Farg`ona Politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 30-20 tmj guruh talabalari rustamov davronbek yoqubjonov abdurasul xushvaqtov fazlidinlarning asosiy texnalogik jarayonlar va qurilmalar fanidan taqdimoti


Suyuqlik ekstraksiyasini qo‘llashdan maqsad


Download 229.38 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi229.38 Kb.
#1589706
1   2   3
Bog'liq
TMJ d issiqlik lmshinuvi

Suyuqlik ekstraksiyasini qo‘llashdan maqsad:
1) rektifikatsiya yordamida aralashmadan ajratilgan azeotrop aralashma hosil bo‘lishi, komponentlarni termik chidamsizligi va uchib chiqa olmasligi tufayli;
2) tashkil etuvchi komponentlarni qaynash temperaturlari bir-biriga yaqin bo‘lib, yoki konsentratsiyasi kam bo‘lsa yoki boshqa sabablar bilan rektifikatsiya usuli ekstraksiyaga nisbatan iqtisodiy sarf-harajat katta bo‘lgandi.
Amaliyotda suyuqlik aralashmalarini ekstratsiyalashning kuyidagi usullari ishlatiladi:
1) dastlabki aralashma va ekstragentni bir marotaba kontaktiga asoslangan jarayon (bir pog‘onali ekstraksiyalash);
2) har bir pog‘onada toza erituvchi ishlatish yo‘li ekstraksiyalash (ko‘p pog‘onali ekstraksiyalash);
3) bitta yoki ikkita erituvchi yordamida qarama-qarshi oqim bilan ko‘p bosqichli ekstraksiyalash (ko‘p pog‘onali ekstraksiyalash). Birinchi va ikkinchi usullar kichik hajmli ishlab chiqarishlarda hamda laboratoriya sharoitlarida qo‘llaniladi
Uzluksiz ishlaydigan ekstraktorlar
Kolonnali ekstraktorlar. Suyuqlik-suyuqlik sistemasiga mo‘ljallangan kolonnali ekstraktorlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
1) kushimcha energiya berilmaydigan qurilmalar;
2) tashkaridan kushimcha energiya beriladigan qurilmalar.
Birinchi turga sochib beruvchi, nasadkali va galvirsimon ekstraktorlar, ikkinchi turga esa rotorli, pulsatsion, vibratsion va boshka ekstraktorlar kiradi.
Sanoatda ko‘pincha g‘alvirsimon tarelkali ekstraktorlar ishlatiladi

Bunday qurilma vertikal silindrsimon qobiq 1 va quyilish qurilmalari 3 bo‘lgan g‘alvirsimon tarelkalar 2 ga ega. Kolonnaning ishlashi quyidagicha boradi. Og‘ir faza (OF) shtuser 4 orqali kolonnaga uzluksiz beriladi, yaxlit oqim bilan pastga harakat qiladi va shtuser 7 orqali tashqariga chiqadi. Yengil faza (YeF) uzluksiz ravishda shtuser 6 orqali kolonnadagi pastki tarelka 2 ning osti qismiga beriladi. Ushbu faza tarelkadagi teshiklar orqali o‘tganida mayda tomchilarga ajraladi. Tomchilar ko‘payish kuchi ta’sirida yaxlit faza ichida yuqoriga harakat qiladi va tarelka zonasiga yetganida o‘zaro qo‘shilib, suyuqlik qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam tirgovich qatlam deb yuritiladi. Bu qatlamdagi suyuqlik tarelkaning teshiklari orqali o‘tib yana tomchilar hosil qiladi. Apparatda yaxlit faza bitta tarelkadan ikkinchisiga quyilish qurilmalari 3 yordamida o‘tadi


Download 229.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling