6-mavzu. Bankning aktivlari va majburiyatlarini shakllantirish


Download 34.14 Kb.
bet4/5
Sana11.02.2023
Hajmi34.14 Kb.
#1189482
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu

2.Hisobvaraq turlari.Ularni ochish tartibi.
3.Bank mijozlarining hisobvarag'ida amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarning faoliyati foyda olishga yo`naltirilgan bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank foydasining iqtisodiy mohiyati o`zgacha, chunki tijorat banklarining foydasi bank kapitali to`lanishining va bank rivojlanishining asosiy manbaasidir. Bank foydasining o`sib borishiga ta`sir qiluvchi bir necha omillar mavjud bo`lib, bular: banklarning rentabelligi, vaqtincha bo`sh pul mablag`larning samarali ishlatilishi, turli xil pullik xizmatlar ko`rsatish doirasini kengaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko`paytirish va boshqa omillar hisoblanadi
Banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya`ni mijozlarning hisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o`tkazish bilan bog`liqdir. Bunda mijoz o`z bankiga hisobidagi ma`lum bir summani ko`rsatilgan adres bo`yicha o`tkazishni yuklatadi. Operatsiya nihoyasiga yetganidan so`ng bank pul o`tkazganligi to`g`risidagi hujjatni beradi yoki yuboradi. O`tkazilgan operatsiya uchun bank vositachilik haqini oladi.
Banklarning to`lovlarni amalga oshirishdagi vazifasi banklarora va mijozlar o`rtasida ham hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishdan iborat. Naqd pulsiz to`loviga to`lov topshiriqnomalari, to`lov talabnomalari, hisob-kitob cheklari kiradi. To`lov talabnomalari orqali bank inkassatsiyalashni amalga oshiradi, xaridordan pul undirishni nazorat qiladi. To`lov topshiriqnomalari yordamida tovarlar va xizmatlar uchun haq, bo`nak tariqasidagi to`lovlar, byudjetga to`lovlar amalga oshiriladi. Shunday qilib, tovar sotib olgan tadbirkor sotuvchiga berishi kerak bo`lgan summani bankka qo`yishi mumkin. Tegishli tovarni yoki shunga tegishli bo`lgan hujjatni olishi sharti bilan tadbirkor o`z bankiga sotuvchiga pul to`lashni yuklatishi mumkin.
Chet el valyutasi bilan bog`liq operatsiyalar banklarning valyuta operatsiyalari deyiladi. Bugungi kunda valyuta operatsiyalari muhim ahamiyatga ega, chunki xalqaro integrasiyalashuv natijasida barcha davlatlar bir-biri bilan chambarchas iqtisodiy bog`langan. Davlatlar bir-biri bilan savdo-sotik qilishi, bir davlat boshqa davlatga moliyaviy yordam, kreditlar berishi, qo`shma korxonalar ochilishi, aholining emmigratsiyasi, chet elga sayohat uchun borishi, xalqaro turizm, chet elga ishlab pul topish, chet elga kurort, sanatoriyalarda dam olish uchun borish kabi munosabatlar boshqa davlatning pul birligi, ya`ni valyutaga ehtiyojni keltirib chiqaradi.
4.Naqd pulsiz hisob-kitoblar.
Banklarning to`lovlarni amalga oshirishdagi vazifasi banklarora va mijozlar o`rtasida ham hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishdan iborat. Naqd pulsiz to`loviga to`lov topshiriqnomalari, to`lov talabnomalari, hisob-kitob cheklari kiradi.
To`lov topshiriqnomalari yordamida tovarlar va xizmatlar uchun haq, bo`nak tariqasidagi to`lovlar, byudjetga to`lovlar amalga oshiriladi. Shunday qilib, tovar sotib olgan tadbirkor sotuvchiga berishi kerak bo`lgan summani bankka qo`yishi mumkin. Tegishli tovarni yoki shunga tegishli bo`lgan hujjatni olshi sharti bilan tadbirkor o`z bankiga sotuvchiga pul to`lashni yuklatishi mumkin.
To`lov talabnomalari orqali bank inkassatsiyalashni amalga oshiradi, xaridordan pul undirishni nazorat qiladi. to`lov talabnomalar bo`yicha hisob-kitoblar hayotda ko`pincha soliqlarni undirish maqsadida amalda qo`llaniladi. Agar korxonaning hisob-rakamida pul bo`lmasa, to`lov talabnomasi kartoteka2 ga olib qo`yiladi va korxonaga qachon pul tushsa, to`lov talabnomasi bo`yicha hisob-kitob qilinadi. Iqtisodiyotda soliqlarning o`z vaqtida to`lanishi muhim ahamiyatga ega, chunki soliqlar davlat byudjeti daromadining 90% dan 99% gacha qismini tashkil qiladi.
Inkassa operatsiyalari – bank tomonidan mijozlarga, ularning o`z topshiriqlari va hisoblaridan turli hujjatlar bo`yicha pul olishidir. Inkassa operatsiyalari cheklar, veksellar, tovar hujjatlari va qimmatli qog`ozlar bo`yicha amalga oshiriladi.

Download 34.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling