6-mavzu. Amaliy gimnastika Reja


Kasbiy-amaliy gimnastika —


Download 21.89 Kb.
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi21.89 Kb.
#1312187
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu. Amaliy gimnastika

Kasbiy-amaliy gimnastika — insonning harakat sifatini tarbiyalash, rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan ham da uning o‘z ixtisosiga xos mehnat harakatlarini tezroq o‘zlashtirishga m okIjallangan bo‘lib, kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy
qismi hisoblanadi. Kasbiy-amaliy gimnastikaning vosita (mashqlari) va uslublari yordamida boMajak kasb (ko‘mir kombayni haydovchilari, quruvchilar, montajchilar, stanokda ishlovchilar, tikuvchilar, yuqori kuchlanishdagi tok bilan ishlaydigan tem iryo‘l elektromontyorlari, yog‘och konveyerda o'tirib ishlaydiganlar va h.k.)lardagi harakat faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo'lgan jismoniy sifatlari rivojlanadi va harakat malakalari takomillashadi. Kasbiy-amaliy gimnastika, umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari kabi, asosan, ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlari hamda akademik litseylarda o'tkaziladi. Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik aniq bir mehnat faoliyatiga yuqori talablar qo'yadigan jismoniy sifatlarni, harakat malakalarini va talaba o'quvchilar organizmining psixofiziologik faoliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayon hisoblanib, bu tayyorgarlikda gimnastikaga muhim o ‘rin ajratiladi. Sport jihozlari bilan va jihozlarisiz bajariladigan mashqlar, gimnastika jihozlari (gimnastika devori, o‘rindig‘i, arqon, Iangar, xoda va boshq.)dagi mashqlar, shuningdek, oddiy akrobatika mashqlari, oddiy va tayanib sakrashlar kasbiy-amaliy gimnastikaning asosiy vositalari hisoblanadi.
Kasbiy-amaliy gimnastika bo'lajak yosh ishchi-xizmatchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini va m a’naviy boyligini rivojlantirishga, ularni hayotga, hozirgi davrning yuqori unumli ishlab chiqarish mehnatiga va Vatan himoyasiga tayyorlash uchun xizmat qiladigan va hamma o‘quvchi-talabalar uchun yagona bolgan umumiy jismoniy tayyorgarlikdan farqi bo‘lajak ishlab chiqarish faoliyatidagi ixtisoslikni hisobga olgan holda o‘tkazi!adi.

Sport amaliy gimnastikasi Sport-amaliy gimnastikasi turli sport turlaridagi umumiy va maxsus jism oniy tayyorgarlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. U jismoniy sifatlarni takomillashtirish va sportchilar organizmining funksional imkoniyatini oshirish uchun qo‘llaniladi.Sport amaliy gim nastikasi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish vositasi sifatida keng qo'llaniladi. Gimnastika mashqlari yordamida organizmning turli tarmoqlari faoliyatining rivojlanishiga (turli mushak guruhlariga, tananing alohida qismlariga, organlar va boshq.) tanlab ta’sir ko‘rsatish va sportchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, jismoniy yuklamaning hajmi va
ta’sirchanligini makstmal darajada turli-tuman qilish mumkin. Bu hol aynan sport-amaliy gimnastikasi natijalarini oshirishning eng muhim va yagona vositasi sifatida qo‘llash imkonini eradi. Mushakka zo‘r berishning tuzilishi va ko‘rinishi bo'yicha u yoki bu sport turining harakat faoliyatiga xos yoki o‘xshash mashqlar tavsiya qilinadi. Chunonchi, gavda aylanma harakat qiladigan sport turlarida (figurali uchish, kurash, suvga sakrash) akrobatika mashqlari keng qo‘llaniladi, ular yordamida tayanch-harakatlanuvchi apparat va muvozanat organlari (vestibular analizatorining funksiyasi) takomillashadi.
Vositalar to‘pIami ko‘proq nafas oiish, yurak, qon aylanish organlariga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa sport turlarida umumrivojlantiruvchi mashqlar, arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlar va turli xildagi sakrash va irg‘ishlar (boks, kurash, yengil atletika va boshq. katta o'rin egallaydi.
Quyidagilar sport-amaliy gimnastikasining asosiy vositasidir:
1) jihozlar bilan va jihozlarsiz (gimnastika tayoqchasi, gantellar, toldirma to‘p, arg'imchoq, rezina amortizator) bajariladigan mashqlar;
2) ommaviy jihozlarda (gimnastika devorchasi va gim nastika o‘rindig‘i, arqon, langar, osma maydoncha) va shuningdek, yog‘och otda, «eshak»da, halqada, qo‘shpoyada va yakkacho‘pda bajariladigan mashqlar;
3) akrobatika mashqlari, batutda, depsinish «ko‘prik» chasidan sakrashlar;
4) tayanib va tayanmasdan sakrashlar.
Sport amaliy gimnastika mashg‘ulotlari kundalik ertalabki gimnastika shaklida o‘tkaziladi. Ungagigiyenik gimnastikadan ko‘ra, ancha jadalroq bajariladigan mashqlar kiradi va 20—40 minut davom etadi. Sportchining mushaklar chigilini yozishga kiritadigan mashqlarini bajarishi faoliyati bo‘yicha muayyan sport turining asosiy harakat faoliyatiga o ‘xshash bo‘lishi kerak

Download 21.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling