Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi – bu o’quv materialini o’rgatish, kompyuter va Internet tarmog’idan foydalanishdir. Fizika darslarida undan foydalanishda quyidagi tomonlarga e‘tibor berish kerak: kompyuter modellaridan foydalanish; kompyuter o’lchash laboratoriyasini qo’llash; Internetning ta’lim resurslaridan foydalanish (school-collection edu.ru, fciz.edu.ru, window.edu.ru, belclass.net) ; Distansiya markazi telekommunikatsiyalaridan foydalanish; Mikrosoft Office vositalaridan foydalanish; Interaktiv taxta (doska) imkoniyatlaridan foydalanish; Kompyuterda vizual materiallarni namoyish qilishda qo’llash.
Muammoli o’qitish – bu shunday texnologiyadirki, unda o’quv vaziyatlarini hosil qilish, bular orqali atrof-muhitni o’rganish uchun muhim bo’lgan amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni o’rganamiz. Bunday holda o’quvchiga ta‘sir harakatini uzatish yo’li o’rgatiladi, konkret bilim olish natijasida ular ijodiy ko’nikmaga ega bo’ladi, ularda shaxsiy sifatlar rivojlantiriladi, bu esa o’z-o’zini takomillashtirish va o’z-o’zicha rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
Loyiha-tadqiqot texnologiyasi – bu o’quv jarayonini tashkil qilishning shunday formasidirki, bu yerda o’quvchilar (talabalar) avval ma‘lum bo’lmagan ijodiy, ilmiy masalarni yechishga jalb etiladi.
Sath bo’yicha differentsiyalash texnologiyasi – bu texnologiyada o’quvchilarni predmet bo’yicha tayyorlash darajasini aniqlashga qaratilgan bo’lib o’qish jarayonini tashkil qilishda quyidagi asosiy prinsiplarni hisobga olishni talab qiladi.
O’yin texnologiyasi–bu o’qitishning shunday yo’li bo’lib, o’yin natijasida o’quv masala yechiladi. Fizika darslarida qo’llash mumkin bo’lgan quyidagi o’yinlarni keltirish mumkin: imitatsiyali (tashkiliy faoliyatli imitatsiyalar) ; operatsiyali (ish jarayonini modellashtirish) ; rol holati (vaziyatda qatnashadigan birinchi qabul) ; ish teatr (vaziyat yoki jarayonda yutish) ; umumlashtiruvchi (integratsion bilim) ; musobaqalili (musobaqa - o’yin) .
Do'stlaringiz bilan baham: |