6-mashg’ulot. Fuqarolarni himoya qilish usullarini va shaxsiy saqlovchi vositalar qo’llanishini o’rganish ishdan maqsad


Xavfli hududdan xavfsiz hududga evakuatsiya qilish


Download 29.74 Kb.
bet4/6
Sana29.01.2023
Hajmi29.74 Kb.
#1139529
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 amaliy mashgulot

Xavfli hududdan xavfsiz hududga evakuatsiya qilish. Qirg’in qurollari ta’siridan saqlash usullaridan yana biri – bu fuqarolarni falokat yuz bergan joydan vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki butkul evakuatsiya qilish hisoblanadi. Ish bilan mashg’ul bo’lgan odamlarni harbiy vaqtda vaqtinchalik shahardan tashqari hududga yoki boshqa qishloqqa ko’chirishni biz uzoqlashtirish deb bilamiz. Evakuatsiya deganda hammani bir vaqtda bir yashash joyidan ikkinchi yashash joyiga doimiy yashash uchun ko’chirilish tushuniladi (asosan, ishlamaydigan fuqarolar, pensionerlar, bolalar va kasallar evakuatsiya qilinadi). Evakuatsiya qilinganda alohida buyruq bo’lmaguncha fuqarolar o’sha joyda yashab turadilar. Xavfsiz hudud xavfli hududdan birmuncha uzoq masofada joylashgan bo’lishi va aholiga hech qanday xavf tug’dirmasligi lozim. Yana xavfsiz hudud temiryo’l, avtomobil yo’llariga yaqin, ishchi-xizmatchilarning ishga borishi va qaytib kelishi uchun qulay bo’lgan joylarda tashkil etiladi. Ishga bog’liq bo’lmagan ishchilar hududdan uzoqroq yerga evakuatsiya qilinadi.
Ko’chirish ishlarining hammasi evakuatsiya qilinadiganlarning yig’iladigan joyidan tashkillashtiriladi. Yig’ilish joylari (evakuatsiya punkti – EP) asosan, maktablar, klublar va boshqa jamoat inshootlari bo’lishi mumkin. Aholini ko’chirish haqida ma’lumot olganda, darhol ishlab chiqarish korxonasi, o’quv yurtlari, korxonalar, militsiya organlari hamda radio, televideniye orqali odamlar xabardor qilinadi. Yg’ilgan odamlar qayta hisobotdan o’tkazilib, guruhlarga bo’linadi, transport vositalariga taqsimlanib, ko’rsatilgan vaqt ichida xavfsiz hududga yetkazaladi.Evakuatsiya qilingan fuqarolar o’sha yerdagi ishlab chiqarish korxonalarining evakuatsiya qilingan qismida ishlashlari mumkin.
Yakka tartibda saqlovchi vositalar yordamida fuqarolarni muhofaza qilish. Yakka tartibda saqlovchi vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va kiyim-kechaklariga radioaktiv moddalar, zaharli birikmalar va biologik tumanlar tushishidan saqlaydi. Yakka tartibda saqlovchi vositalar qo’llanilishiga ko’ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-ko’zni saqlovchi turlarga bo’linadi. Bundan tashqari, filtrlovchi va izolirlovchi xillarga bo’linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kiradi.Nafas organlarini saqlovchi vositalarga gazniqoblar, resperatorlar, matoli niqoblar, paxta, dokali taqqichlar kiradi.
Gazniqoblar – nafas yo’llarini, yuz va ko’zni har xil zaharli ta’sirlardan
saqlaydi, gazniqoblar filtrlovchi va izolirlovchi xillarga bo’linadi. Fuqaro muhofazasi bo’yicha quyidagi filtrlovchi gazniqoblar: GP-5, GP-5M, GP-7, GP-7V; bolalar uchun – PDFSH, PDF-D, PDF-2SH, PDF-2D va BXKdan foydalaniladi.
Bolalar himoya kamerasi (BXK) 1,5 yoshgacha bo’lgan bolalarni zaharli birikmalar, radioaktiv moddalar va biologik ta’sirlardan saqlaydi. BXK tarkibiga: himoya kamerasi, atmosfera yog’inlaridan saqlovchi yopinchiq, kartonli quti va kamerani saqlovchi g’ilof kiradi.
Gazniqoblarning o’lchami 2 xil usulda aniqlanadi:
a) yuzning o’lchamini aniqlash orqali;
b) dahan bilan qosh suyagi orasidagi masofani o’lchash orqali.
Birinchi uslub bilan 0-o’lcham 63 sm gacha, 1-o’lcham 63,5–65,5 sm gacha, 2-o’lcham 66–68 sm gacha, 3-o’lcham 68,5–70,5 sm va 4-o’lcham 71 sm va undan katta.

Download 29.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling