6 mavzu. Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari. Reja
MAVZU: GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI
Download 79.95 Kb.
|
6-7-8-9-10
10 MAVZU: GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI.
REJA: Globallashuv hodisasi va globalistika. Global jarayonlarning shakllanish tarixi. 2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. Bashoratning turlari va metodlari Globallashuv haqida nazariyalar: iqtisodiyot fani nazariyotchilarining diqqat e’tibori asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsiyalarning shakllanishi iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jahon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalar tahliliga qaratilgan. Tarixiy asarlarda esa bu jarayon kapitalizmning ko’pasrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyosatshunoslar transmilliylashuv jarayoning tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liklikning kuchayishi, BMT va boshqa halqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishi har tomonlama chuqur tadqiq etmoqda. Sotsiologiya sohasi mutaxasislari madaniyatning universallashuvi ta’sirida turli mamlakat va mintaqa halqlari turmush tarzining yaqinlashuvi va bir xillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Faylasuflar esa Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda umumdunyoviy hukumat haqidagi g’oyasiga tayanib, turli millat va halqlar qadriyatlarining uyg’unlashuvini asoslashga intilmoqda. Ma’lum bo’ladiki, globallashuv jarayonining yagona ta’rifi ham, uning mazmun-mohiyatini aks ettiradigan yaxlit konsepsiya ham yaratilmagan. Shunday bo’lsada, mazkur jarayonning eng umumiy jihatlari, bizningcha, quyidagilardan iboratL: Birinchidan, XX asr ikkinchi yarmiga xos asosiy tehnologiya – yadro qurolini ishlab chiqarish bilan bog’liq edi. Global davr tehnologiyalari esa televidenie, reaktiv samolyot, kosmik yo’ldosh, komp’yuter, uyali telefon, Internet kabi aloq avositalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, insoniyatning globallashuv davriga qadam qo’ygani kommunistik g’oya, mafkura va siyosatning tanazzuli va shuning natijasida liberal – demokratik qadriyatlar g’alabasini anglatadi. Ammo bu qadriyatlar jahonning ko’pgina mamlakatlarida qaror topayotgan bo’lsada, ularning shakl shamoyili va mohiyati ba’zan haqiqiy demokratik g’oya hamda tamoyillaridan farq qilayotgani ham sir emas. Hozirgi paytda insoniyatga xavf solib turgan umumbashariy muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va halqlarning ishtirokisiz echish mumkin bo’lmagan muammolar tushuniladi. Bunday muammolar quyidagilardir: termoyadro urushi xavfining oldini olish va qurollanishni bartaraf etish; jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning o’sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish; iqtisodiy qoloqlikni tugatish; yer yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish; tabiiy boyliklardan oqilona va komplneks yondashgan holda foydalanish; insoniyatning baxt-saodati yo’lida fan-tehnika yutuqlaridan foydalanish uchun halqaro hamkorlikni yanada faollashtirish(eng xavfli kasalliklarga qarshi kurash, koinotni o’zlashtirish); -dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq foydalanish; ozon qatlami yo’qolishi xavfining oldini olish va h.k.; insoniyat va uning kelajagi to’g’risidagi o’zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez sur`atlar bilan o’zgarayotgan sun`iy va tabiiy muhitga moslashish jarayonini ilmiy tahlil qilish. Jahon sivilizatciyasi deganda Sharq va G’arb sivilizasiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizasiyalarning yahlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo’lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha umumiy ma`noda, zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo’lgan yer yuzidagi hayot, tarxhning hamma davrlarida mavjud bo’lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bog’liq jarayonlar majmuasini o’zida aks ettiradi. Har bir xalq, millat o’zining betakror, noyob xususiyatlarini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyatiga qo’shilib boradi. Bunday qo’shilish ko’p qirrali, rang-barang bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi. Davrimizda ijtimoiy taraqqiyotga sivilizasion yondashuv, sivilizasiyalarning yondashuv mexanizmi va ularning tasnifi, sivilizasiya va madaniyat, qadriyatlar masalalarini ham yangicha talqin etishni talab etadi. Unda Sharq, jumladan O’zbekiston turli sivilizasiyalar beshigi ekanligi masalalarini o’rganishni ham davr talab etmoqda. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi uning umumsayyoraviy taraqqiyotda O’zbekistonning o’rni, «o’zbek modeli»ning ahamiyati, yangi davlatchilik tizimining vujudga kelishi, iqtisodiy sohadagi tarkibiy o’zgarishlar, jamiyatni erkinlashtirish masalalarini tahlil etish dolzarb muammolardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlanishi strategik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini amaliy ro‘yobga chiqarishning boshlang‘ich mexanizmi bo‘ldi. Dastlabki sarhisoblar davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlarining Davlat dasturini samarali amalga oshirishga qaratilgan kuchlari, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va xalqaro ekspertlarni faol jalb qilgan holda chinakam jipslashganligini ko‘rsatdi. Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi. Sud-huquq tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan ma’muriy sudlar tashkil etildi. Ichki ishlar organlari tizimi isloh qilinib, ularning asosiy faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga — “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ga yo‘naltirildi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida soliq tizimi isloh qilindi, halol soliq to‘lovchilar — xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq ta’tillari berilishi nazarda tutildi. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 13 339 ta loyiha amalga oshirildi, 2,1 trln. so‘m kredit o‘zlashtirildi, 10 ta erkin iqtisodiy zona, 5 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi, “Peugeot” va “Citroyon” brendi bilan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha zavod barpo etilmoqda. Ijtimoiy sohada faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming km. avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017 — 2020-yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda, uning doirasida 50 286 ta xonadondan iborat 1 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mo‘ljallangan. Millatlararo totuvlikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Yevropa Ittifoqi va 21 ta xorijiy mamlakat bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya va moliyaviy-texnik sohalarda 22 ta “yo‘l xarita”lari tasdiqlandi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning borishi haqida aholi, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilish ishlari amalga oshirildi. Joylarda 6 mingga yaqin uchrashuvlar, ommaviy axborot vositalarida teleko‘rsatuv va chiqishlar tashkil etildi. Shu bilan birga, navbatdagi islohotlarni sifatli va oldindan rejalashtirish uchun 2017yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalarni chuqur o‘rganish va puxta tahlil qilish zarur. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijalari haqida aholi va jamoatchilikni keng xabardor qilish, shuningdek, 2017-yilda mamlakatni rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish va 2018-yilda navbatdagi islohotlarni rejalashtirish bo‘yicha choratadbirlarni tashkil etish maqsadida: Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tomonidan barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijodiy va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, keksa avlod ayollar va yoshlarning faol ishtirokida amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasining dastlabki yakunlari o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda: 2017-yilning avgust-sentyabr oylari davomida statistik va boshqa ma’lumotlarni yig‘ish, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni va barcha darajadagi davlat organlari faoliyatining natijalarini o‘rganish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doira vakillari va xorijiy mutaxassislarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, “davra suhbatlari”, so‘rovlar, ekspert va jamoatchilik muhokamalari o‘tkazish orqali Harakatlar strategiyasini amalga oshirish yakunlari tizimli tahlil qilinishini; 2017-yil 1-dekabrga qadar muddatda mamlakatni rivojlantirish yakunlarini hisobga olgan holda “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi” axborottahliliy sharhi nashr etilishi va tarqatilishini; Harakatlar strategiyasini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan dolzarb takliflarning tayyorlanishi, yig‘ilishi va umumlashtirilishini, ularning 2017-yil 10-noyabrga qadar muddatda Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritilishini ta’minlasin. Belgilansinki, Harakatlar strategiyasini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflar faqat keng jamoatchilik bilan dastlabki muhokama qilingandan keyin ko‘rib chiqiladi. Vazirlar Mahkamasi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar bilan birgalikda ushbu farmoyishning ikkinchi bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi choralarni ko‘rsin: xorijiy va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi” axborot-tahliliy sharhini tarqatish, shuningdek, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyani xabardor qilish uchun ularning fikrlarini keyinchalik yig‘ish; Harakatlar strategiyasini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflarni tayyorlash jarayonida, zarurat bo‘lganda xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalarga ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tegishli tajribasini o‘rganishni tashkil etishda ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalarning asoslantirilgan takliflari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan mazkur farmoyish ijrosi bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratsin. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar a’zolari mazkur farmoyishda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar rahbarlari zimmasiga yuklansin. Bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo’lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko’rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud bo’lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o’z gnoseologik tabiatiga ko’ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o’tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo’lmagan hozirgi davrga qarab mo’ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko’ra bashoratning turlarini farqlash mumkin: Mifologik bashorat; kundalik bashorat ;astrologik bashorat; intuitiv bashorat; ilmiy bashorat. Mifologik bashorat arxaik ong darajasidagi (eng qadimgi) bashorat turlaridan biri bo’lib, unda voqelar obrazlarning harakatlarida ifodalanadi. Masalan olimlar Mayya qabilalarining “Drezden qo’lyozmalari”da 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni deb belgilanganligi aniqladilar. Xususan, qo’lyozmalarda to’p o’ynayotgan navkarlar, baland tepalikda to’p tushishi mumkin bo’lgan doira hamda boshi tanasidan judo qilingan navkar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha to’p Quyosh ramzi,balandlikdagi doira Somon yo’li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to’pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to’pni kirita olmagan navkarnnig boshi olingan. Olimlar to’pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi deb tahlil qilmoqda. SHuningdek, Mayya qabilalari qo’lyozmalarida dunyoviy suv toshqini ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to’fonlari va shu kabi boshqa tabiiy ofatlarda namoyon bo’lmoqda. SHu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin deb ayyo hannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni yaqin kelajakda nima kutmoqda. Bu savolga inson o’z faoliyati maqsadi va natijalariga ko’ra javob berishi lozim. Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik bashoratlarga xalqda mashhur bo’lgan ob-havo alomatlari misol bo’lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo’lsa, yomg’irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo’lsa, demak kunduzi havo ochiq bo’ladi; SHarqdan shamol essa, tez orada yomg’irlar tugaydi. Astrologik bashoratosmon jismlarining harakati, Oy va Quyosh tutilishi sikllarini kuzatishga asoslanadi. Astrologik bashorat o’rta asrlarda keng tarqalgan bo’lsada keyinchalik unga munosabat o’zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik bashoratlarning asosli ekanligini tan olmoqda. Intuitiv bashorat ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita yetishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o’rganilmagan va ko’pincha unga yetarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma’lum. Masalan, to’rt yuz yil oldin yashagan frantsuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko’rilmagan bashoratgo’ylik qobiliyatiga ega bo’lgan. O’zining mashhur «TSenturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki frantsuz va rus inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo’lishini ham bashorat qilgan. O’z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoir Aleksandr Pushkinga uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko’p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark yetish ehtimolini bashorat qilgan. Afsuski, bu bashorat to’la ro’yobga chiqqan. Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan. U o’z qishlog’i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal bo’lmagan. Hammaga o’zining o’limi yaqinligini e’lon qilgan, o’zi o’ziga qabr qazgan, o’z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o’z asarlarini qo’ygan va vafot etgan. XX asr oxiri XXI asr boshlarida dunyo tan olgan va e’tirof etgan bashoratchilar Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar bo’lib, ular 1989 yildayoq 1991 yilda SSSR parchalanishini, o’sha davrda hukumatni boshqarayotgan V. Gorbachevning taxtdan ag’darilishini va Mustaqil hamdo’stlik mamlakatlari tashkil etilib, jamiyat hayotida Yangi davr boshlanishini bashorat qilganlar. Ilmiy bashoratning ayrim elementlari qadimgi dunyodayoq mavjud bo’lgan. Masalan, faylasuf Fales (miloddan avvalgi 640-562 yillar) miloddan avvalgi 585 yilda quyosh tutilishini bashorat qilgani ma’lum. Ammo bashorat haqidagi dastlabki bilimlar XV-XVII asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi bilan bir vaqtda ilmiy tizimga solina boshlagan. Bu jarayon XX asrning 60-yillarida ancha yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan. Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqaro tashkilotlar shug’ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti, REND va Kelajak uchun resurslar korporatsiyalari, CHikago va Kaliforniya universitetlari (AQSH); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya, Gollandiyadagi futurologiya institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahon futurologlar jamiyati, Kelajak dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkiloti tuzilgan. Bu futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» kompaniyasining vitse-prezidenti, FIAT kompaniyasi ma’muriy kengashining a’zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Klub Jenevadagi maxsus reestrda shtat va budjetga ega bo’lmagan, a’zolari soni cheklangan tashkilot sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahonning 47 mamlakatida yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davrida insoniyat rivojlanishining istiqbollarini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan yuzdan ortiq fan va madaniyat arboblari a’zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi davrning olamshumul muammolarini o’rganishni tashkil yetishdan iborat. Prognoz qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv asoslarga ega. Prognoz qilishning ob’ektiv asosi o’tmish, hozirgi zamon va kelajakning qonuniy aloqasi bilan belgilanadi.Bashorat qilishning sub’ektiv asosi inson tafakkurining o’tmishdan hozirgi zamon orqali kelajakka eltuvchi qonuniy tendentsiyalarini aniqlash va qayd yetish asosida kelajakni oldindan aytish imkoniyatida zohirdir. Kelajakni oldindan aytish bo’lg’usi voqealar haqida xulosalar chiqarish qobiliyati ko’rinishini kasb etgan. Prognoz qilishning ob’ektiv va sub’ektiv asoslarini aniqlash uni ba’zan bashorat bilan bog’lanadigan soxta bashoratgo’yliklardan farqlash imkonini beradi. Odatda, soxta bashoratgo’yliklar ob’ektiv jarayonlarni o’rganishga emas, balki sub’ektivistik o’zboshimchalikka, ya’ni ko’ngliga kelgan fikrni ilgari surishga asoslanadi. Ijtimoiy prognoz qilish mavjud nazariyalar bilan uzviy bog’liq, ulardan kelib chiqadi. Ma’lumki, har qanday nazariya uch funksiyani: sintez qilish, tushuntirish va prognoz qilishni bajaradi. ya’ni nazariya u yoki bu sohada mavjud holatni tushuntiradi va uning rivojlanish tendentsiyasini bashorat qiladi. Binobarin, ilmiy prognoz qilish nazariyadan boshlanadi. Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega: bashorat muammosini aniqlash; gipotezani ilgari surish; prognoz qilish (bashoratning umumiy muammosi doirasida ayrim vazifalarni yechish uchun prognozlarni ilgari surish); ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish; prognozlarning haqqoniyligi, ishonchliligini asoslash va ularni imkoniyat darajasida amaliyot sinovidan o’tkazish yo’li bilan tasdiqlash. Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda tutadi. Kelajak haqidagi bilimlar hozirgi davrdan uzoqlashishiga qarab o’zining muayyanlik va aniqlik xossalarini yo’qotib, umumiyroq va nomuayyanroq tus olib borgani bois, bevosita, ko’zga ko’rinadigan va uzoq kelajak haqida so’z yuritilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Bevosita kelajakning vaqtdagi chegarasi 30 yildan oshmaydi. Ilmiy kashfiyot yaratilganidan u amalda gavdalantirilgunga qadar taxminan 20 yil vaqt o’tadi. SHunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz yillikning 40-yillaridagi texnologik darajasi haqida ishonch bilan hukm chiqarish mumkin. Joriy yuz yillikning kattagina qismini qamrab oluvchi ko’zga ko’rinadigan kelajakka kelsak, bizning u haqdagi bilimlarimiz, ta’bir joiz bo’lsa, haqiqatnamo xususiyat kasb etadi va ularga ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Jahon aholisi sonining jadal sur’atlarda o’sishi XXI asrning ikkinchi yarmida to’xtashini, 2100 yilga borib u taxminan 10-12,5 mlrd. kishiga yetishini kutish mumkin. Keyingi yuz yillik chegarasi ortida yotgan uzoq kelajak xususida real imkoniyatlarga ega bo’lmagan turli gipotetik farazlarga muvofiq hukm chiqarish mumkin. Ammo bu farazlar tarixiy muddatlar va ularning hayotda gavdalanish shakllari nuqtayi nazaridan muayyan taxminiy baholar bo’lishi ham mumkin emas. Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar olish jarayoni. Bu metodlar prognoz tuzish maqsadida empirik axborotni tanlash va tahlil qilish usullari va amallari yig’indisidan iborat. Prognoz qilishning ilmiy vositalari to’plami kelajakni bilishning 200 dan ortiq metodlari, maxsus metodikalari va mantiqiy vositalarini o’z ichiga oladi. Ammo ularni besh asosiy guruhga birlashtirish mumkin (qolganlari ularning variantlari hisoblanadi). Prognozlashtirishning metodlari: Ekstrapolyatsiya metodlari. Tarixiy analogiya. Modellashtirish. Ekspertiza usulida baholash. Kelajak stsenariylari. Ekstrapolyatsiya metodlari - qonuniyatlari o’tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo’lgan tendentsiyalarni kelajakka tatbiq yetishga asoslanadi.Masalan, biron-bir tizimga o’tmishda muayyan o’zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo’lgan bo’lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham muayyan zamon oralig’ida o’zgarishsiz qoladi deb hisoblash uchun asoslar bor. Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo’li bilan kelajakni bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar o’rtasida farq ham, o’xshashlik ham mavjud bo’lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo’luvchi omillar taqqoslanishi lozim bo’lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo’lishi lozim. Tarixiy analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo’ldosh. Tarixiy analogiya ko’proq tarixiy faktni faol tanqidiy tahlil qilishga ko’maklashadi. Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so’ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning mumkin bo’lgan eng maqbul echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo’yicha ekspertlar umumiy bir to’xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni yechish vositasi va prognoz qilish usuli, ayniqsa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bir nechta vaziyatni ko’rib chiqishga ehtiyoj tug’ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, hatto «g’alati» g’oyalar ilgari suriladi; bu g’oyalar rivojlantiriladi, o’z g’oyalarini taklif qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi Yunonistonning mashhur orakuli ismi bilan atalgan). U ekspertlar o’rtasida so’rov o’tkazishga asoslangan. Bunda oldinmaketin so’rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o’laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza usulida baholashning yana bir o’ziga xos metodi – sotsiologik so’rov mavjud bo’lib, u so’nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo’llanilmoqda. Kelajak stsenariylari – bu kuzatilayotgan tendentsiyaning ehtimol tutilgan kelajagi haqidagi u yoki bu taxminni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig’indisi. Stsenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo’l bilan bosqichmabosqich amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan rivojiga yo’l qo’ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o’tish uchun voqealarning ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini aniqlaydi. Download 79.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling