6-ma’ruza. Yorug’lik nurining tabiati


Ammo, juda yupqa linzadan o’tishdagi burilish juda murakkab bo’ladi


Download 1.16 Mb.
bet4/10
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1356305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-ma\'ruza

Ammo, juda yupqa linzadan o’tishdagi burilish juda murakkab bo’ladi.
Yupqa linzalar uchun , bo‘lgan holda quyidagi linza ifodasini keltirib chiqarish mumkin:

bu yerda va ga tengdir.
U holda , (3)
yupqa linzaning ifodasiga ega bo‘lamiz.

Yupqa linzalarning qalinligi diametriga nisbatan juda ingichka bo’lganligi uchun ham ularni yupqa deb atash mumkin.
Linzaning qavariq sirti egriligi radiusi musbat, botiq sirt egriligi radiusi manfiy hisoblanadi. Agarda, buyumdan linzaning optik markazigacha masofa cheksiz bo‘lsa, linzaga tushayotgan nurlarni parallel deb hisoblash mumkin (6 - rasm), u holda

va bu holatga mos masofa b = 0F = flinzaning fokus masofasi deb ataladi:


6 – rasm. Buyum linzadan cheksizlikda bo‘lganda nurlarning tarqalishi.

Fokus masofa linzaning nisbiy sindirish ko‘rsatkichi va egriliklar radiuslariga bog‘liqdir. Agarda, b = ¥ bo‘lsa, ya’ni tasvir cheksizlikda bo‘lsa, linzadan chiqayotgan nur bir-biriga parallel bo‘lib tarqaladi (7 - rasm) va a = f ga tenglashadi.


, (4)
kattalik linzaning optik kuchi deb ataladi va uning o‘lchov birligi – dioptiriy hisoblanadi.



7 – rasm. Linzadan tasvir cheksizlikda bo‘lganda nurlarning tarqalishi.
1 – dioptiriy – fokus masofasi 1 m ga tengbo‘lgan linzaning optik kuchidir: 1 dioptiriy = 1/m.
Musbat optik kuchga ega bo‘lgan linzalar yig‘uvchi, manfiy optik kuchga ega bo‘lganlari esa sochuvchi linzalar deb ataladi.
Linzaning fokusidan o‘tuvchi, bosh optik o‘qqa perpendikulyar bo‘lgan tekislik linzaning fokal tekisligi deb ataladi.

Ular linzadan shunday sinib o’tadiki, ularlinzaning orqa tomonidagi fokal nuqtada kesishadi.
Odatda, yig‘uvchi linzadan farqli, sochuvchi linzalarda mavhum fokuslar mavjud bo‘ladi (8 - rasm).

8 – rasm. Sochuvchi linzada yorug‘lik nurining tarqalishi.

Linzaning optik kuchi ifodasidan foydalanib linzaning ifodasini quyidagicha yozish mumkin:



Sochuvchi linzalar uchun f va b masofalar manfiy hisoblanadi.
Linzalarda buyumning tasviri quyidagi nurlar orqali amalga oshiriladi:
· linzaning optik markazidan o‘tuvchi nur;
· bosh optik o‘qqa parallel yo‘nalgan nur (bu nur linzadan singanda linzaning ikkinchi fokusi orqali o‘tadi);
· linzaning birinchi fokusi orqali o‘tadigan nur (bu nur linzada singandan so‘ng, linzaning bosh optik o‘qiga parallel bo‘lib chiqadi).


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling