6-ma’ruza. Yorug’lik nurining tabiati


Linzaladagi sinish orqali ham optik tasvirlarni yaratish mumkin


Download 1.16 Mb.
bet2/10
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1356305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-ma\'ruza

Linzaladagi sinish orqali ham optik tasvirlarni yaratish mumkin.
Agarda, yorug‘lik katta sindirish ko‘rsatkichli n1 muhitdan o‘tib kichik sindirish ko‘rsatkichli n2 muhitda, misol uchun, shishadan suvga o‘tib tarqalsa, u holda




2 - rasm. Har xil sindirish ko‘rsatkichli muhitlar chegarasida sinish hodisasi.

bo‘lib, singan nur normaldan uzoqlashadi va i2 sinish burchagi i1 tushish burchagidan katta bo‘ladi (2 – rasm).


Tushish burchagi oshishi bilan sinish burchagi asta-sekin osha boradi va qandaydir chegaraviy tushish burchagi qiymatida (i1 - icheg. chegaraviy burchakda) sinish burchagi ga tenglashadi. i1 = icheg. holatda tushayotgan nur to‘liq qaytadi (3 - rasm).
Demak, tushish burchagining icheg. qiymatlarida to‘la qaytish hodisasi kuzatiladi. Chegaraviy tushish burchagi shartdan topiladi.
, (6)
To‘la qaytish hodisasi, yorug‘lik optikaviy zich muhitdan zich bo‘lmagan muhitga o‘tganda, kuzatiladi.



3 – rasm.Ikki muhit chegarasida nurning to‘la qaytishi.


Geometriyaviy optika elementlari


Yorug‘likning tarqalish qonunlarini yorug‘lik nurlari tushunchalari orqali o‘rganiladigan optika bo‘limi geometriyaviy optika deb ataladi.


Yorug‘lik nurlari deb, to‘lqin sirtlariga normal bo‘lgan chiziqlar bo‘yicha tarqaladigan yorug‘lik energiyalari oqimiga aytiladi.
Linzalar deyilganda, ikkita sirt bilan chegaralangan tiniq jismlar tushuniladi. Ikkita sirtdan biri, odatda, sferik yoki tsilindrik,ikkinchisi–sferik yoki yassi bo‘lishi mumkin. Bu sirtlar yorug‘lik nurini sindirib, buyumlarning optik tasvirini shakllantirishi mumkin. Odatda linzalar shisha, kvarts, kristall va plastmassa moddalaridan tayyorlanadi.


4 – rasm. Linzalarning turlari.

Tashqi ko‘rinishiga qarab linzalar: ikki tarafi qavariqli, yassi qavariqli, ikki tarafi botiqli, yassi botiqli, bir tarafi qavariq-ikkinchisi botiqli, bir tarafi botiq ikkinchisi qavariqli bo‘lishi mumkin (4 - rasm).
Optik xususiyatlariga qarab linzalar yig‘uvchi va sochuvchi linzalarga bo‘linadi.




Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling