Botiq yupqa linzadagi fokal nuqtalarning roli esa aksincha:
9 - rasmda yig‘uvchi linza orqali tasvirni tuzish usuli keltirilgan. Tasvir va buyumning chiziqli o‘lchamlari nisbati linzaning chiziqli kattalashtirishi deb ataladi.
9 – rasm.Yig‘uvchi linzada tasvirni hosil qilish.
Asosiy fotometrik kattaliklar va ularning birliklari
Yorug‘lik nuri va uning manbalari jadalligini o‘lchash bilan shug‘ullanadigan optikaning bo‘limi – fotometriya deb ataladi. Fotometriyada quyidagi kattaliklar ishlatiladi:
· energetik kattaliklar – optik nurlanishning energetik parametrlarini tavsiflaydilar;
· yorug‘lik kattaliklari – yorug‘likning fiziologik ta’sirini tavsiflaydilar.
Boshida linzaning fokusi tomon yo’nalgan yorug’lik nurlari esa linza tomonidan tashqari tomonga yo’naltirib yuboriladi va linza o’qiga parallel harakatlanadi.
Energetik kattaliklar
1. Fe – nurlanish oqimi, nurlanish energiyasining (W) nurlanish vaqtiga (t) nisbatiga aytiladi:
Nurlanish oqimining o‘lchov birligi Vattdan (Vt) iborat.
2. Yoritish yoki nurlanish qobiliyati Re – sirtning Fe nurlanish oqimini shu sirtning ko‘ndalang kesimi yuzasiga nisbatiga teng:
ya’ni sirtning nurlanish oqimi zichligini bildiradi.
Nurlanishning birligi Vt/m2 dan iborat.
3. Yorug‘likning energetik kuchi Ie - nuqtaviy nurlanish oqimi Fe ni, shu nurlanish tarqalayotgan teles burchakka (w) nisbatiga tengdir:
Yorug‘likning energetik kuchi birligi bir steradian burchakka to‘g‘ri kelgan bir Vattli nurlanish oqimini bildiradi (Vt/sr).
4. Energetik ravshanlik Ve - nurlayotgan sirt elementi yorug‘ligi energetik kuchini DIe, nurlanish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikdagi element yuzasi proektsiyasiga nisbatiga teng kattalik bilan o‘lchanadi:
Energetik ravshanlik birligi Vt/sr.m2 ga tengdir.
5. Energetik yoritilganlik Ee - yoritiladigan birlik yuzaga tushayotgan nurlanish oqimiga teng kattalikdir. Uning birligi Vt/m2 dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |