6– Ma’ruza. Termodinamik parametrlar. Reja Termodinamik parametrlar. Ideal gaz qonunlari


Download 113.2 Kb.
bet4/9
Sana05.01.2022
Hajmi113.2 Kb.
#211644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu maruza matni (2)

Termodinamik parametrlar. Berilgan massali gazni holatini harakterlash uchun bosim , hajm V va temperatura T kabi parametrlardan foydalaniladi. Agar gazning holati o’zgarmasa bu parametrlarning hammasi yoki bir qismi o’zgaradi.

Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun temperatura tushinchasidan foydalanadi. Agar qizitilgan jism (temperaturasi yuqori jism) qizitilmagan jismga (temperaturasi past jismga) tekizilsa, ular orasida issiqlik almashinuvi ro’y beradi. Energiya temperaturasi yuqoriroq jismdan temperaturasi pastroq jismga o’tadi. Bu jarayon jismlarning temperaturalari tenglashguncha , ya’ni issiqlik muvozanati mujudga kelguncha davom etadi.Demak , issiqlik muvozanitidagi jismlarning temperaturalari bir xil bo’ladi. Shuning uchun xam temperatura sistemaning issiqlik muvozanatini xarkterlovchi kattalik deyiladi.

Temperatura – makroskopik sistemalarning muvozanat holatini xarakterlovchi fizik kattalik.

Xozirgi vaqtda ikkita temperaturaviy – termodinamik temperatura (T) shkalasidagi temperatura kelvinlarda (K) va xalqaro amaliy temperatura shkalasida (t) temperatura tselsiy graduslarida (0S) darajalangan shkalani ishlatish mumkin

Xalqaro amaliy temperatura shkalasida suvning 1,013 105 Pa bosimda muzlashi va qaynashi mos ravishda 0 va 100 0S ( Tselsiy shkalasida ikki belgilar orasi 100 ga teng intervallarga bo’lingan, shuning uchun “ Yuz gradusli shkala” nomi “ yuz qadam”ni bildiradi).

Termodinamik temperatura shkalasi bir nuqtada aniqlanadi, bu sifatida suvning uchlik nuqtasi (muz, suv va to’yingan bug’ 609 Pa bosimda termodinamik muvozanatda bo’ladigan temperatura) .

Termodinamik shkala bo’yicha bu nuqtada temperatura 273,16 K teng. Suvning muzlash temperaturasi termodinamik shkalasi bo’yicha 273,15 K teng ( shu bosimda xalkaro amaliy shkaladagi kabi), shuning uchun termodinamik temperatura va xalkaro amaliy temperatura shkalalari quyidagi munosabat yordamida bog’langan:


Download 113.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling