6-ma’ruza: Temir-betonning xossalari. Temirbetonni qisqa va uzoq muddatli yuklar ta’siri ostidagi xossalari, reologik xususiyatlari
-rasm. 18 ta simdan tashkil topgan armatura tutami
Download 1.44 Mb.
|
6-маъруза.doc
5.2-rasm. 18 ta simdan tashkil topgan armatura tutami:
1 taranglangan armatura; 2 diametri 2 mm bo’lgan spiralь sim; 3 diametri 1 mm bo’lgan sim bog’lama; 4 kanal ishlash; 5 dastak; 6 qopqoq (probka); 7 kanalni to’ldirish teshigi; 8 element uchiga qo’yilgan sim to’r Oldindan zo’riqtirilgan elementlar uchun armatura po’latlari konstruktsiya turi, beton klassi, ta’sir etuvchi kuchlarning tavsifi (xarakteri) atrof muhitning harorati va zararliligi, ishlash sharoiti va boshqa omillarga bog’liq holda tanlanadi. Iloji boricha mustahkamligi yuqoriroq bo’lgan armatura tanlashga harakat qilish kerak. Betonning klassi konstruktsiyaning turi, betonning xili, taranglangan armaturaning klassi va diametri, ankerlarning bor-yo’qligiga qarab belgilanadi. Elementlar diametri 5 mm bo’lgan Bp-II klassli sim va ankersiz armaturalansa, betonning klassi B20 dan, diametri 6 mm va undan ortiq bo’lsa, B30 dan kam bo’lmasligi lozim. K7 va K-19 klassli arqonsimon armatura qo’llanilgan elementlardagi betonning klassi kamida B30 olinadi. Agar A-V (At-V) va At-VI klassli sterjenli ankersiz armatura ishlatilsa, armatura diametri 18 mm gacha bo’lganda beton klassi kamida B20 va B30, armatura diametri 20 mm va undan ortiq bo’lganda B25 va B30 dan kam bo’lmasligi kerak. Betonning uzatish mustahkamligi Rbp, ya’ni siqish daqiqasidagi mustahkamligi uning klassini 50% dan, hamda 11,5 MPa dan kam bo’lmasligi, A-IV, At-VI, K-7, K-19, Bp-II singari o’ta mustahkam armaturalarda esa 15,5 MPa dan kam bo’lmasligi zarur. Taranglangan armaturani betonga yaxshi birikuvi va zo’riqishlarnig betonga uzatilishini ta’minlash maqsadida armaturaning uchiga anker deb atalgan maxsus mahkamlovchi moslama o’rnatiladi. Armaturani tirgaklarga tirab taranglaganda, agar armatura bilan beton o’zicha puxta biriksa, masalan, armatura davriy profilli po’latdan yoki sim arqonlar (kanat) dan tashkil topgan bo’lsa, anker qo’ymasa ham bo’ladi. Biroq buning uchun beton yuqori darajada mustahkam bo’lishi, bundan tashqari maxsus konstruktiv choralar qo’llanilgan (qo’shimcha ko’ndalang armaturalar o’rnatilgan, himoya qatlamining qalinligi oshirilgan) bo’lishi lozim. Armaturani betonga tortilganda uning uchiga anker moslama o’rnatish lozim, ammo tayanchga tortilganda maxsus ankerlar o’rnatish shart emas. Binokorlikda alohida ingichka simlarni to’plab dastalangan armaturalardan ham foydalaniladi (5.2-rasm); tutamlama armatura aylanma-karkas ikki atrofida paralel joylashgan va uzunasiga har bir metrda beldamchilar bilan bog’langan ingichka simlar 1 dan tashkil topadi. Tutamlama armatura ikki tomonlama ishlaydigan domkrat bilan taranglanadi. Sterjenli armaturani betonga yoki tayanchga tortilganda uning uchiga (5.3-rasm,a), qistirma xalqa (5.3-rasm,b) yoki payvandlangan taxtakach (5.3-rasm, v) ko’rinishida vaqtinchalik texnologik ankerlar o’rnatiladi. Shu maqsadda ko’chma qisqichlar, masalan, uch mushtumli qisqichlardan ham foydalaniladi. Aylana kesimli konstruktsiyalar (rezeruvuarlar, quvurlar va hokazo) o’ta mustahkam sim bilan uzluksiz ravishda armaturalansa, simning bir uchi o’rama spiral’ ostiga mahkamlanadi va ikkinchi uchi siquvchi boltga o’ralib, betonda qoldirilgan metall taxtakachga burab tig’izlanadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalarda taranglangan armatura ta’sir etuvchi kuchga qarab joylashtiriladi. Markaziy cho’ziladigan elementlarda (fermalarning quyi belbog’lari, tortqichlar va hokazo) taranglangan armatura kesim bo’ylab bir tekisda joylashtiriladi (5.4-rasm). Rezervuar va quvurlarning devorlari maxsus mashinalar yordamida o’ta mustahkam sim bilan armaturalanadi yoki xalqa simlar o’ralib, domkrat yoki tortuvchi muftalar yordamida taranglanadi. 5.4-rasm. Markaziy cho’zilgan oldindan zo’riqtirilgan elementlarni armaturalash: 1 zo’riqtirilgan armatura; 2 zo’riqtirilmagan armatura; 3 himoya qatlami. Egiluvchi, nomarkaziy cho’ziluvchi va yelkasi katta bo’lgan nomarkaziy siqiluvchi elementlarning kesimi qo’shtavr, tavr va qutisimon shakllarda loyihalanadi. Egiluvchi elementlarda taranglangan asosiy armaturaning cho’zilish zonasiga joylashadi, ba’zan kesim yuzasi AOsp=(0,15...0,25)Asp bo’lgan taranglangan armatura siqilish zonasiga ham o’rnatiladi (5.5-rasm,a-v). Taranglangan armaturaning siqilish zonasiga joylashdan maqsad shuki, u nomarkaziy siqilgan (tayyorlash jarayonida) betonni yorilishdan asraydi, chunki egiluvchi to’sinning siqilish zonasi bunday paytda cho’zilishga ishlay boshlaydi va to’sinda yorilish xavfi paydo bo’ladi. 5.5-rasm, g da siquvchi kuch va tashqi yoyiq yuk ta’sirida to’sinda vujudga keladigan kuchlanishlar epyurasi tasvirlangan; bu yerda yelka eop o’zgarmas bo’lib, kuchlanish momentlar epyurasiga muvofiq ravishda parabola bo’yicha o’zgaradi. Epyuralarning algebrik yig’indisini olganda (yig’indi epyura 5.5-rasm, g da shtrixlab ko’rsatilgan) to’sinning pastki qirrasidagi cho’zuvchi kuchlanishlar ancha kamayadi, agar siquvchi kuch R va uning yelkasi to’g’ri tanlansa, usha kuchlanish butunlay yo’qolishi mumkin. To’sinning tayanch yaqinidagi yuqori qismida siquvchi R kuchdan hosil bo’lgan cho’zuvchi kuchlanish saqlanib qoladi, to’sinning shu uchastkasi yemirilishi ham mumkin. Element uchidagi kuchlanishlarning kamaytirish maqsadida pastki taranglangan armaturaning bir qismi bukib qo’yiladi (5.5-rasm, a). Bunda yelka eop hamda siquvchi kuch R, demak, cho’zuvchi kuchlanish ham elementning uchi tomon kichrayib boradi. Tayanch yaqinidagi og’ma kesimda hosil bo’ladigan bosh cho’zuvchi kuchlanishlarni qabul qilishda ham taranglangan armaturani bukish foydadan xoli emas. Egiluvchi elementlarga ta’sir etuvchi ko’ndalang kuchni qiymati salmoqli bo’lsa, to’sinning tayanchga yaqin qismida zarurat bo’lgan holda bo’ylama armaturadan tashqari, ko’ndalang armatura xomutlar ham taranglanadi. Tayanch atrofida to’sinning ikki o’q yo’nalishida oldindan zo’riqtirilish og’ma kesimlar bo’yicha yorilishni oldini oladi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruktsiyalarda ayniqsa armatura betonga tortilgan hollarda, zo’riqtiriladigan armaturalar Asp va Aosp dan tashqari zo’riqtirilmagan oddiy armaturalar As va Aos ham joylashtiriladi. Bunday armaturalarning kesim yuzalari elementni tayyorlash, tashish va o’rnatish jarayonida yetarli mustahkamlikka ega bo’lishi shartidan kelib chiqib tanlanadi. Zo’riqtirilmagan armatura tashqi sirtlarga yaqin o’rnatiladi, zo’riqtirilgan armatura ichkarida qoladi. Alohida sterjenlar, tutamlamalar, sim arqonlar, tuynuklar orasidagi masofalar beton aralashmasini yotqizish va zichlashtirish, anker va taranglovchi uskunalarni joylashtirish ishlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Bu masofalar pastki armaturalar uchun armatura diametrdan yoki 25 mm dan, tuynuklar orasidagi masofalar esa tuynuk diametridan yoki 50 mm dan kam bo’lmasligi lozim Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling