Ideal gaz deb, molekulalari hisobga olmaydigan darajada kichik xususiy hajmga ega bo‘lgan va masofadan o‘zaro ta’sirlashmaydigan gazlarga aytiladi. Real gazlarda molekulalararo tortishish va itarishish kuchlari mavjud. Muhimi, bu kuchlar birgalikda ta’sir qiladi. Agar bu kuchlardan biri ishtirok etmasa, masalan, itarishish kuchlari yo‘q bo‘lsa, u holda barcha molekulalar tortishish kuchlari ta’sirida bir-biriga yopishib qolib, gazning o‘zining mavjud bo‘lishi ham mumkin bo‘lmay qolardi. Itarishish kuchlari molekulalarning idish devorlari va bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashishida namoyon bo‘ladi. Biz keyinchalik molekulalar o‘zaro to‘qnashishda o‘zini gazning kiyomviy tarkibiga bog‘liq bo‘lgan g diametrli absolyut elastik sharlar kabi tutishini ko‘rib o‘tamiz. Molekulaning bu effektiv diametri molekulalar orasida itarishish kuchlari mavjudligidan dalolat beradi. Agar bu kuchlar bo‘lmaganda edi, molekulalar hohlagancha kichik masofalargacha yaqinlashishlari mumkin bo‘lardi. Xaqiqatda ma’lum bo‘ldiki, turli gazlar molekulalarining effektiv diametrlari 10-10 metr tartibida ekan. Izoxorik jarayon
Sharl qonuni: hajm o’zgarmas bo’lganda gazning berilgan m massasi uchun bosimning temperaturaga nisbati o’zgarmas miqdordir :
Berilgan massali gaz bosimi, uning hajmi o’zgarmas bo’lganda, temperaturaga bog’liq ravishda to’g’ri chiziq bo’yicha o’zgaradi :
Izobarik jarayon
Gey-Lyussak qonuni: berilgan massali gaz hajmi, bosim o’zgarmas bo’lganda temperaturaga bo’gliq ravishda to’g’ri chiziqli o’zgaradi:
Izobarik jarayon- bu P bosim o’zgarmas bo’lganda termodinamik tizimning o’zgarish jarayonidir.
V 0— t = 0°C даги
босим
Do'stlaringiz bilan baham: |