6-maruza: yashil iqtisodiyotga asoslangan yog’och materiallar va buyumlar reja


Download 66.72 Kb.
bet2/3
Sana17.11.2023
Hajmi66.72 Kb.
#1782776
1   2   3
Bog'liq
6-maruza yashil iqtisodiyotga asoslangan yog’och materiallar va

Yog‘och makrostrukturasi. Makrostrukturani tanani tangensial, radial va ko‘ndalang qirqimlar yordamida o‘rganiladi (1-rasm).
Daraxt tanasi o‘zak, yog‘ochlik kambiy va po‘stloq qismidan iborat bo‘ladi (1, b-rasm).
O‘zak juda bo‘sh bog‘langan xujayralardan iborat bo‘lib, kichik mustahkamlikka ega va namlik ta’sirida tez chiriydi. Po‘stlog‘i tashqi qobiq va ichki lub qatlamlaridan tashkil topgan bo‘lib, daraxtning tashqi muhit ta’siri va mexanik shkastlanishlardan saqlaydi. Lub qatlami orqali o‘sayotgan daraxt oziqlanadi. Lub qatlami ostida yupqa kambiy xujayra qatlami joylashgan. Har yili daraxtning o‘sish davrida kambiy po‘stloq va ichki tomonga yog‘och xujayralarini suradi va Yog‘ochlik kengayib boradi. Shu sababli, daraxtning ko‘ndalang kesimida yillik xalqalar hosil bo‘ladi.
Yillik xalqalar ikki qatlamdan iborat:
Bahorgi –bahor va yozning boshida, yozgi-yozning oxirida hosil bo‘lgan yog‘och qatlamlari. Bahorgi yog‘och qatlami och rangli yirik yupqa xujayralardan iborat bo‘lib, yozgi qatlam esa to‘q rangli mayda pishiq xujayralardan tashkil topadi.
Yog‘ochning asosiy xossalari
Fizik xossalar. Yog‘och tarkibi asosan sellyulozadan iborat bo‘lgani uchun uning zichligi o‘zgarmas bo‘lib, qiymat jihatidan 1,54 g/sm3 teng.
Yog‘ochning o‘rtacha zichligi esa, uning turiga nisbatan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Xatto bir turdagi yog‘ochning o‘rtacha zichligi daraxtning o‘sgan joyi, obhavosi, tuprog‘i tarkibiga qarab o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Yog‘och namligining oshishi uning o‘rtacha zichligining oshishiga olib keladi. Shuning uchun yog‘ochning standart o‘rtacha zichligi nisbiy namligi 12% bo‘lganda aniqlanadi.
Yog‘ochda gigroskopik namlik va kapillyar namlik bo‘ladi. Gigroskopik namlik to‘qima devorlarida shimilgan holda, kapillyar namlik esa to‘qima bo‘shlig‘i va to‘qimalar aro bo‘shliqlarda bo‘ladi.
Gigroskopik namlik chegarasi 30% atrofida bo‘ladi. Yog‘ochning to‘liq namligi (gigroskopik va kapillyar namlik) 30% ortiq bo‘lib, yangi kesilgan yog‘och uchun 40-120% oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Yog‘och suvda uzoq muddat saqlanganda namligi massaga nisbatan 200 % gacha ortadi.
Yog‘ochning muvozanat namligi muhitning harorati va namligiga bog‘liq bo‘ladi. Xonada saqlangan yog‘ochning namligi 8-12%, quruq havoda saqlangan yog‘ochning namligi 15-18% bo‘lishi mumkin.
Qurishi, shishishi va tob tashlashi muxit harorati va namligiga bog‘liq bo‘lib, yog‘ochdan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning shakli va o‘lchamlarining o‘zgarishiga olib keladi.
Yog‘ochning namligi gigroskoplik chegarasidan kamayganda uning to‘qimalari bo‘shliqlaridagi namlikdan tashqari to‘qimalar devorlaridagi namlik ham chiqa boshlaydi. Bu esa yog‘ochning qoq qurishiga, xossalarning o‘zgarishiga va tob tashlashiga olib keladi.
Yog‘och tolasimon tuzilishda bo‘lgani uchun qurishdan nisbiy kichrayish turlicha bo‘ladi: tolalari bo‘ylab-0,1% (1m ga 1mm), radial yo‘nalish bo‘yicha3-6% (1m ga 3-6sm) va tangensial yo‘nalish bo‘yicha-6-12%(1m ga 6-12 sm).
Yog‘ochni qoq qurishdan saqlash uchun lok-bo’yoq moddalar bilan qoplash zarur.

Download 66.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling