Viruslar va bakteriyalar orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklar Sariq kasalligi


Download 19.02 Kb.
Sana23.10.2020
Hajmi19.02 Kb.
#136177
Bog'liq
1edf2doobcj3ebc


Viruslar va bakteriyalar orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklar

Sariq kasalligi - jigarda hosil boʻladigan bilirubin — oʻt pigmentining (qarang Oʻt) toʻqimalarda toʻplanishi tufayli teri, koʻz oqi va shilliq pardalarining sariq tusga kirishi. Sariq kasalligi qonda bilirubin miqdorining oshib ketishi natijasida paydo boʻladi. Kelib chiqish sabablari va hosil boʻlish mexanizmiga koʻra, Sariq kasalligi jigarda paydo boʻluvchi, mexanik va gemolitik xillarga boʻlinadi. Jigar (parenximaga oid) Sariq kasalligi jigar hujayralarining infeksion yoki toksik zaharlanishi natijasida paydo boʻlib, jigarda turli xil oʻzgarishlar keltirib chiqaradi, bilirubinni ichakka oʻtkazadi: axlat rangi oqarib, siydik toʻqlashadi. Jigar Sariq kasalligi aksariyat oʻtkir gepatit kasalligi tufayli, shuningdek, jigar hujayralarining alkogol taʼsirida zaharlanishi oqibatida kelib chiqadi. Mexanik Sariq kasalligi oʻt (safro)ning oʻt yoʻllaridan oʻta olmasligi, mas, oʻt pufagida toshlar paydo boʻlishi natijasida oʻtning ichakka oʻta olmasligi va shu tufayli oʻt yoʻllarida toʻxtalib qolgan safrodagi bilirubin toʻgʻridan toʻgʻri qonga oʻtib ketishi sababli kelib chiqadi.

Oʻlat, — odam va hayvonlarning oʻtkir yuqumli kasalligi. Odamda umumiy ahvolning ogʻirlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining koʻtarilishi, limfa bezlari, oʻpka va boshqalar aʼzolarda yalligʻlanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik tez tarqalishi va koʻplab bemorlar nobud boʻlishi tufayli Oʻ. oʻta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi. Oʻ. qadimdan maʼlum, uning epidemiyalari tez-tez uchrab turgan va koʻplab kishilarning oʻlimiga sabab boʻlgan. Oʻ. epidemiyalari tufayli ayrim hududlar butunlay boʻshab qolgan. Undan qutulish maqsadida boshqa joyga qochib ketgan odamlar yangi maskanda Oʻ. epidemiyasi tarqalishiga sabab boʻlganlar. Qoʻzgʻatuvchisi toun mikrobi — mayda tuxumsimon, harakatsiz. Tanasi yupqa parda bilan oʻralgan, u oddiy ozuqa muhitlarida, ayniqsa qon qoʻshilgan muhitlarda yaxshi oʻsadi. Ekzo va endotoksin ajratadi, tashqi muhitga va quritishga chidamli, tuproqda 7 oy, kiyimkechakda 5— 6 oygacha tirik saqlanadi. Oʻ. mikrobi organizmga teri, shilliq qavatlar, yuqori nafas yoʻllari va h.k. aʼzolardan kirishi mumkin.

Vabo (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. V. dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma (1819), Yava va Borneo o. lari, Xitoy (1820), Eron (1821), Yaponiya hamda Rossiyaga (1822) tarqaladi. 1823— 1925 y. larda Rossiyada V. epidemiyasi 55 marta qayd qilingan. Turkiston oʻlkasiga V., asosan, Afgʻoniston va Erondan oʻtgan.V. ning klassik V. va El-Tor V. si degan 2 turi bor. Shunga koʻra, V. mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik V. vibrioni va ElTor vibrioni deb ataladigan ikki xilga ajratiladi. Klassik V. vibrionini 1883 y. R Kox, El-Tor V. vibrionini esa 1906 y. Sinay ya. o. da Gotshlix topgan.

Qizilcha — oʻtkir virusli kasallik; yuqori nafas yoʻllari, koʻz va burun shilliq qavatlarining yalligʻlanishi, teriga turli toshmalar toshishi va limfa bezlarining kattalashishi bilan kechadi. Dastlab Q.ni qizamiqdan farq qilishmagan, 1881 yildan u alohida kasallik deb hisoblana boshlandi. Q.ni ruboviruslar oilasiga mansub r-nKvirusi qoʻzgʻatadi. Havotomchi yoʻli orqali yuqadi. Ayniqsa, homiladorlikning dastlabki davrlarida yuqishi xavfli hisoblanadi. Bemor yoʻtalganda, aksirganda, gaplashganda balgʻami, soʻlagi tarkibidagi virus havoga tushadi, soʻngra sogʻlom odamning nafas yoʻllari orqali uning organizmiga kiradi. Q. barcha yoshdagi kishilarda, asosan, bolalarda uchraydi. Kasallikning inkubatsion (yashirin) davri 14—21 kun. Bolalarda kasallik asosan yengil kechadi. Gavda harorati bir oz koʻtariladi, qizamiqdagiga oʻxshash toshma toshadi, kattaroq yoshdagi bolalarda boʻyin va quloq sohasidagi limfa bezlari kattalashadi, boʻgʻimlar ogʻrishi mumkin. Baʼzan ensefalit va trombotsitopeniya rivojlanadi. Koʻpincha Q. klinik alomatlarsiz kechadi, lekin bunda atrofdagilarga yuqish xavfi saqlanib qoladi. Virus homilador ayolga yuqqanida — tugʻiladigan bola tugʻma yurak porogi, koʻr, kar, mittibosh, aqli zaif holda tugʻilishi mumkin — bu xastaliklar majmui "tugʻma qizilcha sindromi" deb nomlanadi, ular tugʻma nogiron hisoblanadi.

Kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiya

Tozalik-ko‘plab yuqumli kasalliklarning, jumladan, ichak kasalliklari,

teri, ko‘z, o‘pka va qolaversa butun tana kasalliklarining oldini olishda

juda muhimdir. Bunda ham shaxsiy gigiyena, ham umumiy gigyiena

ahamiyatlidir.


  • UYNI OZODA TUTISH

  • SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARIGA RIOYA QILISH

  • OVQATLANISHDA TOZALIKNING AHAMIYATI

  • TO‘G‘RI OVQATLANISH

Bajardi:Normurodova Mohina



Tekshirdi:Hoshimova Rohila Hakimboyevna
Download 19.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling