab bo’lmaydigan individualligini rivojlantirishga qaratilgan. Bunday yondashuvni amalga oshirish o’qitish jarayoni va ta‘limning bilish mexanizmi o’quvchi-talabalarning fikrlash qobiliyatini va ruhiyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv orqali o’qitish va tarbiyalashning asosiy prinsiplari nimadan iborat? 1. Sub‘yekt – o’quvchi (talaba) ning shaxsiy tajribasini asoslash. 2. Yangi o’quv materialini tanlashda o’quvchilarga mustaqillik berish. 3. O’quvchilarning mustaqil ishlashiga e‘tibor berish. 4. Bilim, malaka va ko’nikmani egallashda eng oxirgi natija sifatida o’quvchi-talabalarning ijodiy qobiliyatini amalga oshirish. 5. O’qituvchi tomonidan bilimni baholashda faqat uning to’g’ri javobini hisobga olmasdan, balki javobning o’ziga xosligi va mustaqilligiga e‘tibor berish. 6. Darslarda o’qituvchi va o’quvchi-talabaning shaxsiy-emotsional kontaktini hosil qilish, ya‘ni hamkorlik, ijodkorlikka erishishdagi muvaffaqiyatini hisobga olish. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv mohiyatini tushunish uchun uni an‘anaviy o’qitish usuli bilan taqqoslashni ko’rsatadigan jadvalni keltiramiz.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling