6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari
O`quvchini eksperimental-psixologik tekshiruv qarori
Download 351.23 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Mavzu
O`quvchini eksperimental-psixologik tekshiruv qarori
Topshiriq va uning xususiyatlari Ko`rsatmani tushunishi Topshiriqni bajarish (muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz Sinaluvchi xulq-atvori (hissiy, nutqiy reaksiyalar) Tadqiqotga tayyorlanish, tadqiqot maqsad va vazifalarini aniqlash Bola bilan suhbatlashish, ijobiy-hissiy aloqa o’rnatish, topshiriqlarni bajarish motivatsiyasini o’rganish EKSPЕRIMЕNT Ko’rsatma bеrish Kuzatish Psixik faoliyat mahsullarini tahlil qilish Ekspеrimеnt vazifalarini bajarish Xotima qismini tayyorlash, xulosalar Tadqiqot qarorini yozib borish ketkazilgan vaqt) Tekshiruv qog`ozlari har xil bo`lishi mumkin. Ular alohida psixodiagnostik tadqiqot natijalarini yozib olish uchun maxsus shaklga ega bo`ladi.Unda qator metodikalar majmui ham aks etishi mumkin. Tekshiruv qog`ozlarini to`g`ri to`ldirish, qarorlarini yozib borish har xil metodikalar bo`yicha olingan natijalarni umumlashtirish, tekshirilayotgan bolalarni bir yosh guruhida taqqoslash imkonini beradi. Tajriba davomida pedagog-psixolog bola faoliyatini iloji boricha tabiiy sharoitlarga yaqinlashtirishi kerak. Masalan, o`rta guruh bolalari uchun shunday topshiriqlarni tanlash kerakki, ular o`yin vaziyatida bajarilsin. Katta maktabgacha ta'lim muassasasi bolalari va boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bu topshiriqlar o`quv faoliyati elementlari bilan birga qo`shilishi mumkin. Eksperimental psixologik tadqiqot bir necha bosqichda o`tkazilishi zarur. Bu bolaning yangi sharoitga yaxshi moslashishiga, u bilan ijobiy aloqa o`rnatishga imkon beradi. Birinchi bosqichda tadqiqotchi bola bilan aloqa o`rnatadi, uning qiziqish va ehtiyojlarini aniqlaydi. Bola ba'zi topshiriqlarni tadqiqotchi oldida bajaradi. Ikkinchi bosqichda olingan ma'lumotlarga aniqlik kiritiladi, boshqa metodikalarda olingan natijalar bilan o`zaro bog`liqlik aniqlanadi. Uchinchi bosqichda tajribada olingan natijalar tahlil qilinadi, ular umumlashtirilib, xulosa chiqariladi. Olingan ma'lumotlarni bir joyga to`plab, tadqiqotchi sinaluvchi shaxsining xarakteri, aqli, xotirasi, hissiyoti, psixik buzilishlar mavjudligi yoki yo`qligi haqida xulosa chiqariladi. Tadqiqotning so`nggi qismidagi xulosalar shaxsga psixologik diagnoz qo`yish, sinaluvchi psixikasidagi o`zgarishlarni oldindan aytib berish, olingan ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog`liq ravishda hamda pedagog amaliy faoliyatida tavsiyalar berish maqsadida qiziqarlidir. Shuni esda tutish zarurki, eksperimental vaziyat bola uchun odatdagidan boshqacha bo`ladi. Shuning uchun olingan natijalar har doim ham haqiqiy ko`rsatkichlarga mos tushmasligi mumkin. Eksperimental tadqiqot xarakteriga bog`liq ravishda undan olingan natijalarni o`quv tarbiya jarayonida foydalanish mumkin. Bolalarning eksperimental-psixologik o`rganish natijalaridan o`quv mashg`ulotlari vaqtida psixik jarayonlarining ixtiyoriyligini rivojlantirishda ham foydalanish mumkin. Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o`tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo`llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o`rganish metodikalariga ajratish mumkin. (L. I. Poperechnaya 1978; L.L.Venger, V.V.Xolmovskaya 1978; Z.I.Kalmikova, 1982; V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan, o`quvchi xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo`llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodikalar o`zining asosiy yo`nalishidan tashqari (ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o`rganishdan tashqari) psixikani boshqa xususiyatlarining holati haqida ba'zi ma'lumotlar beradi. Masalan: bolaga berilgan 10 ta so`zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga yo`naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo`ladi. Tarbiyachi-tadqiqotchi tadqiqot uchun u yoki bu metodikani tanlaganida ko`rsatmani salgina o`zgartirish metodikaning yo`nalishi o`zgarib ketishiga sabab bo`lishini hisobga olishi kerak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin bola unga bo`lgan ko`rsatmani to`g`ri tushunganligiga ishonch hosil qilish lozim. Bajarilayotgan toshiriqning muvaffaqiyati ko`p hollarda shunga bog`liq bo`ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo`llaniladigan metodikalar soniga bog`liq bo`ladi. Lekin maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o`tkazganda, ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o`tkazganda, tadqiqot vazifalariga bog`liq ravishda tanlangan 5-7 metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha bosqichda o`tkaziladigan tadqiqotlarda ko`proq metodikalardan ham foydalanish mumkin. Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir. Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo`lsa, bola toshpiriqni shunchalik yaxshi bajaradi. Tadqiqot o`tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda quyidagilarni e'tiborga olish zarur: a) tadqiqot maqsadi — psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash; b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, o`tgan ta'lim va tarbiyasi amalga oshrilayotgan sharoit; v) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o`rnatish xususiyatlari. Tanlangan eksperimental psixologik metodikalarningqiyinlik darajasi o`sib borish tartibida bo`lishi kerak. Tarbiyachi qanchalik ko`p eksperimental psixologik tadqiqotlarni o`tkazsa, uning tajribasi shunchalik ortib boradi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi: bola faoliyatining xususiyatlarini o`yin va o`quv vaziyatlarida tahlil qilish; uni maktabgacha ta'lim va umumiy o`rta ta'lim muassasalari, shuningdek, oila sharoitiga moslashtirish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki hayotini tushunib olish istagi; shaxsning xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam ko`rsatish. Psixologik tadqiqot natijalaridan bolalar bilan individual ish olib borishdagina emas, balki guruhiy o`quv tarbiya tadbirlarini o`tkazishda ham foydalanish mumkin. Bunda tarbiyachi o`quv tarbiya jarayonida har bir guruh a'zosining rolini to`g`ri aniqlashi mumkin. Shunga asosan ta'sirning u yoki bu shaklini ishlatish mumkin. Psixodiagnostik tadqiqotlar tarbiyachiga guruhning, har bir shaxsning u yoki bu psixik funksiyalari rivojlanish tamoyillarini hisobga olgan holda o`quv tarbiya jarayonini tashkil etish imkonini beradi. Download 351.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling