6 mavzu. Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari. Reja
MAVZU: TIL VA KOMMUNIKATSIYA – TUSHUNISH VOSITASI
Download 79.95 Kb.
|
6-7-8-9-10
7 MAVZU: TIL VA KOMMUNIKATSIYA – TUSHUNISH VOSITASI
REJA: Til va kommunikatsiya tushunchasi. Til va nutq dialektik munosabati. Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. KOMMUNIKATSIYA (lot. communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyani aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanalы boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy Kommunikatsiya turi bor: «inson-inson», «inson-mashina», «mashina-inson», «mashina-mashina». Texnikaviy darajadagi Kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiya guruh yoki tashqilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi Kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka Kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi Kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashqilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan Kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli; 2) transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlariga shaharni suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz bilan taʼminlash uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. Yer osti tarmoqlari koʻcha va maydonlar ostidan oʻtkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar bir umumiy kollektordan oʻtkaziladi, natijada Kommunikatsiyani taʼmirlash vaqtida yoʻllarni qayta buzib-tuzatishga hojat qolmaydi; Z) hayvonlarda birbiri bilan «muloqot qilish»dagi «signalli» usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun «oʻziga xos» K. «signallari» boʻladi. Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni. Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir. Muloqot – hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni Verbal kommunikatsiya. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi Kommunikatsiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Nizo – muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi. 1. Мuloqot haqida tushuncha «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. YOki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir. Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar. Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir. Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin. Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi. Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.[2] Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi. Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat. Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq. Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin. Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi: Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Inson o‘zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi kashfiyotchiligi bo‘yicha Er sayyorasida bizga ma’lum tirik mavjudotlarni ancha quvib o‘tdi. Muloqot quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: muloqotga bo‘lga ehtiyoj (axborotni etkazish yoki undan xabardor bo‘lish, suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatish zarur, va h.k.) boshqa odamlar bilan aloqaga kirishishga undaydi; muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini to‘g‘ri belgilash; suhbatdosh shaxsini belgilash; o‘z muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida so‘z yuritishini tasavvur qiladi (odatda anglanmagan holda); inson ongsiz ravishda (ba’zan ongli) foydalanishi mumkin bo‘lgan aniq vositalar, nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‘zini qanday tutishini o‘ylab qo‘yadi; suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qaytar aloqa o‘rnatish asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish; muloqot yo‘nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish. Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bo‘lsa, so‘zlovchi muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi. Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur. 2. Мuloqotning inson filogenetik va ontogenetic rivojlanishidagi ahamiyati vazifalari va turlari Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o‘zini hayotga joriy etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali, ilm olishga bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi.[2] Tirik mavjudotlar muloqoti filo- va ontogenezda rivojlanadi. Bu rivojlanish jarayonning barcha asosiy tomonlari: mazmuni, maqsadlari va vositalarini egallaydi. Muloqotning filogenetik taraqqiyoti muloqot mazmunining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi fikrlarda o‘z ifodasini topadi: bir mavjudotdan ikkinchisiga etkaziladigan muloqot mazmunining yangi axborot bilan boyitilishi. Avvalo – bu organizmning ichki, biologik holatlari haqidagi ma’lumotlar; so‘ngra – tashqi muhitning hayotiy muhim xossalari haqida axborot. SHundan so‘ng muloqot mazmuniga kognitiv xususiyatga ega bo‘lgan, ob’ektiv, tirik jonzotning xususiy ehtiyojlaridan mustaqil bo‘lgan tushunchalar ko‘rinishidagi olam haqida bilimlarini ifoda etuvchi axborot kiradi. Bu, endi, inson darajasida, muloqot evolyusion rivojlanishining birinchi ikki bosqichi esa hayvonlar darajasi sodir bo‘ladi; maqsadlarning boyitilishi o‘zaro muloqotda bo‘ladigan organizmlar ehtiyojlarining o‘zgarishi va rivojlanishi bilan bog‘liq: bu ehtiyojlar qanchalik turlicha va yuksak bo‘lsa, muloqotning maqsadli nuqtai nazari ham shunchalik xilma-xil va takomillashgan bo‘ladi. Muloqot vositalarining filo- va ontogenezdagi taraqqiyoti bir necha yo‘nalishlarda boradi. Birinchidan, bu muloqotchanlik vositalarining maxsus organlari. masalan. qo‘llarning ajralishi. Ikkinchidan, ekspressiv ko‘rinishdagi harakatlar (imo-ishora, mimika, pantomimika)ning rivojlanishi. Uchinchidan, axborotlarni etkazish va kodlashtirishning vositasi bo‘lgan belgili tizimlarni kashf etish va qo‘llash. To‘rtinchidan, insonlar muloqotida qo‘llaniladigan axborot etkazish va qayta tuzish, saqlashning texnik vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish (matbuot, radio, televidenie, telefon, telefaks, texnik yozuvning magnitli, lazerli va boshqa usullari va h.k.). Bolaning ruhiy taraqqiyotida ontogenezning dastlabki bosqichi davridagi uning kattalar bilan muloqoti, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Muloqotda, avvalo,to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlid qilish, keyinchalik vikar o‘rganish, so‘ngra esa, verbal o‘rganish – iborali qoidalar orqali bolaning hayotiy tajribasi orttirilib boriladi. U bilan muloqotda bo‘ladigan odamlar bola uchun bu tajribani tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi va muloqotdan tashqari, boshqa hech qanday vosita yordamida bunga erishib bo‘lmaydi. O‘z tadqiqotlarida R.S. Nemov inson muloqoti taraqqiyoti ontogenezi va uning asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqadi. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, inson bolasi o‘zida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bo‘lgan layoqatni uch oyligida sezadi (jonlanish kompleksi), bir yoshga etganda esa uning ekspressiyasi shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda o‘zlashtirib olish, tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi. Til va nutq dialektikasi nazariy tilshunoslikning, shuningdek, amaliy tilshunoslikning hamda psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarning ham muhim va murakkab muammolaridan biri bo'lib, ayni masala jahon tilshunosligining doimiy diqqat markazida turgan va hozirda ham shunday. XX asr tilshunosligining - sistem tilshunoslikning bosh, asosiy mezoni til va nutq munosabati, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash bo'ldi. Ushbu muammo tarixiga nazar tashlasak, professor H.Ne'matovning ma'lumot berishicha, til va nutq hodisalarini o'zaro farqlash dastlab U VII-IX asrlarda shakllangan arab tilshunosligining til o'rganish usullarida ko'rish mumkin. Professor A.Nurmonovning tadqiqotida esa temuriylar davri o'zbek tilshunosligining sardori bo'lgan Alisher Navoiy asarlarida til va nutq hodisalari farqlangani, alloma shu masalaga alohida e'tibor bergani qayd etiladi. Til va nutq muammosi umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi bo'lgan Vilgelm fon Gumboldtning tildagi energeo (harakat, jarayon, kuch) va ergon (mahsulot), tilshunoslikdagi psixologizm oqimining asoschisi G.Shteyntalning tildagi «barqaror mohiyat» va «harakatdagi kuchlar», buyuk nazariyotchi va amaliyotchi tilshunos Boduen de Kurtenening «tildagi barqarorlik va o'zgaruvchanlik» haqidagi ta'limotlarida ham beriladi. Ta'kidlash shart, til va nutq dialektik munosabati o'zining dastlabki haqiqiy, mukammal ilmiy nazariy yechimini tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan buyuk tilshunos olim Ferdinand de Sossyur asarlarida topdi. Demak, til va nutq masalasi nafaqat sistem tilshunoslikning, umuman, jahon tilshunosligi fanining hamma davrlaridagi ham diaxron, ham sinxron bosqichlaridagi eng jiddiy nazariy muammosi bo'lgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Negaki, tilshunoslikning ushbu o'ta murakkab va o'ta dolzarb muammosisiz nafaqat nazariyumumiy tilshunoslikning, balki xususiy-amaliy tilshunoslikning ham qator eng muhim, asosiy masalalarini to'liq, mukammal va ob'ektiv hal qilib bo'lmaydi. Shunga ko'ra til va nutq dialektikasi jahon tilshunosligi fanining doimiy muammolaridan biri sifatida qolaveradi. Sho'ro davri tilshunosligida, ayniqsa 60 yillardan boshlab, til va nutq masalasiga alohida e'tibor berila boshladi. Aniqrog'i, F. de Sossyur tomonidan xalqning aloqa qilish, fikr ifodalash vositasining til va nutq deb berilishi, bularning bir-biridan farqlanishi olimlar o'rtasida fikrlar qarama-qarshiligini tug'dirdi. Bir qator olimlar til va nutq o'zaro farqlanmaydi, aslida farqlanmaydigan bitta ob'ekt mavjuddir, til va nutq bir narsa, desa, boshqa bir qator olimlar til va nutqni albatta farqlash kerak, bular farqlanadi, degan g'oyani ilgari suradi. Xullas, hozirda til va nutqni, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash umumtilshunoslikda, shuningdek, o'zbek tilshunosligida ham mustahkam o'rin egalladi. Til va nutq dialektikasida til o'ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega bo'lgan bir butun sistema sifatida faoliyat ko'rsatadi. Demak, F.de Sossyur mutlaqo to'g'ri ta'kidlaganidek, til sistemadir. Til sistemasining bir-biri bilan uzviy bog'langan tovush tomoni, lug'at tarkibi, grammatik qurilishi mavjud bo'lib, ular birgalikda bir butunlikni, sistemani tashkil qiladi. Tilning sistem xarakteri aslida qayd etilgan sathlar, qatlamlar (yaruslar) bilan belgilanadi, asoslanadi. Ayni vaqtda ushbu satxlarning har biri o'ziga xos sistema ichki sistema bo'lib, til sistemasining tarkibiga kiradi. Demak, til sistemalar sistemasi super sistema, makrosistema sifatida jamiyatga xizmat qiladi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ladi, ijtimoiy amaliy vazifa bajaradi. Tilning ijtimoiy mohiyati jamiyatda aloqa aralashuv quroli bo'lishida ko'rinadi. Shunga ko'ra professor. S.Usmonov «Insonlar orasidagi munosabat uchun xizmat qiladigan narsa, albatta, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim. Chunki bunday munosabat, aloqa kollektiv ichida, jamiyatda voqea bo'ladi», deydi. Tilning material mohiyati haqida fikr yuritilganda, tilni belgilar sistemasi yoki semiotik sistema deb qarash hozirda tilshunos olimlar tomonidan qabul qilingan. Masalan, professor V.M.Solnsev «Til tipik semiotik yoki belgilar sistemasidir » desa, tilshunos B.V.Kosovskiy «til o'zining material mohiyatiga ko'ra belgilar sistemasini yoki semiotik sistemani hosil qiladi», deb alohida qayd etadi. Xullas, til super sistema sistemalar sistemasi sifatida jamiyat uchun tarixan mukammal yaratilgan, barchaga birday xizmat qiladigan va barcha uchun umumiy bo'lgan, asosan fikr ifodalash, fikrni moddiy qilish uchun ishlatiladigan alohida so'zlar, gaplar nutq birliklaridan, ifoda vositalaridan, ularning o'zaro mantiqiy bog'lanishi uchun, nutqni qurish uchun xizmat qiladigan qonun-qoidalardan tashkil topadi. Til o'zining jamiyatdagi kommunikativ (informativ, ekspressiv, emotiv, volyuntativ va boshq.) vazifasini qanday ko'rinishda, qanday «qiyofada», qanday shaklda amalga oshiradi? Ijtimoiy-psixik jarayon bo'lgan til o'zining jamiyatdagi kommunikativ, umuman har qanday vazifasini nutq shaklida, nutq ko'rinishida, nutq orqali amalga oshiradi. Nutq til sistemasining so'zlashuv, flkr almashuv jarayonidagi yoki yozuvdagi muayyan ifodasidir, ko'rinishidir, holatidir. Shunga ko'ra, S.Usmonov til qachon ma'lum funksiyani bajarishi mumkin degan savolni o'rtaga tashlab va quyidagicha javob beradi. Demak, uning fikricha, til nutq sifatida namoyon bo'lgandagina ma'lum funksiyani bajarishi mumkin . Miyamizda (ongimizda) ob'ektiv olamning ta'siri tufayli hosil bo'lgan tushunchalar, tasavvurlar, turli xil fikrlar, demak, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan til (nutq) orqali voqelashadi. Yana ham aniqrog'i, har qanday fikrni ifodalash, boshqalar bilan aloqada bo'lish, faqat til materiali orqali amalga oshadigan real, jonli nutq jarayonida sodir bo'ladi. Til aloqa quroli, insonlar orasidagi munosabat vositasi deb baholanishida til materialiga asoslangan nutq ko'zda tutiladi. Ichki ideal jarayon, tashqi material voqelikka o'tar ekan, aylanar ekan, bu o'tish jarayon faqat nutq asosida, ya'ni hamma vaqt til materialiga suyanadigan nutq orqali amalga oshadi. Nutq uchun esa asos (baza) vazifasini til boyligi, til materiali o'taydi. Tile materializing S.Usmonov ikkiga bo'ladi: Psixik material. Bu so'z, morfema va fonemalarning xotiradagi obrazi (qiyofasi). Moddiy material. Bu nutq yaratish chog'ida belgili tovush qobig'iga ega bo'lgan, aniq talaffuz qilinayotgan so'zlar, morfemalar va tovushlardir. Demak, real, ya'ni mavjud jonli nutqning til birliklaridan tashkil topishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Qiyoslang: Bizning davrimiz bozor iqtisodiyotiga o'tish davridir, gapi real nutq bo'lib, u tovush materiyasiga ega bo'lgan real til birliklaridan tashkil topadi. Aniqrog'i, ushbu gap: biz, ning, davr, i, miz, bozor, iqtisod, i, yot, i, ga, o't, ish, davr, i, dir kabi aniq til birliklaridan so'z (leksema) va affiksal morfemalardan tarkib topgan. Demak, ayni gapni qayd etilgan til birliklariga so'z (leksema) va affiksal morfemalarga ajratish, aslida, uni real til birliklariga ajratish demakdir. «Ammo ajratishdan hosil bo'lgan har bir element o'sha nutq o'tib ketganidan keyin o'z material qobig'ini yo'qotib, ma'lum obrazlar sifatida doimiy ravishda xotirada saqlanadi. Xotiradagi bu elementlar endi moddiy hodisa bo'lmay, psixik hodisadir. Psixik hodisadan esa lozim bo'lganida nutq a'zolarining faoliyati tufayli yana moddiy hodisa hosil qilish mumkin» Ma'lum bo'ldiki, psixik hodisa bilan real nutq orasidagi oraliq hodisa xotiradagi real til elementlarining, til birliklarining nutq tuzish vaqtida talaffuz orqali ro'yobga chiqariladigan real ekvivalentlaridir. Demak, xotiradagi til elementlarining obrazlari nutq faoliyati vaqtida real til elementlariga aylanadi. Zotan, real elementlar aslida birlamchi bo'lib, ularning ongdagi (xotiradagi) obrazlari ikkilamchidir va ular real elementlar tufayli hosil bo'ladi. Til «tashqi» jihatdan ham moddiy, ham psixik hodisa. Uning moddiyligi tovush materiyasi bo'lsa, psixik hodisaligi xotirada saqlanish xususiyatidir. Tilning ijtimoiy vazifasi moddiylikda ko'rinadi. Tildagi moddiylik so'z, so'z birikmasi va.morfemalarning tovush materiyasiga o'ralganligida namoyon bo'ladi. Xuddi shu xususiyat tildan ijtimoiy maqsadda foydalanish imkoniyatini beradi. Ma'lum bo'ldiki, tildan fikr almashuv kommunikatsiya maqsadida foydalanish jarayoni nutqdir. Hozirgi vaqtda nutqning til materiali orqali aloqa qilish jarayoni ekanligi tajriba yo'li bilan ham isbotlangan. Masalan, psixolog V.A.Artemov «Eksperimental - fonetik va eksperimental - psixologik tadqiqotlar nutqning til orqali aloqa qilish jarayoni ekanligiga bizni ishontirmoqda. Hozirda ko'pchilik psixologlar, stilist va tilshunoslar ushbu fikrga kelishgan». Demak, til nutq orqali, nutq esa til materiali orqali amalga oshadi. Akademik I.P.Pavlov tomonidan ikkilamchi signallar sistemasi deb nom olgan tilning nutq bilan chambarchas bog'liqligini yana shundan ham bilish mumkinki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida, odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog'lash jarayonida vujudga keladi. Til va nutq o'rtasidagi bog'liqlik, o'zaro aloqadorlik yana quyidagilardan ham ma'lum bo'ladi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir vaqtning o'zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq shu materialdan fikr shakllantirishdir. F. de Sossyur aytganidek, til bizga nutq tushunarli bo'lishi uchun zarur bo'lsa, nutq esa tilning taraqqiyoti, yashashi, shakllanishi uchun zarur. Tarixiy jihatdan nutq faktlari tildan oldin keladi. Shu o'rinda proffessor. B.A.Serebrennikovning fikrini ham keltirish maqsadga to'la muvofiqdir. U ta'kidlaganidek « Til nutq jarayonida foydalaniladi. Har bir nutq faoliyatida til elementlari ishtirok etadi. Agar til sistem xarakterga ega bo'lsa, nutq ham til elementlari asosida namoyon bo'lgandan keyin sistem xarakterga ega bo'ladi». Bizningcha ham nutq sistemadir, sistem xarakterga egadir. Ammo u tilga nisbatan ikkinchi darajali sistema bo'lib, til sistemasiga asoslanadi, undan imkoniyat sifatida foydalanadi. Til sistemasi asosida nutqiy sistema, nutq faoliyati, fikrni ifodalash sistemasi yuzaga keladi. Shuningdek, nutq (nutqiy faoliyat) fikrni ifodalash jarayoni ekan, ayni jarayonda ishtirok etuvchi birliklar o'zaro mantiqiy, zaruriy munosabatga kirishib, bir butunlikni sistemani, masalan, nutqni, gapni hosil qiladi. Qolaversa, nutqdagi - fikr ifodalash jarayonidagi so'z ham, so'z birikmasi ham, gap ham, matn ham o'ziga xos mikro va makrosistemalardir. Tilning yashashi, mavjudligi, taraqqiyoti nutq orqali bo'ladi. Masalan, men o'z nutqimda o'zbek tilidan foydalanib gapiryapman, demak, bu o'zbek tilining mavjudligi, uning yashayotganligidir. Ko'rinadiki, tilning har bir aniq ko'rinishi real nutqdir, nutq faoliyatidir. Jonli nutq yoki real nutq bu tilning mavjudligi, uning faol harakatidir. Til inson xotirasida mavjud lisoniy (lingvistik) birliklardan va qoidalardan iborat xazinadir. Nutq esa ushbu birliklarning muayyan qoidalar asosidagi faol harakati, muayyan ijtimoiy vazifa bajarishi, ya'ni nutq jarayondir, amaliyotdir. Til ham, nutq ham ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan til va nutq biri ikkinchisi orqali amalga oshadi, ya'ni til nutq orqali, nutq esa til orqali voqelashadi, namoyon bo'ladi. Til va nutq o'zaro aloqador, bir-biri bilan bog'liq, biri ikkinchisiz mavjud bo'lmaydigan, ammo bir-biridan farqi bo'lgan ijtimoiy hodisalardir. Demak, til va nutq o'zaro bog'liq bo'lgani bilan aynan bir xil narsa emas. Psixolog P.I.Ivanov: «Biz biror kishiga: siz qaysi tilda (yoki tillarda) gaplashasiz deb savol berganimizda, biz shu kishining nutqi, gapi bilan uning o'z nutqida qanday til (yoki tillar)dan foydalanishini aniq bilamiz», deydi. Har bir kishining o'z nutqi bor va nutqida bir yoki bir necha tildan foydalanib gapiradi. Shu bilan birgalikda har bir kishining nutqi uning yoshiga, bilimiga, umumiy ma'naviy-madaniy saviyasiga qarab, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Bundan esa nutqning individual hodisa ekanligi kelib chiqadi. Lekin biz yuqorida til ham, nutq ham ijtimoiy hodisa degan edik. Gap shundaki, nutq haqiqatan ham individual. Nutq individual o'zining bajarilishiga, sodir bo'lishiga ko'ra, ya'ni u individ, alohida kishi tomonidan amalga oshadi. Ammo o'zining vazifasiga ko'ra esa nutq ijtimoiydir. Demak, nutq individual deganda, uning individ alohida shaxs tomonidan amalga oshirilishi, bajarilishi ko'zda tutilsa, nutq ijtimoiy deganda, uning ahamiyati, vazifasi, ommaviyligi tushuniladi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tilni ham ma'lum ma'noda individual deyish mumkin. Chunki til materiali (elementlari, birliklari) psixikada, xotiramizda mavjud. Shuning uchun ham S.Usmonov: «Til elementlari jamiyat a'zolarining xotirasida mavjud», deydi. Demak, til individual nutq shaklida faoliyat ko'rsatadi. Til va nutq ham ijtimoiy, ham individual. Tiddagi ijtimoiylik nutq orqali namoyon bo'ladi. «Tildagi ijtimoiylik yashirin, ichki hodisa bo'lsa, nutqdagi ijtimoiylik tashqi, real hodisadir». Til mavhumdir, nutq esa aniqdir, ya'ni nutqni eshitamiz, akustik qabul qilamiz va ko'ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo'lib, muayyan o'rinda (joyda) va muayyan vaqtda yuz beradi. Nutq so'zlovchining, tinglovchining va predmetning fikr yuritilayotgan predmetning mavjud bo'lishini talab qiladi. Nutq akti hamma vaqt ijodiy akt. Chunki har bir kishi o'z fikrini muayyan shakl so'z, nutq orqali ifodalayotganida o'zining bilimiga, lug'at xazinasiga, hayot tajribasi va madaniy saviyasiga suyanadi. Nutq harakatchan, dinamik, jonli bo'lsa, til statik, stabildir. Nutq alohida shaxsga, individga bog'liq. Til esa alohida shaxsga, individga bog'liq emas. Tilning ijodkori, yaratuvchisi xalq. A.A.Potebnya aytganidek, til xalqning mahsulidir. Nutqning esa ijodkori individdir, insondir. Nutq baland va past, tez yoki sekin, uzun yoki qisqa, mimikali yoki mimikasiz, qo'l harakati bilan (jest) yoki qo'l harakatisiz, aniq yoki noaniq bo'lishi mumkin, tilga bunday ta'rif-tavsif to'g'ri kelmaydi. Nutq ham monologik, ham dialogik bo'la oladi. Til esa monologik ham, dialogik ham bo'la olmaydi. Til - aloqa quroli, nutq - aloqa usuli. Til imkoniyat, nutq voqelik, ta'sirchanlik. Til umumiylik, nutq xususiylik, alohidalik. Nutq kelib chiqishiga ko'ra birlamchi, ya'ni oldin nutq -nutq tovushlari paydo bo'lgan, til esa ikkilamchi, nutq asosida shakllangan, tashkil topgan. Til taxlil qilish yo'li orqali, nutq esa qabul qilish va tushunish orqali bilinadi. Tilning hayoti uzoq, xalqlaring hayoti bilan bog'liq, nutqning hayoti esa qisqa, ya'ni aytilgan vaqtdagina mavjud. Tilning alohida vazifasi bo'lgan nutq psixologiya, tilshunoslik (uslubshunoslik, nutq madaniyati va boshq.), fiziologiya (nutq apparatining tuzilishini o'rganadi), informatsiya nazariyasi va boshqa fanlar tomonidan tekshiriladi. Til - tilshunoslik, falsafa, mantiq, tarix, semiotika va boshqa fanlar tomonidan o'rganiladi. Demak, jonli nutq, nutq faoliyati tilning mavjudlik va taraqqiy qilish shaklidir. Tilni nutq faoliyatida kuzatganimizdagina uning ijtimoiy-amaliy vazifa bajarish mexanizmini ochib berish mumkin. Nutq faoliyatidagina til va nutqning o'zaro ta'siri, bog'likligi, aloqasi amalga oshadi. Til va nutq orasidagi dialektik munosabat shundaki, nutq faoliyati natijasida nutq shakllanadi. Nutq esa til birliklaridan tuziladi va til birliklariga ajralib ketadi. Til birliklari yana nutq faoliyati - faolligi uchun xizmat qiladi. Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi. Insonning borliqni bilishidan asosiy maqsadlaridan biri - bu haqiqatni bilishdir. Bu asosan inson bilimlari bilan obektiv borliqdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabat masalasini o‘z ichiga oladi. Haqiqat - bu borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zi emas, balki ular haqidagi inson bilimlarining o‘sha narsa va hodisalarga mos kelishidir. Haqiqat, bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunyoning o‘ziga, obektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan, yanglishuvdan, yolg‘ondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz obektiv voqelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab olmoq kerak. Haqiqat konkret yoki mavhum, mushohadaviy va fikriy xulosalar, tushuncha va tasavvurlarning obektga mosligidir. Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obektiv haqiqat tushunchasi teztez uchrab turadi. Obektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun insoniyatga ham bog‘liq emas. Haqiqatning obektivligini u mavjud olamning inikosi bo‘lishi belgilaydi. Haqiqatning obektivligi vaqt va zamondagi o‘tish manosida ketma-ketlik, izchillik va vorislikning asosi hisoblanadi. Haqiqat bu jarayondir. Obektiv haqiqatning jarayon bo‘lish xususiyati ikki xil tarzda namoyon bo‘ladi: birinchidan, bu obektni to‘liqroq inikos ettirishga tomon qaratilgan o‘zgarishlar jarayonidir, ikkinchidan esa, konsepsiyalar, talimotlar strukturasida xatolik va yanglishishlarga barham berish jarayoni hamdir. Bu jihatdan qaraganda xaqiqat o‘zi ifodalangan bilimlarning mazmuniga ko‘ra subektga bog‘liq bo‘lmasada (bu manoda u obektiv haqiqat deb ataladi), lekin u o‘z ifodalanish shakli jihatdan subektga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda haqiqat mazmuniga ko‘ra obektiv, shakliga ko‘ra nisbiydir. Bilish nazariyasida nisbiy va absolyut haqiqat shakllari muhim o‘rin tutadi. Absolyut va nisbiy haqiqatlar masalasi insoniyat rivojining malum bosqichida kishilarning bilish jihatidan murakkab tashkil topgan obektlar bilan aloqador bo‘lgan, har qanday nazariyalar ushbu obektlarni tugal anglash davosini qilishga qodir bo‘lmagan davrlardagi dunyoqarash muammosi sifatida yuzaga chiqqan. Absolyut (mutlaq) haqiqat deganda o‘z obektiga aynan mos bo‘lgan va bilishning keyingi taraqqiyoti davomida inkor etilmaydigan bilim, xulosa va hukmlar tushuniladi. Absolyut haqiqat -o‘rganilayotgan obektlarning umumiy va alohida tomonlarini aniq-ravshan hamda voqelikning muayyan jihat va xususiyatlarini tugal bilishi, nisbiy haqiqatning keyingi bilish jarayonida ham saqlanib qoladigan mazmunini tashkil etishi, olam, undagi eng murakkab sistemalar to‘g‘risida hech qachon inkor qilinmaydigan to‘liq bilimdir. Masalan, 1913 yilda XX asrning eng yirik fizigi Nils Bor o‘zining mashhur to‘ldiruvchanlik prinsipini tariflab berdi. Bu prinsipga ko‘ra, haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bo‘lishi bilan mutlaqo noto‘g‘ri deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi. Klassik mexanika bilan nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va hozirgi zamon nazariyasi va ko‘p boshqa nazariyalar o‘zaro ana shunday munosabatda bo‘ladi. Nisbiy haqiqat - borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to‘ldirilib borishi lozim bo‘lgan bilimlarimizdir. Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning Cheksiz jamlanib borishidan vujudga keladi, har bir nisbiy haqiqatda esa mutlaq haqiqatning zarrasi, donasi mavjud bo‘ladi. Ilm - fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy haqiqatlar sifatida mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi - yangi zarralar qo‘shib boradi. Borliq bepoyon va Cheksiz bo‘lgani kabi, insonning uni bilishi ham Cheksiz davom etadi. Haqiqat mavxum emas, balki aniq (konkret) bilimlardir. Har bir bilimning haqiqatligi malum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bilishining imkoniyatiga va darajasiga bog‘liq. Hamma zamonlar, makonlar, hamma davr va har qanday sharoitda ham to‘g‘ri bo‘ladigan, o‘zgarmaydigan haqiqatlar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Haqiqatni xatodan farq qiladigan mezon bormi? Bu savolga turli falsafiy oqimlar turlicha javob berib kelganlar. Masalan, XX asrda neopozitivizm oqimi vakillaridan bazilari, haqiqatning mezoni, deb kogerensiya prinsipini (yani bilimning o‘z-o‘ziga mos kelishi) oladilar. Neopozitivizmning boshqa bir guruhi vakillari esa bilimlarning haqiqatlik mezoni sifatida verifikatsiya prinsipini yani, bilimlarni hissiy tajriba, kuzatish, eksperiment yo‘llari bilan tekshirishni oladilar. Biroq bizga malumki, fanlarda paydo bo‘lgan bazi g‘oyalar va qarashlarning haqiqatligini bunday hissiy tajribalar asosida tekshirib bo‘lmaydi. Empiriokratitsizm (maxizm) tarafdorlari, xususan Bagdanov haqiqat mezoni sifatida bilimlarni, ko‘pchilik tomondan olinganligini tushunadilar, ular ko‘pchilik ham barovar adashishi va xato qilishi mumkinligini esdan chiqarib qo‘yadilar. Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday bilimning haqiqatlik mezoni uning insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak, deyishadi. Haqiqatda esa, foydali bo‘lish, foyda keltirish hali inson bilimlarining haqiqatligi mezoni bo‘lmaydi. Ekzistensializm falsafasi vakillarining bazilari bo‘lsa, inson bilimlarining haqiqatligi mezoni har bir kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlariga bog‘likdir, deyishadi. Lekin, hech qachon turli kishilarning ehtiyoji, intilishlari birbiriga to‘la mos kelmasligini ular nazarda chetda qoldirishadi. Bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy faoliyatdir. Amaliyot insonning dunyoga o‘ziga xos munosabati usuli bo‘lib, u tashqi olamdagi obektiv mavjud narsa va hodisalarga faol tasir etish, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish va qayta qurish yo‘li bilan insonning uni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitga kirib borish jarayonidir. Amaliyot bilish jarayonida hosil bo‘lgan har bir bilimning haqiqatligini tasdiqlash bilan birga, bu bilimning cheklanganligini, xatoligini ham aniqlab beradi. Lekin amaliyotni ham haqiqat mezoni sifatida mutlaqlashtirish mumkin emas. CHunki inson bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi amaliyotda tasdiqlanishi to‘liq bo‘lmaydi, amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan bilimlar ham mavjud. Uning ustiga amaliyotning o‘zi ham o‘zgarib rivojlanib boradi. SHunga qaramasdan, amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to‘g‘ri bilimlarini xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon, birinchidan, inson bilimlari borliqning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri inikosi ekanligini tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni noto‘g‘ri aks ettiruvchi qarashlarning xatoligini ham ochib beradi. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, yani amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlari nuqtai nazaridan yondoshadi. Inson amaliyot orqali obektiv mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarga faol tasir etib, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zini o‘rab turgan tabiiy – ijtimoiy muhitga kirib boradi. Inson amaliy faoliyati borliqni o‘zgartirishga qaratilgan jarayon bo‘lib, u obektiv va subektiv tomonlar yig‘indisidan iborat. Albatta, amaliy faoliyatning subektivligi insonning qobiliyati, maqsadga muvofiq hatti harakati, obektiv tomoni essa boshlang‘ich material, faoliyat vositalari va olingan mahsulotni anglatadi. Umuman olganda amaliyot insonning dunyoga, o‘ziga xos munosabat usulidir. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Metod (yunoncha - usul) keng manoda yo‘l ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi manolarni anglatadi. Metodologiya esa metod to‘g‘risidagi talimot bo‘lib, u nazariy bilimlar va amaliy faoliyat tamoyillarini, usullarini o‘rgatadi. U malum tizim to‘g‘risidagi talimotdir. Har bir fan turli sohalar dunyoning u yoki bu tomonini o‘rganar ekan, uning o‘ziga xos tekshirish obekti mavjud. Mana shunga muvofiq har bir soha o‘zining obektini o‘rganish uchun turli metodlar ishlab chiqadi va uning yordamida o‘sha o‘rganishni yaxshilaydi va takomillashtiradi. Jumladan, tilshunoslikni o‘rganish metodi bilan, biiologiya metodi yoki matematikatini o‘rganish metodi bir- biridan farqlanadi. Metod u yoki bu shaklda malum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar va talablar tizimi bo‘lib, subektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohada malum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi Har qanday metod malum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Nazariya reallikni aks ettirar ekan, undan kelib chiquvchi tamoyillar, qoidalar va x.k. orqali metodga aylana boradi va natijada yana nazariyaga qaytadi, subekt bilish jarayonida undan foydalanadi. Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija, uning predmetining mohiyatini anglash balki unga eltuvchi yo‘l, yani metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i darkor. Predmet va metodni ayri holda tushunish mumkin emas. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon bo‘lmasada, malum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar yangidan shakllanadi. Predmetning xususiyatlari o‘zgarishi bilan metod ham o‘zgarib boradi. Demak, metodning haqiqiyligi tadqiqot (obekt) predmetining mazmuni bilan bog‘liq. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Bazi hollarda bir narsani izlash jarayonida boshqa narsa yaratiladi. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi metodni to‘g‘ri xarakterlar ekan, Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng va tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda u yoki bu obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. M: ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, moxiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. (O‘qituvchi misol tariqasida tushuntirishi kerak.) Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini taminlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y yoki bu obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: falsafa, fan: umumilmiy, xususiy ilmiy, fanlararo tadqiqot, ijtimoiygumanitar fanlar metodlaridir. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatiga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez, induksiya va deduksiya va xokazo taalluqli. Agar maxsus metodlar obektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu obektlarda namoyon bo‘ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Eng qadimgi va keng tarqalgan falsafiy metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Bulardan tashqari sofistika, eklektika, analitik, intiutiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik kabi metodlar ham mavjud. (O‘qituvchi yuqoridagi metodlar to‘g‘risida tushuncha berishi kerak.) Fan metodlari – malum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimidir. Har bir fundamental fan, mohiyat-etibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartibtamoillari majmuidir. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiygumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlariga – etnometodologik, ideografik, dialog, tushunish va oqilona tushuntirish, hujjatlarni tahlil qilish, so‘rovlar o‘tkazish, proektiv, testlash, biografik va avtobiografik, sotsiometriya, o‘yin metodlari kiradi. (Bu metodlar mazkur fanlarning predmeti bilan bog‘liq maxsus vositalar, metod va amallardan foydalaniladi.) Hozirgi zamon metodologiyasi. Metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog‘liqdir. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo‘lgan bifurkatsiya, fluktuatsiya, dissipatsiya, attraktor, kumatoid (yunoncha–to‘lqin), «case studies», «abduksiya», evrestika kabi innovatsion tushunchalarni kiritish mumkin. Kumatoid - suzayotgan obektni anglatadi va obektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek yo‘qolishi, parchalanishi mumkin. «Case studies» atamasi pretsedentning, yani kuzatish ostida bo‘lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan obektning mavjudligini aks ettiradi. Abduksiya fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Shunday qilib, Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turlituman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Xulosa. Insonning bilish qobiliyati, bilish imkoniyatlari, umuman olganda, cheklanmagan. Uning bilish imkoniyatlari fanlarning va amaliyotning rivojlanishi bilan yanada ortib boradi. Insonning bilishi faqat konkret avlod hayoti uchungina cheklangan, xolos. Lekin bu bilish butun insoniyat hayoti uchun Cheksiz dir, inson Cheksiz dunyoni Cheksiz bila boradi. Dunyoda inson bilib olgan va hali bilib ulgurmagan narsalar va hodisalarning tomonlari, xususiyatlari bor, xolos. Lekin bu — inson ularni bilishi mumkin emas, degan manoni bildirmaydi, balki malum davr, malum vaqtda inson — hozir bilmagan bu tomonlar va xususiyatlarni bilib olishi mumkin. Download 79.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling