Ideal gaz va uning qonunlari. Izojarayonlar Reja: Ideal gaz. Gaz bosimi. Temperatura. Ideal gaz holat tenglamasi
Download 8.8 Kb.
|
Ideal gaz va uning holat parametrlari
Ideal gaz va uning qonunlari . Izojarayonlar Reja: 1. Ideal gaz. Gaz bosimi. Temperatura. 2. Ideal gaz holat tenglamasi. 3. Ideal gaz qonunlari. Broun harakati. 4. Izojarayonlar Ideal gaz tengla malari IZOJARAYONLAR IZOTERMIK JARAYON. Berilgan gazning birorta makroskopik parametri o’zgarmas bo’lganda qolganlari orasidagi bog’lanishni tavsiflaydigan jarayon izojarayon deb ataladi. Temperatura o’zgarmasdan ro’y beradigan jarayon izotermik jarayon deyiladi. Bu jarayinni ingliz olimi Boyl 1662-yilda va fransuz olimi Mariott 1676-yilda bir-biridan mustaqil holda aniqlagan. IZOXORIK JARAYON Hajm o’zgarmas bo’lganda berilgan gaz massasining bosimi temperatura o’zgarishi bilan chiziqli o’zgaradi,ya’ni m=const T=constda P=P (1+at) Hajm o’zgarmas bo’lganda ro’y beradigan jarayonlar izoxorik jarayonlar, P va t orasidagi bog’lanishlarni ifodalaydigan chiziqlar esa izoxoralar deyiladi.Bu qonunni 1887-yilda J.Sharl kashf etgan. IZOBARIK JARAYON Bosim o’zgarmas bo’lganda berilgan gaz massasining hajmi temperatura o’zgarishi bilan chiziqli o’zgaradi ya’ni m=const, P=const V=V (1+at) Bosim o’zgarmasdan ro’y beradigan jarayonlar izobarik jarayonlar, Vva t orasidagi bog’lanishlarni ifodalaydigan chiziqlar esa izobaralar deyiladi. Bu qonunni 1802-yilda Gey-Lyusak kashf etgan. Gazning barcha holat parametrlarini bir vaqtda o'zgarishini ifodalovchi tenglamaga gazning holat tenglamasi deyiladi. Ideal gazning 2 ta holat tenglamasi mavjud: Klapeyron va Mendeleev-Klapeyron tenglamasi.Muvozanat holatda turgan termodinamik sistemaning barcha parametrlari ham mustaqil emasligini isbot qilish mumkin: bunday sistemaning ichki parametrlari faqat uning tashqi parametrlariga va temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Sistemaning ixtiyoriy termodinamik parametrini mustaqil o‘zgaruvchi sifatida qabul qilingan parametrlari bilan o‘zaro bog‘lovchi tenglamaga holat tenglamasi deyiladi. Bir jinsli jismning bosimi r, hajmi V va temperaturasi T ni o‘zaro bog‘lovchi holat tenglamasiga termodinamik holatning termik tenglamasi deyiladi: Termodinamikada funksiyaning aniq ko‘rinishi tajribadan ma’lum deb hisoblanadi. Holat tenglamasi nazariy jihatdan faqat statistik fizika usullari bilan keltirib chiqariladi. Hozirgi zamon fizikasida taqiqotning statistik va termodinamik usullari orasidagi bog‘liqlik mana shundan iboratdir. Holat tenglamasi tashqi maydon mavjud bo‘lmaganda yagona tashqi parametri hajm bo‘lgan sodda sistemalarning xossalarini ifodalaydi.Download 8.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling