Farg`ona Politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 30-20 tmj guruh talabalari rustamov davronbek yoqubjonov abdurasul xushvaqtov fazlidinlarning asosiy texnalogik jarayonlar va qurilmalar fanidan taqdimoti
Download 229.38 Kb.
|
TMJ d issiqlik lmshinuvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu; Ekstraksiyalash jarayoni.
Farg`ona Politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 27-20 TMJ guruh talabalari XUSHVAQTOV FAZLIDIN va yusupov ixtiyorning ,,tmj da issiqlik va modda almashinuvi JARAYONLARi VA QURILMALAR fanidan TAQDIMOTIReja; 1. Ekstraksiyalash. 2. Suyuqliklarni ekstraksiyalash. 3. Uzluksiz ishlaydigan ekstraktorlar.Mavzu; Ekstraksiyalash jarayoni.Ekstraksiyalash deb shunday jarayonga aytiladiki, eritmalar yoki qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchialar (ekstragent) yordamida ajratib olishga aytiladi. Bu jarayon 2 turga bo‘linadi: a) suyuqliklarni ekstraksiyalash b) qattiq materiallarni ekstraksiyalash Ekstraksiya jarayonining prinsipial sxemasi Tarkibida tarqatuvchi modda M bor boshlang‘ich eritma F va erituvchi Ye lar ekstraktorga yuklanadi. Biror eritma tarkibidagi komponentlarni ajratib olish uchun qo‘llaniladigan suyuqlik ekstragent (Ye) deb nomlanadi. Fazalar o‘rtasida massa almashinish jarayoni ularning bevosita to‘qnashuvi tufayli yuz beradi. Ekstraksiya natijasida hosil bo‘lgan suyuq aralashma ajratgichga yuboriladi va u yerda ekstrakt (Ye) va rafinat (R) ga ajratiladi. Suyuqliklarni ekstraksiyalash Dastlabki eritma va erituvchi o‘zaro ta’sir ettirilganda ikkita faza (ekstrakt va rafinat) hosil bo‘ladi. Ajratib olingan moddaning erituvchidagi eritmasi ekstarkt, dastlabki eritmaning qoldig‘i esa rafinat deb yuritiladi. Olingan 2 ta suyuqlik fazasi bir-biridan tindirish, sentrafugalash yoki boshqa mexaniq usullar yordamida ajratiladi. So‘ngra ekstrakt tarkibidan tegishli mahsulot ajratib olinadi, rafinatdan esa erituvchi regeneratsiya qilinadi. Afzaliklari: Suyuqliklarni ekstraksiyalash boshqa usullar (rektifikatsiyalash, bug‘latish va xokazo) ga nisbatan bir muncha afzalliklarga ega: jarayon past temperaturada olib boriladi, eritmaning bug‘lanishi uchun issiqlik talab etilmaydi, yuqori tanlovchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan istalgan erituvchini ishlatish imkoni bor. Kamchiliklari: Qo‘shimcha komponent (erituvchi)ni ishlatish va uni regeneratsiya qilishni tashkil etish apparatlar sxemasini murakkablashtiradi va ekstraksiyalash jarayonini qimmatlashtiradi. Suyuqlik tarkibidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda ekstragent deb ataladi. Sanoatda ishlatiladigan erituvchilar (ekstragent) uch guruxga bo‘linadi: Organiq kislotalar yoki ularning turlari (sulfokislotalar, fenollar, naften kislotalar va xokazo) Organiq asoslarning tuzlari (birlamchi, ikqilamchi va uchlamchi aminlarning tuzlari va xokazo) Neytral erituvchilar (suv, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar va ketonlar). Download 229.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling