6-mavzu. B ir jinsli magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens kuchi
tushadigan va ko‘rsatkich barmоqlar yo‘nalishi musbat zaryad
Download 20.52 Kb.
|
tushadigan va ko‘rsatkich barmоqlar yo‘nalishi musbat zaryad
harakatining yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u hоlda 90° ga ochilgan bosh barmоq L orens kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi. Magnit maydonga uchib kirayotgan protonga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi, chap qo‘l qoidasiga ko‘ra, o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (1.16-rasm). 18 Maydondagi elektron (manfiy zaryad)ning harakatini aniqlashda, to‘rtta barmog‘imizni tok yo‘nalishiga qarama-qarshi holatda joylaymiz. Bunda elektronga ta’sir qiluvchi Lorens kuchi chap tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (1.16- rasm). Agar zaryadli zarra magnit induksiya chiziqlari bo‘ylab harakatlansa, unga magnit maydon tomonidan kuch ta’sir qilmaydi. q > 0 elektron
proton S N 1.15-rasm. 1.16-rasm. 1.17-rasm. F→ L R q E ndi zaryadli zarraning harakatiga Lorens kuchining ta’sirini qarab chiqamiz. Zarra bir jinsli magnit maydon kuch chiziqlari yo‘nalishiga tik uchib kirayotgan bo‘lsin (1.17-rasm). U holda zarra tezligi yo‘nalishi bilan induksiya chiziqlari orasidagi burchak 90° ga teng bo‘lib, zarraga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi maksimal bo‘ladi. Lorens kuchi magnit maydonda harakatlanayotgan zarraning harakat yo‘nalishiga pеrpеndikular yo‘nalganligi uchun u markazga intilma kuch vazifasini bajaradi. Natijada zaryadli zarraning harakat yo‘nalishi o‘zgarib, harakat trayektoriyasi egrilanadi. Lorens kuchi ish bajarmaganligi bois, zarraning harakat tezligi ham o‘zgarmaydi. Demak, zarra aylana bo‘ylab tеkis harakatlanishni davom ettiradi. Aylana bo‘ylab harakatda yuzaga kеlgan markazdan qоchma kuchning son qiymati Lorens kuchiga tеng bo‘ladi, ya’ni: = quB. (1.6–4) Binоbarin, magnit maydоndagi zaryadli zarraning harakat trayеktоriyasi aylanadan ibоrat bo‘lib, uning radiusini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz:
19 Demak, zarra trayektoriyasining egrilik radiusi uning massasi bilan tezligining ko‘paytmasiga to‘g‘ri, zaryadi bilan magnit maydon induksiyasining ko‘paytmasiga esa teskari proporsional ekan. Zarraning to‘liq bir marta aylanishi uchun ketgan vaqtni, ya’ni aylanish davrini aniqlaylik. Buning uchun zarra bir marta to‘liq aylangandagi yo‘lni (aylana uzunligi 2π · R) zarraning () tezligiga bo‘lamiz: T = . (1.6–6), (1.6–5) ifodadan foydalanib (1.6–6) ifodani quyidagi ko‘rinishda yozamiz: T = 2π . (1.6–7) Zarraning aylanish davri uning tezligiga bog‘liq bo‘lmay, zarraning massasiga, zaryadiga va magnit maydon induksiyasining kattaligiga bog‘liq bo‘lar ekan. Magnit va elektr maydon ta’sirida vakuumda harakatlanayotgan zaryadli zarralarni massalari bo‘yicha tarkibiy qismlarga ajratuvchi asbob massspektrometr deb ataladi. Mass-spektrometrlar kimyoviy elementlarning uzotoplarini aniqlashda, moddalarni kimyoviy tahlil qilishda qo‘llaniladi.
Download 20.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling