6-mashg’ulot Statistik tadqiqotni tashkil qilish va biostatistikaning asosiy usullari


Download 49.13 Kb.
bet3/3
Sana08.03.2023
Hajmi49.13 Kb.
#1249232
1   2   3
Bog'liq
6-amaliy mashg\'ulot.

Standartlashtirish usuli
Biror bir xodisani o‘rganish, uni bir necha majmualardagi kattaliklarini taqqoslash uchun odatda intensiv ko‘rsatkichlardan foydalanishadi, ammo ko‘pincha intensiv ko‘rsatkichlarga o‘rganilayotgan majmualarning tarkibi ta'sir ko‘rsatadi.
Bir necha majmualardan olingan biror bir xodisaning kattaliklarini o‘zaro taqqoslash va majmualar tarkibini taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarga ta'mirini yo‘qotish uchun sanitariya statistikasida standartlash usuli qo‘llaniladi Standartlash usuli yordamida xar-xil majmualardagi bir xil xodisaning kattaliklarini bir-biriga taqqoslash uchun shartli standart ko‘rsatkichlar xisoblanadi.
Standart ko‘rsatkichlar majmualar tarkibi bir xil bo‘lganda taqqoslanayotgan intensiv ko‘rsatkich qaerda ko‘p bo‘lishini ko‘rsatib beradi, ammo qanchaga ko‘p ekanligini ko‘rsatmaydi. Chunki standart
ko‘rsatkichlar shartli hisoblanib, ularning kattaligi qabul qilingan standartga bog‘liq. Standart ko‘rsatkichlarni hisoblashni bir necha xil usullari mavjud:
1. To‘g‘ri
2. Bevosita
3. Teskari
4. Ko‘p omilli
To‘g‘ri usul o‘rganilayotgan muxitning va xodisaning tarkibi ma'lum bo‘lganda qo‘llaniladi
Bilvosita usul muxitning tarkibi ma'lum bo‘lib, xodisaning tarkibi ma'lum bo‘lib, xodisaning tarkibi noma'lum bo‘lganda qo‘llaniladi.
Teskari usul xodisaning tarkibi ma'lum, muxitning tarkibi noma'lum bo‘lganda qo‘llaniladi. Ko‘p omilli o‘rganilayotgan xodisaning kattaligicha bir vaqtning o‘zida bir necha omil ta'sir etayotganda (yosh jins, ish staji) ularning ta'sirini yo‘qotish uchun ishlatiladi.
Ko‘pincha standart ko‘rsatkichlarni xisoblashning to‘g‘ri usuli qo‘llaniladi. To‘g‘ri usulni xisoblashning 4 bosqichi mavjuddir.
Birinchi bosqich xar bir solishtirilayotgan majmuaning barcha guruhlari bo‘yicha intensiv ko‘rsatkichlari hisoblash.
Ikkinchi bosqich standartni tanlash va xisoblash
Uchinchi bosqich xar bir standart uchun kutilayotgan kattaliklarni xisoblash.
To‘rtinchi bosqich standart ko‘rsatkichlarni hisoblash
Tibbiyotda va eksperimental laboratoriyalarda kuzatilishlar va tadqiqot ishlari ko‘pincha tanlab olingan majmuada o‘tkaziladi.
Majmua qanchalik puxtalik bilan tanlab olinmasin, u general majmuaga qanchalik o‘xshash bo‘lmasin bari bir tanlab olingan majmua general majmuadan farq qiladi, demak tanlab olingan majmuadan olingan nisbiy va o‘rtacha qiymatlar general majmuadan olinishi mumkin bo‘lgan kattalaiklardan farq qiladi.
Shuning uchun xam bir qism tanlab olingan xodisalarni o‘rganish orqali, jami xodisalar va ularning qonuniyatlari haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun tadqiqot natijasida olingan
ko‘rsatkichlarni aniqligiga baho berish talab qilinadi.
Ko‘rsatkichning aniqlik darajasini o‘lchaydigan kattalik uning xatoligi xisoblanadi.
Ko‘rsatkichning xatoligi, tanlab olingan majmuadan olingan kattalik (nisbiy yoki o‘rtacha) general
majmuadan olinishi mumkin bo‘lgan kattalikdan qanchaga farq qilishini ko‘rsatadi.
- nisbiy qiymatlarning o‘rtacha xatosini xisoblash formulasi:
- O‘rtacha arifmetik qiymatning o‘rtacha xatoligini topish formulasi; Tibbiyotda ko‘pincha taqqoslanayotgan ikki ko‘rsatkich orasidagi farqning haqiqiyligiga baho berish talab etiladi:
- Nisbiy miqdorlar uchun:
- o‘rta miqdorlar uchun:
Dinamik qatorlarning taxlil qilish usullari Taxlil qilish uchun quyidagi kursatkichlardan foydalaniladi:
1. Mutloq o‘sish-joriy va o‘tgan yil ko‘rsatkichlari orasida farq
2. Yiriklashish sur'ati-keyingi yil ko‘rsatkichini o‘tgan yil ko‘rsatkichiga foizlaridagi nisbati
3. O‘sish sur'ati-mutloq o‘sishni o‘tgan yil ko‘rsatkichga foizlardagi nisbati
4. Bir foiz o‘sishning mutloq miqdori- mutloq o‘sishni o‘sish sur'atiga nisbati
Ma'ruzaning ta'minlanishi:
jadvallar: o‘rtacha miqdorlar, standartlashtirishning to‘g‘ri usulini yechish bosqichlari, haqiqiylikka baxo berish, Spirmen va Piryun usullari, dinamik qatorlarining taxlili
Talabalarning mustaqil ishlari:
Statistikada qo‘llaniladigan grafik tasvirlar va ularning turlari.
NAZORAT SOVOLLARI:
1. Nisbiy miqdorla rning turlariga nimalar kiradi.
2. Aholi salomatligini belgilovchi qaysi asosiy ko‘rsatkichlar intensiv ko‘rsatkich bo‘yicha hisoblanadi
3. O‘rtacha qiymatlar qachon qo‘llaniladi.
4. O‘rtacha arifmetik qiymatni lahza usulida xisoblash bosqichlari nimalardan iborat
5. Statistik tadqiqot natijalarini baholashda qanday miqdorlar hisoblanadi.
6. Taqqoslanayotgan ikki ko‘rsatkich orasidagi farqni xaqiqiyligiga baxo berishda qanday formulalardan foydalanamiz
7. Standart ko‘rsatkichlarni xisoblash usullari nimalardan iborat.
8. Standart ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri usulini xisoblashning 4 ta

Download 49.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling