6-mavzu. B ir jinsli magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens kuchi


tushadigan va ko‘rsatkich barmоqlar yo‘nalishi musbat zaryad


Download 20.52 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi20.52 Kb.
#211583
1   2   3
tushadigan va ko‘rsatkich barmоqlar yo‘nalishi musbat zaryad

harakatining yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u hоlda 90° ga ochilgan bosh

barmоq L orens kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi.

Magnit maydonga uchib kirayotgan protonga ta’sir qilayotgan Lorens

kuchi, chap qo‘l qoidasiga ko‘ra, o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (1.16-rasm).

18

Maydondagi elektron (manfiy zaryad)ning harakatini aniqlashda, to‘rtta



barmog‘imizni tok yo‘nalishiga qarama-qarshi holatda joylaymiz. Bunda

elektronga ta’sir qiluvchi Lorens kuchi chap tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (1.16-

rasm). Agar zaryadli zarra magnit induksiya chiziqlari bo‘ylab harakatlansa,

unga magnit maydon tomonidan kuch ta’sir qilmaydi.



q > 0

elektron


proton

S



N

1.15-rasm. 1.16-rasm.

1.17-rasm.

F→

L

R

q

E ndi zaryadli zarraning harakatiga Lorens

kuchining ta’sirini qarab chiqamiz.

Zarra bir

jinsli magnit maydon kuch chiziqlari yo‘nalishiga

tik uchib kirayotgan bo‘lsin (1.17-rasm).

U holda zarra tezligi yo‘nalishi bilan induksiya

chiziqlari orasidagi burchak 90° ga teng bo‘lib,

zarraga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi maksimal

bo‘ladi. Lorens kuchi magnit maydonda

harakatlanayotgan

zarraning

harakat yo‘nalishiga

pеrpеndikular

yo‘nalganligi uchun u markazga intilma kuch vazifasini

bajaradi. Natijada zaryadli zarraning harakat yo‘nalishi o‘zgarib,

harakat

trayektoriyasi egrilanadi. Lorens kuchi ish bajarmaganligi bois, zarraning

harakat tezligi ham o‘zgarmaydi. Demak, zarra aylana bo‘ylab tеkis

harakatlanishni davom ettiradi.

Aylana bo‘ylab harakatda yuzaga kеlgan markazdan qоchma kuchning

son qiymati Lorens kuchiga tеng bo‘ladi, ya’ni:

= quB. (1.6–4)

Binоbarin, magnit maydоndagi zaryadli zarraning harakat trayеktоriyasi

aylanadan ibоrat bo‘lib, uning radiusini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz:

R = . (1.6–5)

19

Demak, zarra trayektoriyasining egrilik radiusi uning massasi



bilan tezligining

ko‘paytmasiga to‘g‘ri, zaryadi bilan magnit maydon

induksiyasining ko‘paytmasiga esa teskari proporsional ekan.

Zarraning to‘liq bir marta aylanishi uchun ketgan vaqtni, ya’ni aylanish

davrini aniqlaylik. Buning uchun zarra bir marta to‘liq aylangandagi yo‘lni

(aylana uzunligi 2π · R) zarraning () tezligiga bo‘lamiz:



T = . (1.6–6),

(1.6–5) ifodadan foydalanib (1.6–6) ifodani quyidagi ko‘rinishda yozamiz:



T = 2π . (1.6–7)

Zarraning aylanish davri uning tezligiga bog‘liq bo‘lmay, zarraning massasiga,

zaryadiga va magnit maydon induksiyasining kattaligiga bog‘liq bo‘lar ekan.

Magnit va elektr maydon ta’sirida vakuumda harakatlanayotgan zaryadli

zarralarni massalari bo‘yicha tarkibiy qismlarga ajratuvchi asbob massspektrometr

deb ataladi. Mass-spektrometrlar kimyoviy elementlarning

uzotoplarini aniqlashda, moddalarni kimyoviy tahlil qilishda qo‘llaniladi.

1. Lorens kuchining yo‘nalishini chap qo‘l qoidasi asosida tushuntiring.

2. Zaryadlangan zarrani aylana bo‘ylab tеkis harakatlantiruvchi

kuchni izohlang.

3. Zaryadli zarra magnit maydonga qanday yo‘nalishda kirganda unga

Lorens kuchi ta’sir qilmaydi?

4. Lorens kuchi asosida yaratilgan qanday qurilmalarni bilasiz?


Download 20.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling