6-mavzu. Bankning aktivlari va majburiyatlarini shakllantirish
Download 34.14 Kb.
|
6-mavzu
Veksel - bu muayyan summadagi qarzni belgilangan muddatda to`lash majburiyati qat’iy yuklangan, qonun bilan tasdiqlangan holatda to`ldirilib rasmiylashtirilgan qarzdorlik tilxati, qimmatli qog`ozning bir turi. U tijorat savdo operatsiyalarida ayriboshlash va muomala vositasida pul, chek va boshqa to`lov vositalari o`rnida qo`llaniladigan kredit hujjatidir.Veksel- bu bir shaxs tomonidan ikkinchisiga yozib berilgan qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog`oznint bir turidir. Vekselni har qanday to`lovga qobil korxona va tashkilot yozib berish huquqiga ega. Veksel sotilishi, kredit tariqasida berilishi va biron bir oldi-sotdi bitimida hisob-kitob, to`lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Vekselning boshqa turdagi qimmatli qog`ozlardan farqi shundaki, uni sotish orqali bozor va korxonalardan pul mablag`larini iqtisodiy oborotga jalb qilishda veksel depozit funksiyasini bajaradi, biroq bankka depozit qo`yganga nisbatan muhim afzalliklarga ega. Agar depozitga qo`yganda pullar korxona oborotidan chiqib ketsa, ayni vaqtda, korxona sotib olgan vekselni mahsulot va xizmatlar uchun to`lov vositasida ishlatilishi mumkin. Demak, veksel bir vaqtning o`zida ham depozit, ham chek afzalliklarini o`zida mujassamlashtiradi. Shu bilan bir qatorda, veksel birmuncha murakkab hujjat bo`lib, undan foydalanishda muayyan qiyinchiliklar tug`ilishi mumkin. Noto`g`ri to`ldirilgan, mujmal izohlangan veksel yoki veksel muomalasining o`ziga xos xususiyatlarini bilmaslik va uning ishlatishdagi tajribaning yo`qligi salbiy oqibatlarga olib kelish mumkin. Veksel: •muomaladagi pulning miqdorini kamaytirish, ya’ni naqd pul emissiyasini pasaytirish; • markazlashtirilgan kreditlar berishni chegaralash; • xalq xo`jaligida hisob-kitoblarni normallashtirish; • korxonalarda o`zaro to`lamagan qarzlarini kamaytirish maqsadlarida chiqariladi. Veksellar asosan qisqa muddatga ( 1 yilgacha) berilib, ko`proq korxonalarning aylanma vositalarini ko`paytirishga imkon beradi, uning ishlab chiqarishdagi samaradorligini oshiradi. Shuning bilan birga, to`lovning kafolatlanganligi tufayli oldindan to`lash zarurati qolmaydi va aylanma mablag`ning aylanishini ancha tezlashtiradi. Veksel vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`larini har qanday miqdorda va har qanday muddat mobaynida samarali ishlatishga yordam beradi. Veksellarni kredit olishda ishonchli garov vositasi sifatida ishlatish mumkin. Veksellardan hisob-kitob, to`lovga foydalanilganda bank orqali pul o`tkazishga hojat qolmaydi. Vekselning belgilarga qarab quyidagi turlari mavjud: 1. Emitentlar bo`yicha: • davlat, ya`ni xazina vekseli; • xususiy, ya’ni yuridik va imkoniyati bor shaxslar vekseli; 2. Amallarni bajarish nuqtai nazaridan: • moliyaviy veksellar; • tijorat (tovar) veksellari; 3. Qo`llanish nuqtai nazaridan: • oddiy veksellar; • o`tkazma veksellar. Har bir veksel to`g`ri o`ziga xos xususiyatlarga va vazifalarga ega. Masalan, xazina veksellari - bu Markaziy bank vositaligida davlat tomonidan chiqarilgan qisqa muddatli qarz majburiyatlari bo`lib, ular kafolatlanmaydi va garov bilan taminlanmaydi. Odatda bunday veksellar bir necha xaftadan bir necha oygacha (90 kundan 120 kungacha) chiqariladi. Moliyaviy veksel - veksel oluvchining veksel beruvchidan qarz olishi va ma’lum foiz daromadlarini to`lashi munosabatlarini ifodalaydi. Bunday veksellarga: • tijorat banklari tomonidan chiqarilgan veksellar; • bronzaviy veksellar; • o`rtoqlik veksellari misol bo`la oladi. Tijorat banklari veksellarini chiqarishdan maqsad bankka bo`sh pul mablag`larini jalb qilishdan iborat bo`lib, ularning muomalasi quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Pul mablag`lariga muhtoj bo`lgan bank, yani veksel beruvchi o`zi chiqargan veksellarini kreditorlarga, ya’ni veksel oluvchilarga taklif qiladi. 2. Kreditor (veksel oluvchi) bu veksellarni bankdan diskontli bahoda (nominaldan past narxda) sotib olish sharti bilan bankka (veksel beruvchiga) qarz beradi; 3. Veksel belgilangan muddat tugashi bilan bank (veksel bergan) kreditorga (veksel olganga) vekselni nominal bahoga teng miqdordagi pul summasini to`laydi. Bunda veksel egasining daromadi vekselning nominal qiymati bilan uni sotish bahosi (ya’ni nominal qiymatidan past bo`lgan baho) o`rtasidagi farq hisoblanadi. Bank vekselni olish uchun veksel oluvchi bankka pul o`tkazadi, so`ngra bank vekselning orqa tomoniga uning sotilgani haqida yozuvlarni bajaradi. Bunday yozuv veksel egasiga vekselni amal qilish muddati ichida joriy kurs qiymati evaziga o`z to`lovlarini bajarishga va ikkilamchi bozorda qayta - qayta sotishga imkon beradi. Bank vekseli uchun omonatga mablag` qo`yganga nisbatan yuqori foiz stavkasi to`lanadi. Va, aksincha veksel bo`yicha olingan foydaga soliq depozit (omonat) quyilmalaridan olinadigan foydaga solinadigan soliq foizidan ancha past. Veksel muddatdan qancha uzoq bo`lsa, narxi nominaldan shuncha past bo`ladi, demakki, veksel sotib oluvchi korxonaning daromadi shuncha katta bo`ladi. Download 34.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling