6-mavzu. Avtomobil yo‘llarini harakat xavfisizligini tashkil etishdagi me’yoriy talablari
Download 97.35 Kb.
|
6-MA\'RUZA AYSHMH
- Bu sahifa navigatsiya:
- MQN 37-2007 “O‘zavtoyo‘l” dak muassasaviy qoidalar va normalar. Harakatni tashkil etish va yo‘l ishlarini olib borish joylarini to‘sish bo‘yicha qo‘llanma qo‘llaniladi.
Ziddiyatli holatlar uslubi
Ziddiyatli holatlar uslubidan yo‘lning murakkab bo‘laklarini qayta ta’mirlash loyihasini ishlab chiqishda foydalaniladi. Ziddiyatli holat deb yo‘l harakati ishtirokchilari o‘rtasida yoki harakatlanayotgan avtomobil bilan yo‘l sharoiti o‘rtasida vujudga keladigan, agarda harakat ishtirokchilari tomonidan harakatga o‘zgartirish kiritilmasdan davom ettirilsa, YTHsi xavfini vujudga keltiradigan yo‘l-transport holati tushuniladi. Ziddiyatli holat mavjudligi ko‘rsatgichi bo‘lib avtomobil tezligi yoki harakat traektoriyasi o‘zgarishi hisoblanadi. Holatning xavflilik darajasi avtomobillar harakati o‘zgarishidan vujudga keladigan ko‘ndalang va bo‘ylama manfiy tezlanishlar qiymati bilan tavsiflanadi. Ziddiyatli holatlar xavflilik darajasiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: yengil, o‘rta va kritik holatlarga bo‘linadi. MQN 37-2007 “O‘zavtoyo‘l” dak muassasaviy qoidalar va normalar. Harakatni tashkil etish va yo‘l ishlarini olib borish joylarini to‘sish bo‘yicha qo‘llanma qo‘llaniladi. Harakatni tashkil etish va yo‘l ishlarini olib borish joylarini to‘sish bo‘yicha qo‘llanma VSN 37-84 o‘rniga qo‘llaniladi. Qo‘llanma yo‘l ishlarini olib borish joylarida yo‘lda ishlaydiganlarni qanday bo‘lsa barcha yo‘l harakatida ishtirok etuvchilarni ham shunday havfsizlgini ta’minlovchi transport vositalari va piyodalar harakatini tashkil etish tartibi va usullarini aniqlaydi. Qo‘llanma Avtomobil yo‘llarida ish olib boruvchi boshqa vazirlik va muassasalar qo‘lashiga tavsiya etiladi . Avtomobil yo‘llari qurilishi, ta’mirlash, tuzatish va saqlashda transport va piyodalar harakatini va yo‘l ishlari olib borish joylarini to‘sishni tashkil etishni amaldagi me’yoriy xujjatlar asosida ishlab chiqilgan ushbu qo‘llanmaga asoslanib bajarish lozim. Yo‘l ishlari boshlangunicha yo‘l tashkilotlari ish olib boriladi-“O‘zavtoyo‘l” DAK Avtomobil yo‘llari ilmiy tekshirish instituti tomonidan kiritildi. Yo‘l qismida transport vositasi va piyodalarning harakatini tashkil etishni joyiga bog‘langan chizmasini tuzishlari kerak. Chizmalarda tuzatilayotgan qismning geometrik o‘lchamlari (qatnov qism va yo‘l yoqasi kengligi, rejadagi egri radiusi, bo‘ylama qiyalik, qoplama turi v. b.) sun’iy inshoatlarni, pastga tushish yo‘llari, kirish yo‘llari va aylanib o‘tish yo‘llari, yo‘l belgilarini joylashish joylarini, zarur xollarda vaqtinchalik chiziqli yo‘l belgilarini chizish, to‘siqlarni, ogohlantirish chiroqlarini joylashtirishni, qurilish materiallarini taxlanishini ko‘rsatish bilan ko‘rasatiladi. Chizmada yo‘l ishlarini turi va tavsifi, ularni bajarish muddati, ish olib borayotgan tashkilotni nomi. Chizmani tuzgan va ishni olib borishga mas’ullarni telefoni va familiyasi ko‘rsatiladi. Harakatni tashkil etish va yo‘l ishlarini olib borish joylarini to‘sish chizmalari yo‘l tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanishi va O‘zbekiston Respublikasi IIV yo‘l harakati havfsizligining Davlat xizmati (matnda bundan so‘ng- YHHDX) bilan oldindan kelishilgan bo‘lishi kerak. YHHDX bilan kelishish yo‘lga ajratilgan tasma chegarasida yo‘lni saqlash bo‘yicha ishlardan tashqari barcha turdagi yo‘l ishlarini bajarishda amalga oshiriladi. Aylanib o‘tish yo‘llari qurilishida ularni yo‘nalishi kelishilgan bo‘lishi kerak. Qisqa yo‘l ishlari (chuqurchalarni bartaraf etish, yo‘l belgilarini almashtirish, qatnov qismiga chiziqli yo‘l belgilarini chizish va h.k) bajariladigan joylarda bu ishlarni bajarilishi harakatlanadigan xususiyatga egaligini inobatga olib YHHDX idoralari bilan faqat harakatni tashkil etish va to‘sish chizmasi joyiga aniq bog‘lanmagan holda ish bajaraladigan qism chegarasi ko‘rsatilib kelishiladi. Muhandislik kommunikatsiyalarini ko‘chirish yoki qayta o‘rnatish (gaz o‘tkazgich, suv o‘tkazgich, kabel va h.k.) harakatni tashkil etish va yo‘l ishlari bajariladigan joylarni to‘sish chizmalari barcha manfatdor tashkilotlar bilan, so‘ngra esa YHHDX idoralari bilan kelishilishi zarur. Yo‘l ishlari bajariladigan yo‘l qismi chegarasida axborot lavhalari o‘rnatilishi, ularda ishga rahbarlik qilayotgan tashkilot, mas’ul shaxsning familiyasi va uning xizmat telefon raqami ko‘rsatilishi kerak. Avtomobil yo‘llarini saqlash bo‘yicha ishlarni (axlatlarni yig‘ish, belgilarni, to‘siqlarni yuvish, ularni bo‘yash va h.k.) bajarishda chizmalar tuzilmaydi, ammo YHHDXning mahallliy idoralariga bunday ishlarni bajarilishi ma’lum qilinadi. Harakat havfsizligini buzuvchi, yo‘l va yo‘l inshootlarining tasodifiy shikastlanishini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shuningdek falokat ishlarini oldindan kelishilmay va tasdiqlamasdan bajarish mumkin, ammo bu ishlarni bajarilishi bir sutkadan ortiq davom etsa, YHHDX idoralariga bunday ishlarni bajarilish joyi va vaqti haqida albatta ma’lumot berilishi kerak. Ish bajariladigan qismni vaqtinchalik belgi va to‘siqlar bilan jihozlashga faqat YHHDX idoralari bilan chizmani kelishilgandan va uni yo‘l tashkiloti rahbari tasdiqlagandan so‘ng kiritilishi lozim. Yo‘l ishlarini olib borish joylarida harakatni tashkil etishda chizmada ko‘zda tutilgan barcha zarur texnik vositalar qo‘llanilishi kerak. Tasdiqlangan chizmadan har qanday chetga chiqish, shuningdek nosoz texnik vositalarni qo‘llash ruxsat etilmaydi. Tuzatilayotgan qism vaqtinchalik belgi va to‘siqlar bilan to‘liq jihozlanmaguncha qatnov qism va yo‘l yoqalarida yo‘l mashinalari, asbob uskunalar va tuzatish uchun materiallarni joylashtirish taqiqlanadi. Yo‘l ishlarini bajarishga, shu jumladan harakat tarkibini buzuvchi yo‘l mashinalari, asbob uskunalar, materiallarni joylashtirishga ish joyini barcha zaruriy vaqtinchalik yo‘l belgilari va to‘siqlari bilan to‘liq jihozlangandan so‘ng kirishishga ruxsat etiladi. Yo‘l ishlari bajariladigan qism chegarasi deb, qatnov qism, yo‘l yoqasi yoki trotuarda o‘rnatiladigan va harakat yo‘nalishini o‘zgartiruvchi birinchi va oxirgi to‘suvchi vositani hisoblash lozim. Ish boshlanishidan oldin ishchi va yo‘l mashinalari haydovchilariga texnika xavfsizligi va ish joyini to‘sish chizmalari bo‘yicha, imo-ishora va bayroqchalar bilan beriladigan shartli ogohlantirish belgilar berish haqida, yo‘l mashinalarining va transport vositalarining burilish joylarida, pastga tushish yo‘llari va kirish yo‘llarida, materiallar taxlangan va asbob-uskunalar saqlanish joylarida harakat tartibi, manyovr qilish haqida yo‘l-yo‘riq berish kerak. Yo‘l ishlari bajarilish vaqtida qo‘llaniladigan vaqtinchalik yo‘l belgilari, to‘siqlar va boshqa texnika vositalarini (konuslar, vexalar, ustunlar, ogohlantirish iplari, ogohlantirish chiroqlari, chiziqli belgilar va h.k.) yo‘l ishlarini bajaruvchi tashkilotlar o‘rnatadi va saqlaydi. Ushbu Qo‘llanma talablariga rioya qilish mas’uliyati yo‘l xo‘jaligi rahbari va yo‘l ishlariga bevosita raxbarlik qilayotgan shaxsga, ishlarni boshqa tashkilotlar bajarganda esa - shu tashkilotning tegishli ishchilariga yuklatiladi. Aylanib o‘tish yo‘llari qurilishi yoki tuzatilayotgan qism bo‘yicha jamoat transportining harakat sharoiti yomonlashishi kuzatiladigan hollarida yo‘l ishlari bajariladigan joy va muddati haqida jamoat transporti korxonalariga oldindan xabar qilinishi kerak. Atama va ta’riflar Tuzatish maydoni - bu yo‘l-tuzatish ishlari bevosita amalga oshiriladigan maydon. Ishchi maydon - tuzatish maydoni atrofida asbob-uskunalar, yo‘l materiallari, jihozlari va h.k. saqlanadigan maydon. Havfsiz mintaqa - yo‘l harakatining havfsizligini ta’minlovchi mintaqa. U quyidagilardan tashkil topgan: - havfli kirish burchagining α uzunligi tezlikni chegaralash va yo‘l ishlari bajariladigan kenglikka tegishli ravishda o‘zgaradi; - ishchi maydon bo‘ylab joy L1– havflilikning kirish burchagi oxiri va ishchi maydon orasidagi masofa, harakatni chegaralangan tezligiga tegishli ravishda o‘zgaradi; - ishchi maydonga ko‘ndalang joy L2 – ishchi maydon va yo‘l harakati orasidagi masofa, harakatni chegaralangan tezligiga tegishli ravishda o‘zgaradi; - havflilikning chiziqli burchagi-qatnov qism chetiga yoki xoshiya toshi chizig‘iga nisbatan har doim 45° qabul qilinadi. Yo‘l ishlarini olib borish joylarida harakatni tashkil etishning asosiy vazifalari va tamoyillari Yo‘l ishlarini olib borish joylarida harakatni tashkil etish chizmasini tuzishda quyidagi talablar bajarilishi zarur: a) yo‘l ishlari bilan yuzaga keladigan havfdan transport vositalari haydovchilarini va piyodalarni oldindan ogohlantirish; b) qatnov qismdagi mavjud to‘siqni aylanib o‘tish yo‘nalishini, tuzatilayotgan yo‘l qismini aylanib o‘tish yo‘li qurilganda esa uning yo‘nalishi (marshruti)ni aniq belgilash; v) yo‘l ishlari olib borilayotgan qismlarga kelishda qanday bo‘lsa, ularning o‘zida ham shunday transport vositalari va piyodalarga havfsiz harakat tartibini yaratish. Vaqtinchalik yo‘l belgilarini, qatnov qismga chiziqli belgi qo‘yish, to‘suvchi va yo‘naltiruvchi qurilmalar va boshqa texnik vositalar (4.1-4.37 bandlarga qarang) yo‘l ishlarini olib borish joylarida harakatni tashkil etishni asosiy vositasi hisoblanadi. Vaqtinchalik yo‘l belgilari deganda faqat yo‘l ishlari olib borilayotgan vaqtda o‘rnataladigan belgilar tushuniladi. Yo‘l belgilarini haydovchilar yaxshi tushunishlari uchun bir tayanchda ikkitadan ortiq bo‘lmagan belgi va bitta ma’lumot jadvali o‘rnatish tavsiya etiladi, bunda taqiqlovchi belgi bilan cheklash kiritilish sabablarini tushunarli bo‘lishi uchun ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatish tavsiya etiladi. Belgilar, to‘suvchi va yo‘naltiruvchi qurilmalarni o‘rnatishni ish joyidan ancha uzoqroq, shu bilan birga birinchi navbatda yo‘l ishlari bilan band bo‘lmagan qism oxirida amalga oshirish zarur. Avval yo‘l belgalari, so‘ngra to‘suvchi va yo‘naltiruvchi qurilmalar o‘rnatiladi. Belgilar, to‘suvchi va yo‘naltiruvchi qurilmalarni olib tashlash teskari ketma-ketlikda bajariladi. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi yo‘llarda sutkaning qorong‘i vaqtida ko‘rinishni ta’minlash uchun to‘suvchi va yo‘naltiruvchi qurilmalar 5x5 sm o‘lchamli, avtomagistrallarda har 0,5 m da to‘suvchi qurilmalarning yuqori to‘sinlarida mahkamlangan 10x10 sm o‘lchamli yorug‘lik qaytiruvchi elementlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Binolar qurilgan joylarda yo‘l ishlari olib borilgan hollarda ish joyi ogohlantirish chiroqlari bilan belgilanishi va meyoriy xujjatlarga tegishli ravishda yoritilishga ega bo‘lishi kerak. Avtomagistrallarda yoritish qurilmalari bilan jihozlangan yo‘l ishlari mintaqasi ko‘chma to‘siq yoki g‘ovlarda o‘rnatilgan ogohlantirish chiroqlari bilan belgilaishi kerak. Ular yo‘lni ko‘ndalangiga 1 m dan o‘rnatiladi. Uzunlikdagi to‘siq yoki g‘ovda 1 chiroq hisobidan joylashtiriladi. Agar inventar g‘ovlar yo‘l bo‘ylab o‘rnatisa, u holda chiroqlar ularga har 15 m da joylashtiriladi, bunda to‘siq va g‘ovlar chiroqni mahkamlash uchun qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. To‘suvchi qurilmalar bilan birga qo‘llaniladigan ogohlantirish shu’lasining yoki yorug‘lik qaytaruvchi elementlarning rangi qizil bo‘lishi kerak. Ogohlantirish chiroqlari qatnov qism satxidan (1,5-2) m balandlikda o‘rnatiladi. Yoritish chiroqning quvvati (15-25) Wdan oshmasligi kerak. Ularning ko‘rinish masofasi atmosferaning odatdagi tiniqligida (150-300) mga teng bo‘lishi kerak. Ular yo‘lni turli qismlarilarini ko‘z qamashtirmasligi ta’minlashi kerak. Ogohlantirish chiroqlari kechki oqshom tushishi bilan yoqiladi, tongi yorishish bilan o‘chiriladi. Kunduzgi vaqtda chiroqlar tuman yoki changlar mavjud bo‘lganda yoqiladi. Minutiga 50-80 tezlikda pirillaydigan ogohlantirish chiroqlari o‘rnatish ruxsat etiladi. O‘ta havfli joylar (xandaqlar, qazilgan chuqurlar, yo‘l yoqasini mahkamlashda qaziladigan o‘ralar, 0.1 m va ortiq chuqurlikdagi teganalar)ni ogohlantirish iplari yoki yo‘naltiruvchi konuslarni qo‘llagan holda to‘sish zarur, shuningdek ish olib boriladigan mintaqaning butun uzunligida har 15 m da o‘rnatiladigan va ogohlantirish chiroqlari bilan jihozlanadigan inventar g‘ov yoki to‘siqlar o‘rnatiladi. Elektr yoritish bo‘lmaganda bunday joylar sutkaning qorong‘i vaqtida mash’alalar bilan belgilanishi kerak. Aholi yashash joylarida to‘suvchi g‘ov yoki to‘siqlar qorong‘ulik tushishi bilan yoqiladigan ogohlantirish chiroqlari bilan jihozlanadi. Yo‘lning optimal o‘tkazish qobiliyatini saqlash uchun yo‘l ishlari olib boriladigan joylarda harakat tezligini 40 km/h dan kamaytirmaslik lozim agar biron bir muhim sabab bo‘lmasa. Yo‘l ishlari olib borilayotgan yo‘l qismlarida 40 km/h dan kam bo‘lmagan harakat tezligi faqat ayrim hollarda, yo‘lning geometrik o‘lchamlari, qoplama sifati, ish sharoiti yoki ob-havo sharoiti harakatni katta tezlikda amalga oshirishga imkon bermaganda ruxsat etiladi. Yo‘l ishlari olib borilayotgan yo‘l qismi oldida transport vositalarining tezligi bir tekis o‘zgarishi uchun tezlikni ketma - ket kamaytirish lozim va shu bilan birga 20 km/h dan ortiq bo‘lmaganda qadamli bosqichda amalga oshirilishi zarur. Tezlikni bosqichli chegaralashni tartibga soluvchi vaqtinchalik yo‘l belgilari bir biridan 100 m dan kam bo‘lmagan masofada joylashtiriladi. Tezlikni chegaralovchi belgilar soni chegaralashgacha va chegaralashdan so‘ng bo‘lgan tezliklar farqiga bog‘liq. Yo‘l ishlari olib boriladigan joylarda transport vositalarining qarama-qarshi oqimini ajratish, qatorliligini belgilash va harakat traektoriyasining havfsizligini ta’minlash uchun ko‘chma yo‘naltiruvchi konuslar, vexalar yoki ustunchalardan foydalaniladi. Qatnov qismga chizilgan va vaqtinchalik chiziqli belgilar va yo‘l belgilari ham shu maqsadda xizmat qiladi. Ayrim hollarda qarama-qarshi harakat va qatnov qismni kengaytirish mumkin bo‘lmagan hollarda majburiy svetofor yoki tartibga soluvchi yordamida harakatni tartibga solish amalga oshiriladi. Ko‘p tasmali yo‘llarda yo‘l ishlari olib boriladigan joylarda harakat traektoriyasini xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘naltiruvchi konuslar, vexalar yoki ustunchalarni qatnov qismda yo‘l belgalarini chizish bilan birga qo‘llash maqsadga muvofiq. Yo‘l ishlari olib boriladigan joylardagi qatnov qismda chiziqli belgilarni chizishda, vositalari oqimini chetga buruvchi yo‘naltiruvchi konuslar yoki vexalarni joylashtirishda olib o‘tish uzunligini 2.1-jadvalga tegishli ravishda belgilash lozim. Yo‘l ishlari olib boriladigan joylarda tashkil etishning texnik vositalarini joylashtirishga misol 2.1-rasmda ko‘rsatilgan. Qatnov qismda hajmi katta bo‘lmagan ishlarni (mayda chuqurlarni tuzatish, qatnov qismda chiziqli yo‘l belgilarini chizish va h.k.) bajarishda o‘tadigan avtomobillarning vaqtni yo‘qotishini kamaytirishni ta’minlash uchun yo‘lning berkitiladigan qismining uzunligi ish texnologiyasi talablarini hisobga olib minimal qabul qilish lozim. Yo‘l ishlari olib boriladigan mintaqadan jamoat transporti bekatini vaqtinchalik ko‘chirishda vaqtinchalik bekat mintaqasida uning jihozi va harakatni tashkil etishda, bekatda turgan tranport vositasi tomonidan tranzit transportga eng kam halal berish sharoitini yaratishni hisobga olish kerak. Olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq harakatni tashkil etishdagi barcha vaqtinchalik yo‘l belgilarini va boshqa texnik vositalarni, ishlar tugallangandan so‘ng darhol olib tashlash lozim. Yo‘l ishlari olib boriladigan joylarda harakatni tashkil etish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik belgilarning o‘lchami shu darajali yo‘l uchun qo‘llanilganlardan kichik bo‘lmasligi kerak, avtomagistrallardagi tuzatish ishlarida esa, yo‘l belgilari standartiga tegishli ravishda kattalashgan o‘lchamli belgilar qabul qilinadi. O‘rtacha sutkali harakat jadalligi yuqori bo‘lgan avtomagistrallarda yo‘l ishlarini jadallik pasaygan davrda yoki tungi vaqtda olib borish maqsadga muvofiq, bunda yo‘l ishlari olib boriladigan mintaqasi meyyoriy xujjatlarga asosan yorug‘likka ega bo‘lishi kerak. Avtomobil yo‘llarining tavsifli qismlarida yo‘l ishlari bajarilayotganda harakatni tashkil etishning xususiyatlari To‘g‘ri yo‘l qismlarida, ko‘rish masofasi ta’minlangan Harakatni tashkil etish chizmasini tanlash ishning turi va olib borish joyiga bog‘liq. Bunda mahalliy harakat sharoitlarini inobatga olish va agar talab etilsa chizmaga YHHDX idoralari bilan kelishulguncha tuzatish kiritilishi lozim. Quyidagi keltirilgan harakatni tashkil etish va yo‘l ishlari olib boriladigan joylarni to‘sish chizmalarida vaqtinchalik yo‘l belgilari ko‘rsatilgan, ularni yo‘lda doimiy o‘rnatilgan yo‘l belgilari bilan to‘ldirish zarur. Ikki tasmali yo‘llarning yo‘l yoqasida ish olib borilganda harakatni tashkil etishni va ish joylarini to‘sish bajariladi. Ikki tasmali yo‘llarda qatnov qism kengligining yarmida yo‘l ishlari bajarilganda transport vositalarini ikki yo‘nalishda o‘tkazish erkin tasma bo‘yicha amalga oshiriladi 2.6 va 2.7 belgilarini shunday hollarda qo‘llash lozimki, bunda ish bajariladigan qism uzunligi mavjud harakat jadalligida qarama-qarshi harakatni o‘z-o‘zidan tartibga solishni va tuzatish ishlarini barcha mintaqasidagi tor qismini har tomonidan ko‘rinishni ta’minlashi lozim. Bu holatda tuzatiladigan qismning maksimal uzunligini 3.1-jadvalga asosan belgilash zarur. Aks holda svetofor yoki tartibga soluvchi yordamida harakatni tartibga solishni kiritish yoki transport vositalarini yo‘l yoqasi bo‘ylab o‘tkazishni amalga oshirish kerak. Bu holda u tekislangan va mustahkamlangan, zarur hollarda kengaytirilgan bo‘lishi kerak. Tuzatilayotgan uchastkaning maksimal uzunligi Harakat jadalligi, avt./s Tuzatilayotgan uchastka uzunligi, m 100 350 200 150 300 80 400 50 500 30 Uch tasmali yo‘lning tasmalaridan birida yo‘l ishlari olib borilganda, quvib o‘tish uchun ko‘zda tutilgan o‘rta tasma odatda o‘z vazifasini yo‘qotadi. Uch tasmali yo‘lning chetki tasmasida yo‘l ishlari bajarilganda harakatni tashkil etish va ish joylarini to‘siq bilan to‘sishga asosan bajarish lozim. O‘rta tasmada ish bajarilganda asosan harakat tashkil etiladi va ish joyini to‘siqlar bilan to‘siladi. Agar harakat jadalligi tashqi tasma bo‘yicha 400 avt/soat dan ortsa va oqim tarkibida 40% dan ortiq yuk avtomobillari bo‘lsa, u holda yo‘l yoqasida o‘rnatilgan yo‘l belgilarni ajratuvchi tasmada ham o‘rnatib takrorlash zarur. Ko‘p tasmali yo‘llarning ajratuvchi tasmasidagi yo‘l ishlarini bajarishda yo‘l belgilarini joylashtirishni bajarish lozim. Agar ajratuvchi tasmasi bo‘lgan to‘rt tasmali yo‘lning chetki tasmasida yo‘l ishlari olib borilsa, harakatni tashkil etish va ish joyini to‘siqlar bilan to‘sish 3.6-rasmga asosan amalga oshiriladi. To‘rt va undan ortiq harakat tasmasiga ega bo‘lgan ajratuvchi tasmali yo‘llarda yo‘l ishlari davrida qatnov qism kengligining yarmi berk bo‘lganda transport vositalarini o‘tkazish uchun ajratuvchi tasma orqali maxsus o‘tish o‘rnatish lozim Transport vositasini haydovchilarini oldindan o‘zgartirishlar haqida ogohlantirish maqsadida aholi yashash joylaridan tashqarida buzilishgacha 500 m oldin ajratuvchi tasmada ”Boshqa qatnov qismga qayta saflanish” belgisi 7.1.1 “Ob’ektgacha masofa” ma’lumot jadvali bilan o‘rnatiladi. Aholi yashash joylarida 5.36 belgi 7.1.1 ma’lumot jadvali bilan buzilish joyidan 50-100 m masofada ajratuvchi tasmada o‘rnatiladi. Ikki tasmali yo‘llarda qatnov qismni harakat tasmasi kengligigacha kengaytirish amalga oshirilgan hollarida 30 m dan ortiq uzunlikdagi yo‘l ishlari bajariladigan qismlarda transport vositalarini to‘xtovsiz o‘tkazishni ta’minlash uchun harakatni tashkil etish va ish mintaqasini to‘sishni bajarish lozim. Uzun masofadagi ko‘tarilish bo‘lgan joylarda ish olib borilganda tezlashish inersiyasidan to‘liqroq foydalanish maqsadida, agar harakat sharoiti imkon bersa, transport vositalariga 60 km/h tezlik ruxsat etiladi. Yo‘l ishlarini bajarishda ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmada 3.10-rasmda keltirilgan chizmaga asosan harakatni tashkil etish va ish joyini to‘sish lozim. Agar tuzatish ishlari mintaqasi qo‘shimcha tasma boshidan 200 m dan ortiq bo‘lmagan masofada joylashgan bo‘lsa, bu tasmani uning boshlanishidan to ish mintaqasi oxirigacha to‘sish qurilmalari yordamida berkitish tavsiya etiladi. Ko‘tarilishda asosiy harakat tasmasida yo‘l ishlarini bajarishda rasmga amal qilish lozim, shu bilan birga agar asosiy tasmadagi ish mintaqasi qo‘shimcha tasmasi boshidan 200 m dan kam masofada joylashgan bo‘lsa, qo‘shimcha tasmaning to‘liq kengligi boshidan yo‘l ishlari mintaqasi oxirigacha bo‘lgan qismni to‘suvchi qurilmalar yordamida berkitish lozim. Tushish tasmasida tuzatish ishlari olib borilayotganda ish joyi 3.12-rasmga asosan to‘siladi va harakat tashkil etiladi. Agar ish mintaqasi qo‘shimcha tasma boshidan 200 m.dan yaqin joylashgan bo‘lsa to‘suvchi qurilmalar yordamida qo‘shimcha tasmaning to‘liq kengligi boshidan ish mintaqasi oxirigacha bo‘lgan qismning asosiy tasmasi berkitiladi. Chegaralangan ko‘rinishli yo‘l qismlari Chegaralangan ko‘rinishli yo‘l qismlari transport vositasi harakati uchun katta havf tug‘diradi. Bunday qismda yo‘l ishlari olib borilganda bu havf ortadi, shuning uchun yo‘l ishlari mintaqa chegarasi deb chegaralangan ko‘rinishli qismning boshini qabul qilish va vaqtinchalik yo‘l belgilarini shu qism oldidan o‘rnatish zarur. Yo‘l ishlari olib borilayotganda rejada qanday bo‘lsa, bo‘ylama kesimda ham shunday chegaralangan ko‘rinishli yo‘l qismlarida 3.13-rasmga mos ravishda harakat tashkil etiladi va ish joyi to‘siladi. Tutatish va kesishishlar Kesishish mintaqalarida harakatni tashkil etish yo‘l ishlarini bajarish ketma-ketligi tamoyiliga bo‘ysunishi kerak, u quyidagidan iborat: tuzatish ishlari ikkinchi darajali yo‘llarda va kesishishning ba’zi elementlarida boshlanib, tuzatib bo‘lingan elementlardan harakatni o‘tkazish uchun foydalanilgan holda, ko‘proq yuklangan yo‘l ele- mentlarini tuzatishga o‘tiladi, . Bir satxda kesishgan va tutashgan mintaqada yo‘l ishlari uch bosqichda bajariladi: 1) yo‘l ishlari yo‘l yoqalarida, zarurat tug‘ilganda o‘ngga burilishli tezlikni oshirib o‘tish tasmasi qurilishida; 2) yo‘l ishlari ikkinchi darajali yo‘lning qatnov qismida (barcha yoki tasma bo‘yicha alohida) tuzatib bo‘lingan yo‘l yoqasi yoki o‘ngga burilish tezlikni oshirib o‘tish tasmalariga harakatni o‘tkazish bilan; 3) yo‘l ishlari bosh yo‘lning qatnov qismida (barcha yoki tasma bo‘yicha alohida, chap burilish uchun tezlikni oshirib o‘tish tasmasini o‘z ichiga olgan holda) yo‘l yoqasida yoki o‘ngga burilishli tezlikni oshirib o‘tish tasmasida harakatni ochish bilan. Bu holda kesishishning markaziy qismida ish olib borilganda harakatni tashkil etishni ikki varianti bo‘lishi mumkin: ish bajarilayotgan qismni aylanib o‘tib, ikkinchi darajali yo‘nalishdagi transport oqimini va bosh yo‘nalishdan chap burilishli oqimni yo‘l bosishi bilan transport vositalarini bosh yo‘lning yo‘l yoqasi bo‘yicha o‘tkazish. Agar chorrahada ishlayotgan mashina va mexanizmlar ko‘rinishni chegaralab qo‘ysa, harakatni tashkil etish tartibga soluvchi yordamida amalga oshiriadi. Piyodalar harakati mavjud bo‘lgan kesishishlar yoki tutashishlarda yo‘l ishlari bajarilish hollarida, misol uchun jamoat transporti to‘xtaydigan joylarda, bekatlarni tuzatish ishlari mintaqasi chegarasidan tashqarida vaqtinchalik ko‘chirishni ko‘zda tutish va ularga boradigan piyodalar yo‘lakchasini jihozlash, shuningdek vaqtinchalik piyodalar o‘tish joyini qurish zarur. Agar transport yechimlaridan tushish-chiqish yo‘lining yoqasida ish olib borilayotgan bo‘lsa, transport vositalarini o‘tkazish tushish-chiqishning qatnov qismi bo‘ylab amalga oshiriladi. Bu holat uchun ish joyini to‘sish va harakatni tashkil etish ko‘rsatilgan. Agar transport yechimlaridan tushish-chiqish yo‘llarining qatnov qismida yo‘l ishlari olib borilsa transport vositalarini o‘tkazish qatnov qismga yondosh yo‘l yoqasi bo‘ylab amalga oshiriladi, bu oldindan rejalashtiriladi, zarur hollarda esa uchta chapga burilib tushish-chiqish yo‘llarida muntazam o‘tish yo‘li bilan mahkamlanadi. Tushish-chiqish yo‘lining qatnov qismida yo‘l ishlari olib borilayotganligi uchun qatnov yopilganda va transport vositalarini yo‘l yoqasida o‘tkazish mumkin bo‘maganda harakatni quyidagi chizmalar bo‘yicha tashkil etiladi: - qo‘shni tushish-chiqish yo‘llaridan foydalanib; - yo‘llarning birida qayrilib olishni tashkil etib; - uchta chapga burilib tushish-chiqish yo‘llarida ketma-ket o‘tish bilan. Yo‘llarning birida razvorot qurish bilan harakatni tashkil etish chizmasi, bu chizmada to‘g‘ri yo‘nalishdagi transport vositalaridan yuzaga keladigan to‘siqlar natijasida fakat bosh yo‘nalish bo‘yicha harakat jadalligi 300 avt/soatgacha bo‘lganda ruxsat etiladi. Aholi yashash joylaridagi uchastkalar Piyodalar yoki velosiped yo‘lakchalarida ish olib borilganda piyodalar yoki velosiped haydovchilarni tuzatilayotgan uchastka yonidan o‘tkazish mumkin bo‘lmagan xolda piyoda yoki velosiped haydovchilarni vaqtinchalik yo‘l yoqasidan o‘tkazishni ko‘zda tutish zarur. Tuzatilayotgan uchastkani aylanib o‘tish joyining boshi va oxirida ariqlar ustiga vaqtinchalik ko‘prikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bunda piyodalar yoki velosiped haydovchilarni yo‘l yoqasiga chiqish mintaqalari yo‘naltiruvchi konuslar bilan belgilanishi va to‘siqlar bilan to‘silishi, yo‘lda esa zarur yo‘l belgilari o‘rnatilishi kerak (3.25-rasm). Shahar ko‘ndalang kesimiga ega bo‘lgan aholi yashash joylarida yoki qurilgan binolargacha masofa katta bo‘lmasa (5 m dan kam) trotuarlarni egallaydigan yo‘l ishlari olib borilganda tuzatilayotgan uchastka chegarasidan tashqarida ikki tomondan qo‘shimcha (vaqtinchalik) piyodalar o‘tish joyi jihozlanishi zarur. Agar amaldagi keyingi o‘tish joyigacha masofa 100 m.dan kam bo‘lsa, vaqtinchalik piyodalar o‘tish joyi qurilmaydi. Bunday holda piyodalar oqimini shu yaqin o‘tish joyidan o‘tkaziladi. Piyodalar tonneli yoki ko‘prik tuzatilayotganda va piyoda oqimini tuzatilayotgan o‘tish joyidan o‘tkazishni iloji bo‘lmaganda, piyodalarni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar Davlat avtoinspeksiya idoralari bilan kelishiladi. Ko‘prikli o‘tishlarda yo‘l ishlari olib borilganda harakatni tashkil etish Ko‘priklarda va ularga kelishda transport vositalarining tushib ketish ehtimolini oldini olish uchun yo‘l ishlari vaqtida ularga vaqtinchalik ushlab qoluvchi to‘siqlar (o‘tish uchastkasi chekka to‘sini, beton bloklar yoki plitalar va x.k.) o‘rnatish zarur. Tuzatish ishlari bajarilayotganda, zarur xollarda 3.11. ”Og‘irlikni cheklash”, 3.13 ”Balandlikni cheklash”, 3.11 ”Kenglikni cheklash” yo‘l belgilarini o‘rnatish lozim. Ko‘prikda shunday belgilardan biri o‘rnatilganda, unga yaqin chorrahada xuddi shunday belgilarni oldindan 7.1.1. ma’lumot jadvali bilan o‘rnatish zarur. Agar yo‘l ishlari ko‘prik kengligining yarmida va trotuarda bir vaqtda bajarilayotgan bo‘lsa, ish joyi 3.26-rasmga asosan to‘silishi va harakat tashkil etilishi lozim. Bu holda ko‘prikdan tashqarida qatnov qism orqali vaqtinchalik piyodalar o‘tish joylari o‘rnatiladi va ular yo‘l belgilari bilan belgilanishi zarur. Ikkita harakat tasmasiga ega bo‘lgan ko‘priklarda tasma qismida yo‘l ishlari bajarilganda, agar tuzatish ishlaridan bo‘sh bo‘lgan ko‘prik gabariti 5,5 m.dan kichik bo‘lmasa va ikki yoqlama harakat amalga oshirish imkoni bo‘lsa harakatga asosan tashkil etiladi. Agar yo‘l ishlari trotuar kengligining qismida amalga oshirilsa, u holda uning qolgan kengligi piyodalarni o‘tkazishga yetarli bo‘lsa ish joyi jihozlanadi va asosan harakat tashkil etiladi. Bu holda ish joyini yaxlit to‘siqlar bilan to‘sish zarur. Ostidan harakat o‘tadigan ikki tasmali ko‘prikda yoki ustidan harakat o‘tadigan ko‘prik kengligi ikki yoqlama harakatni va bir vaqtning o‘zida piyodalarni qatnov qism bo‘ylab o‘tkazishni tashkil etish uchun yetarli bo‘lmaganda piyodalar o‘tish joyini ko‘prikning ikki tomonidan jihozlash kerak. Piyodalar va avtomobillar harakati jadalligi yuqori bo‘lganda transport va piyodalar oqimini tartibga solish uchun svetofor o‘rnatish yoki harakatni boshqarishni tartibga soluvchi yordamida amalga oshirish lozim. Tog‘li joylardagi yo‘l qismi Tog‘li joylardagi jadal harakatli yo‘l uchastkalarida katta trasport yo‘qotishlardan qochish maqsadida va harakat xavfsizligini idrok etgan xolda tuzatish ishlarini tungi soatlarda va erta tongda, harakat jadalligi kamaygan davrda iloji boricha tugallanmagan ishlarni qoldirmasdan bajarish lozim, bu tuzatilayotgan uchastkalar uzunligini kamaytirish bilan erishiladi. Tog‘li joylardagi ikki tasmali yo‘llarning va ko‘rinish ta’minlangan qatnov qismi kengligining yarmida yo‘l ishlari bajarilayotganda transport vositalari harakati “o‘zini tartibga solish” tamoyili bo‘yicha tashkil etiladi, bunda ustunlik ko‘tarilishga harakatlanayotgan transport vositasida bo‘ladi. Agar yo‘l ishlari yopiq ko‘rinishli (tog‘li yonbag‘irlarga nisbatan tashqarisi) egrilarda va tuzatilayotgan uchastka katta masofaga ega bo‘lganda (60 m.dan ortiq), harakat tartibga soluvchi yordamida tashkil etiladi yoki svetoforli tartibga solish o‘rnatiladi, bunda sariq ogohlantirishning muddati ish mintaqasini transport vositalari bo‘shatishlari uchun zarur bo‘lgan vaqtdan kelib chiqib hisoblanadi. Tog‘li joylarning katta bo‘ylama qiyalikli uchastkalarida harakat o‘zini tartibga solish hollarida tuzatilayotgan uchastkaning ruxsat etiladigan uzunligi ish olib boriladigan mintaqada harakat jadalligini hisobga olgan holda belgilanadi (3.2-jadval). Yo‘lni tuzatish mintaqasida harakat boshqarilganda tuzatilayotgan uchastkaning ruxsat etilgan uzunligi Harakat jadalligi, avt/soat Quyidagi bo‘ylama qiyaliklarda, %o, yo‘l ishlari mintaqasining maksimal uzunligi, m 20 40 60 80 100 100 315 300 270 250 230 200 130 115 85 75 60 300 70 55 40 35 25 400 35 30 25 - - 500 30 25 - - - Harakat xavfsizligini oshirish va yo‘l belgilarini ko‘rish idrokini yaxshilash maqsadida yopiq ko‘rinishli rejadagi egrilardan tashqarida, zarur hollarda ularni o‘rnatilgan joylaridan yo‘l ishlari olib borilayotgan uchastkaning boshlanishigacha bo‘lgan masofani oshirib joylashtirish lozim. Ta’mirlanayotgan va tuzatilayotgan mintaqalarni aylanib o‘tish uchastkalari Transport vositalarining ortiqcha yurishlari uchun ketadigan vaqtni kamaytirish va yoqilgi sarfini pasaytirish uchun ta’mirlanayotgan va tuzatilayotgan mintaqalarni aylanib o‘tish uchastkalarini iloji boricha qisqa belgilash lozim. Tezlik kamayishidan yuzaga keladigan vaqt yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida aylanib o‘tish yo‘lining butun uzunligi bo‘yicha transport vositalari tezligini 60 km/h, siqilgan sharoitda esa 40 km/h.dan kam bo‘lmasligini ta’minlash lozim. Asosiy harakat tasmasidan aylanib o‘tish yo‘llariga o‘tish uchastkalari transport vositalarining asosiy yo‘ldagi tezligini hisobga olib bajarilishi lozim. Transport vositalarini ta’mirlanayotgan va tuzatilayotgan mintaqalarni aylanib o‘tkazishi uchun haydovchilar yo‘nalishni o‘zgargani haqida oldindan 5.31. “Aylanib o‘tish chizmasi” belgisi orqali ogohlantirilishlari kerak. Bu belgi aylanib o‘tish boshidan 150-300 m.da o‘rnatiladi. Shuningdek, aylanib o‘tish boshida 5.31. belgini o‘rnatish zarur. Aylanib o‘tish yo‘nalishidagi barcha kesishishlarda 5.32.1-3 “Aylanib o‘tish yo‘nalishi” belgisi o‘rnatiladi. Bu belgilar 5.21 “Yo‘nalishni ko‘rsatkich” belgilari bilan to‘ldirilishi mumkin. Qatnov qismining butun kengligida tuzatish ishlari olib borilayotganda harakatni tashkil etishni mumkin bo‘lgan turlarining chizmasi va mavjud yo‘l bo‘yicha aylanib o‘tishda transport oqimi yo‘nalishi yoki maxsus tartibga solingan aylanib o‘tish ko‘rsatilgan. Asosiy yo‘lga kirish va chiqish yo‘lning qurilayotgan yoki tuzatilayotgan uchastkasi chegarasidan kamida 25 m joylashtirilishi kerak. Bir tasmali aylanib o‘tish yo‘lining kengligi 3,5 m.dan kam bo‘lmagan, ikki yoqlama harakatli aylanib o‘tish yo‘li kengligi 6 m.dan kam bo‘lmagan qabul qilinishi lozim. Aylanib o‘tish yo‘llarining gorizontal egri radiuslari 30 m.dan kam bo‘lmasligi kerak. Aylanib o‘tish yo‘lining asosiy yo‘l bilan tutashish joyidagi egrilik 15 m. dan kam bo‘lmagan radiusda bajarilishi kerak. Aylanib o‘tish yo‘lining bo‘ylama qiyaliklari 100 ‰ dan, asosiy yo‘lga kirish va tushishda 60 ‰ dan oshmasli kerak. Qisqa muddatli ishlar bajariladigan joylarda harakatni tashkil etish. Qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilganda yo‘l belgilari va to‘siqlarni joylashtirish soddalashtirilgan chizma bo‘yicha bajarilishi mumkin. Qisqa muddatli yo‘l ishlari deganda joriy tuzatish va yo‘lni saqlash bo‘yicha, ya’ni faqat sutkaning yorug‘ vaqtida olib boriladigan va tugallanadigan ishlar tushinilishi lozim. Ular tugallangandan so‘ng esa qatnov qism va yo‘l yoqasi yo‘l mashina va mexanizmlaridan, to‘suvchi qurilmalardan, vaqtinchalik yo‘l belgilaridan to‘liq bo‘shatiladi va qatnov qismning butun kengligi bo‘yicha transport oqimining to‘siqsiz harakati tiklanadi. Agar qisqa muddatli ishlar qatnov qismni torayishiga olib kelmasa (yetishmaydigan yo‘l belgilarni o‘rnatish, nosoz yo‘l belgilari va to‘siqlarni bo‘yash va almashtirish va x.k.) ish mintaqasi asosan to‘siladi. Yo‘l ishchisini ishni bajarish uchun qarama-qarshi harakat tasmasiga chiqishi kuzatiladigan hollarida ishchilardan ikkitasini qo‘llarida qizil bog‘ich va harakatni tartibga soladigan tayoqcha bilan harakatni tartibga solish uchun qo‘yiladi, ular ish vaqtida transport harakatini to‘xtatadilar. Qatnov qismni toraytirishga olib keladigan qisqa muddatli yo‘l ishlarida to‘siqli g‘ovlarda o‘rnatiladigan 4.2.2. “To‘siqni aylanib o‘tish” va 3.24. “Maksimal tezlikni chegarash” vaqtinchalik belgilardan, shuningdek biri avtomobil-tuzatuvchining old qismiga mahkamlanadigan, ikkinchisi esa tuzatish ishlari bajariladigan mintaqagacha 50 m masofada o‘rnatiladigan ikkita 1.23 “Yo‘l ishlari” belgisidan foydalanish zarur. Bo‘ylama chiziqli belgi chizig‘ini chizishda ko‘rsatilgan chizmaga amal qilish lozim. Zarur hollarda Davlat avtoinspeksiya hodimlari ish olib boriladigan mintaqada harakatni tashkil etish bo‘yicha yordam ko‘rsatadilar. 2 va 4 avtomobillar orasidagi masofa chiziqli belgi materialining qurish vaqti bilan aniqlanadi. Yo‘l ishlari olib boriladigan joylarni to‘sish va harakatni tashkil etishning texnik vositalari Yo‘l ishlari olib boriladigan joylarda, shuningdek aylanib o‘tish joylarida foydalaniladigan vaqtinchalik yo‘l belgilari GOST 10807-79 “Yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalari. Qo‘llash qoidalari” talablariga asosan o‘rnatiladi. Yo‘l belgilarining shakli, rangi, ramzi va o‘lchamlari GOST 10807-78 “Yo‘l belgilari. Umumiy texnik shartlar” bo‘yicha qabul qilinadi. Harakat bo‘yicha o‘ng tomonda joylashgan yo‘l belgilari agar harakat sharoiti bo‘yicha haydovchini ko‘ziga chalinmasa, yo‘lning chap tomonida, ajratuvchi tasmada yoki qatnov qismda bir birini takrorlashi kerak. Foydalanilayotgan yo‘lda avval o‘rnatilgan yo‘l belgilari yo‘l ishlari olib borilayotgan joylarda vaqtinchalik yo‘l belgilari ma’lumotlariga zid bo‘lsa, ularni olib tashlash kerak. Vaqtinchalik yo‘l belgilari odatda ko‘chma tayanchlarda o‘rnatiladi (4.1-rasm). Belgilarni to‘suvchi g‘ov yoki to‘siqlarda o‘rnatish mumkin. Bu holda belgining ostki cheti yer yoki yo‘l qoplamsi yuzasidan kamida 10 sm. balandlikda joylashishi kerak. Ko‘chma tayanchlarda o‘rnatiladigan yo‘l belgilarining yuzasi qoplama yuzasi bilan kamida 70o burchak ostida joylashishi kerak. Yo‘l belgilari rejada shunday joylashtirilishi kerakki, qatnov qism chetida unga yaqin bo‘lgan belgi chetigacha kamida 0,5 m. bo‘lsin. Ko‘chma tayanchlar o‘lchami foydalanilayotgan yo‘l belgilari o‘lchamiga mos bo‘lishi kerak. Tayanch elementlari belgining yon chetidan 20 sm.dan ortiq chiqib turmasligi kerak. Yo‘l ishlarini olib borishda eng ko‘p foydalaniladigan yo‘l belgilarini qo‘llash sharti ushbu Qo‘llanmaning 4.8-4.24 bandlarida keltirilgan. Yo‘l belgilari yoki belgi guruhlari bir biridan 50 m.dan kam bo‘lmagan masofada joylashtirilishi zarur. Harakat bo‘yicha birinchi 1.23. “Yo‘l ishlari” belgisi o‘rnatilishi zarur. Bu belgi ish bajariladigan joy boshigacha kamida 50 m.da 7.2.11 ma’lumot jadvali bilan qaytarilishi kerak. Aholi yashash joylarida va siqilgan sharoitda takroriy 1.23 belgini 7.2.1 “Ta’sir mintaqasi” ma’lumot jadvali bilan bevosita ish joyi boshida o‘rnatish mumkin. Oldingi uchastkaga qaraganda bajarilayotgan ishlar (misol uchun, tuzatilayotgan qoplamani suyuq bitum yoki qatron bilan gruntni mustahkamlash, yo‘nalishni aylanib o‘tish o‘rnatilgan yon tomondagi yo‘ldan loy va ifloslarni olib chiqish) natijasida qatnov qismda yuzaga keladigan sirpanchiqlik yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lganda 1.15 “Sirpanchiq yo‘l” belgisi qo‘llaniladi. “Shag‘al otqini” belgisi shag‘alli va chaqiq toshli qoplamalarni qurish yoki tuzatishda, qoplamaga yuzaki ishlov berilganda va Avtomobil g‘ildiragi ostidan shag‘al, chaqiq toshlarni otilishi mumkin bo‘lgan hollarda o‘rnatiladi. Belgi ish olib borish vaqtidan to qoplama to‘liq shakllangunicha o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. “Yo‘lning torayishi” belgilari haydovchilarni qatnov qism yoki yo‘l poyi torayganligi haqida, bu torayishni kelib chiqish sababidan qat’iy nazar ogohlantirish uchun xizmat qiladi. “Ikki tomonlama harakat” belgisi haydovchilarni yo‘lning qismida yo‘l ishlari bajarilishi natijasida vaqtinchalik ikki tomonlama harakat tashkil etilgani haqida ogohlantiradi. Belgi yo‘l ishlari bajarilayotgan uchastka oldida, agar ungacha qatnov qismda bir tomonlama harakat amalga oshirilgan bo‘lsa o‘rnatiladi. “Boshqa xavflar” belgisi boshqa ogohlantiruvchi belgilar bilan ko‘zda tutilmagan xavflar mavjudligi haqida haydovchilarni ogohlantirish uchun foydalaniladi, misol uchun qatnov qismga ko‘ndalang o‘tkazilgan kopressorli pnevmoshlanglar, payvandlash kabellari va boshqalar. “Burilishning yo‘nalishi” belgilari transport vositalari harakati yo‘nalishining keskin o‘zgargan joylarida o‘rnatiladi. Bunda belgilar g‘ov yoki to‘siqlarga joylashtirilishi mumkin. Harakat tuzatilayotgan uchastka bo‘yicha amalga oshgan hollarda qatnov qismda mavjud bo‘lgan turli xildagi to‘siqlarni aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatish 4.2.1-4.2.3 “To‘siqni aylanib o‘tish” belgilari yordamida amalga oshiriladi. Transport vositalarini to‘siqdan beshtadan kam bo‘lmagan belgi bilan yuzaga kelgan bo‘lishi kerak bo‘lgan harakat traektoriyasining og‘ishini belgilash uchun 4.2.1 va 4.2.2 belgilarini qo‘llash ruxsat etiladi, bu belgilardan yo‘l o‘qi orasida yuzaga kelgan chiziq qiyaligi 40, 60 va 60 km/h.dan ortiq ruxsat etilgan tezlikda tegishli ravishda 1:10, 1:20, 1:50 dan kam bo‘lmasligi kerak. Transport vositalarining harakati maxsus qurilgan aylanib o‘tish yo‘li bo‘yicha tashkil etilganda, aylanib o‘tish yo‘li boshlanishidan oldin 5.32.2 yoki 5.32.3 “Aylanib o‘tish yo‘nalishi” belgisi o‘rnatishi kerak. Agar harakatni yondosh yo‘l tarmog‘i bo‘yicha tashkil etish zarur bo‘lsa, harakat yo‘nalishini ko‘rsatish uchun aylanib o‘tish yo‘li boshlanishidan oldin 5.31 “Aylanib o‘tish chizmasi” belgisini, aylanib o‘tish yo‘nalishidagi barcha kesishishlarda esa 5.32.1-5.32.3 “Aylanib o‘tish yo‘nalishi” belgisi o‘rnatish lozim. Tuzatilayotgan uchastka oldidan tezlikni, agar uchastka boshida transport vositalarining to‘g‘rilanishi amalga oshirilsa yoki yo‘l ishchilarining qatnov qismga chiqish ehtimoli bo‘lgan hollarda 3.24 “Maksimal tezlikni chegaralash” belgisi yordamida chegaralash lozim. Ikki yoki uch tasmali yo‘llarda qatnov qism yoki yo‘l yoqasida ish olib borilsa, 3.20 “Quvib o‘tish taqiqlanadi” belgisi yordamida quvib o‘tishni taqiqlashni kiritish lozim. Ko‘p tasmali yo‘llarda olib borilayotgan ishlar sababli harakat kichik sonli tasma bo‘yicha amalga oshirilganda shu yo‘nalish uchun quvib o‘tish taqiqlanadi. Yo‘l ishlari olib borilayotgan harakat tasmasi tomonidan, odatda 2.6 “Qarshidan kelayotgan harakat ustunligi” belgisi o‘rnatiladi. Bu holda qarama-qarshi tomondan 2.7 “Qarshidan kelayotgan harakatdan ustun” belgisi o‘rnatilishi kerak. Zarur hollarda yo‘l ishlari sharoiti bo‘yicha transport vositalarini o‘tkazishda og‘irligi yoki gabariti bo‘yicha cheklash zarur bo‘lganda 3.11 “Og‘irlikni cheklash”, 3.13 “Balandlikni cheklash”, 3.14 “Kenglikni cheklash” yo‘l belgilarini o‘rnatish lozim. Yo‘l ishlari olib boriladigan uchastka chegarasidan tashqarida harakat yo‘li bo‘yicha oxirgi to‘suvchi qurilma tabaqasida 3.21 “Quvib o‘tish taqiqlanadigan mintaqa oxiri”, 3.25 “Maksimal tezlikni cheklash mintaqasining oxiri” yoki 3.31 “Barcha cheklashlar mintaqasining oxiri” belgilari o‘rnatiladi. Agar aholi yashash joyidan tashqarida belgidan xavfli uchastka boshigacha masofa 50 m.dan kam yoki 100 m.dan ko‘p bo‘lsa, 7.1.1 “Ob’ektgacha masofa” ma’lumot jadvali ogohlantiruvchi belgilar bilan qo‘llanilishi kerak. Burilish joylarida yo‘lning xavfli uchastkalari tomonida 7.1.3 va 7.1.4 “Ob’ektgacha masofa” ma’lumot jadvallari 1.23 belgi bilan qo‘llanilishi kerak. Xavfli uchastka uzunligini ko‘rsatish uchun 7.2.1 “Ta’sir mintaqasi” ma’lumot jadvali takroriy ogohlantiruvchi belgi bilan qo‘llanilishi kerak. To‘suvchi va yo‘naltiruvchi qurilmalar, boshqa texnik vositalar To‘sish vositalari (ko‘chma g‘ovlar, inventar to‘siqlar, ustunlar, vexalar, konuslar, ogohlantirish bayroqchalari), yordamchi jihozlar (rangli bayroqchalari bo‘lgan shnur (bog‘ich)lar, ogohlantirish chiroqlari, ko‘chma svetoforlar) yo‘l ishlari olib borilayotgan uchastkada harakatni tashkil etishning zaruriy elementlari hisoblanadi. Ko‘chma to‘suvchi qurilmalar chidamli, qulay bir joydan boshqa joyga ko‘chirish qobiliyatli va mustahkam bo‘lishi kerak. Yer osti o‘tish joylari qurish, kommunikatsiyalarni yotqizishda va yo‘l poyini kavlash bilan bog‘liq boshqa yo‘l ishlarini bajarishda to‘suvchi qurilma sifatida inventar to‘siqlardan foydalanish mumkin. Ko‘chma turdagi yakka cho‘pli to‘suvchi g‘ovlar qatnov qismning butun kengligi yoki bir tomoni bo‘yicha harakatni yopish uchun ish joyi chegarasidan 5-10 m oldin, ikki tomondan ko‘pincha qatnov qismga ko‘ndalang o‘rnatiladi. Qurilish ichidagi transportni o‘tkazish zaruriyati bo‘lganda avtomobillar chiqish joyida shlagbaumlar o‘rnatiladi. Yog‘och to‘siqlar ustun, mahkamlangan yog‘ochlardan iborat. To‘siqning yuqori va ostki qismi qizil rangga, o‘rta kismi esa oq yoki sariq rangga bo‘yaladi. Yo‘naltiruvchi vexa (shitok) va temir tayanchdan iborat, taxtacha ikki tomondan oq va qizil rangli 45 burchak ostida, kengligi 200 mm tasmalarda bo‘yaladi. Yog‘och ustunchalar navbatma navbat qizil va oq rangli tasmalarda bo‘yaladigan konusli reykadan va bir birini ustiga ko‘ndalang qoqiladigan ustundan tashkil topgan. Yo‘naltiruvchi konuslar varaqasimon po‘lat, rezina yoki boshqa materiallardan yasalgan bo‘lishi mumkin, ularga avtomobillar kelib qolganda yengil surilishi, o‘tayotgan trasport vositalaridan yuzaga keladigan havo oqimining yiqitishiga ustivor bo‘lishi kerak. Konuslarni navbatma navbat gorizontal tasmalarda kengligi 150 mm.li qizil va oq rangda bo‘yaladi. Ogohlantirish bayroqchasi temir qalqon va tayanchdan iborat. O‘lchami 40x100 mm.li qizil rangli yorug‘lik qaytaruvchi element mahkamlanadigan qalqonda ikki tomondan 45o burchak ostida kengligi 150 mm. qora rangdagi tasma chiziladi. Xavflilikni ogohlantiruvchi chiroq qorong‘u vaqtda yo‘l ishlari bajarilganda yoki ob-havo nokulay sharoitida ishlatilishi zarur. Yorug‘lik qaytaruvchi nimcha har bir yo‘l ishchilari remont butun remont mobaynida kiyilishi lozim. Ma’lumot qalqoni remont maydonlaridan oldin o‘rnatilishi lozim, yo‘l foydalanuvchi-larni remont ishlari haqida va tugatish ma’luiotlar 4.37. Ko‘chma to‘siqlar yo‘lovchilarni ogohlantiruvchi uchun ishlatilib va yo‘l ishlarini har hil aylanma yo‘llarda olib borilayotgan hisobga olib harakat yo‘lning boshqa tasmasiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi bilan davom ettiriladi. Ustunlar, vexalar va yo‘naltiruvchi konuslar ish joyini aylanib o‘tishda, shuningdek harakatni yo‘lning bir tasmasidan boshqasiga o‘tkazishda harakat yo‘nalishini bir tekisda o‘zgarishini ta’minlovchi vosita sifatida ish joyini to‘sish uchun foydalaniladi. Yo‘naltiruvchi chiziqni yaxshi ko‘rinishini ta’minlash uchun unda kamida sakkista konus yoki beshta vexa o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Konus va vexalardan qatnov qismda yo‘naltiruvchi chiziqlarni belgilash uchun, ish joyini - yo‘l bo‘ylab harakat tomonidan ular orasida (10-15) m.li masofa bilan to‘sish uchun foydalaniladi. Konus va vexalarni shunday o‘rnatish kerakki, to‘siladigan ish uchastkasidan eng ko‘p uzoqlangan ularning tayanch qismi 0,5 m.dan ortiq bo‘lmagan masofada joylashsin. Ish joyini to‘sish uchun foydalaniladigan ogohlantirish iplari o‘rnatilgan yog‘och to‘siqlarga, vexalarga yoki konuslarga mahkamlanadi. Shnurlar popugining yo‘l yuzasidan balandligi 80 cm.dan kam bo‘lmasligi kerak. Ishlar uzoq muddat olib borilganda harakatni tashkil etishning boshqa vositalari qatorida vaqtinchalik chiziqli belgilarni qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda doimiy chiziqli belgi, agar u harakatni tashkil etish maqsadlariga zid bo‘lsa tuzatish davrida yo‘qotilishi yoki kulrang bo‘yoq bilan bo‘yalishi kerak yoki haydovchilar uning talabidan chekinishga ruxsat beruvchi belgilar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Vaqtinchalik belgini GOST 23457-79 “Yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari. Qo‘llash qoidasi” talablariga binoan chiziladi. Download 97.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling