Marginal naflilik qonuni nima?
Nafliligi yuqori tovarlarga talab oshsa, nafliligi past tovarlarga talab kamayadi. Binobarin, ishlab chiqarishda nafliligi yuqori tovarlarni yaratish foydani ko‘p olishga, nafliligi past tovarlarni taklif etish foydani kamayishiga va hatto zarar ko‘rishga olib keladi.
Sizning fikringizcha ishlab chiqarish iste’molga bo‘ysunadimi yoki iste’mol ishlab chiqarishga bo‘ysunadimi?
Nafliligi yuqori tovarlarga talab oshsa, nafliligi past tovarlarga talab kamayadi. Binobarin, ishlab chiqarishda nafliligi yuqori tovarlarni yaratish foydani ko‘p olishga, nafliligi past tovarlarni taklif etish foydani kamayishiga va hatto zarar ko‘rishga olib keladi.
Marginal naflilik qonuni ham ishlab chiqarishni iste’molga bo‘ysundiradi. Bozor to‘yingan sari qo‘shimcha sotiladigan tovarning xaridor uchun nafliligining pasayishiga moyil bo‘lishi bozor suyadigan tovarlarni yangidan ishlab chiqarishga undaydi.
Ekologiyaning biznesga aloqasi bormi?
Ekologlarning atrof-muxit muhofazasidan manfaatdorligi hamda yirik korporatsiyalarning u yoki bu ekologik loyihalardan noroziliklari bor.
Biroq xozirgi vaqtda u ham, boshqasi ham teskari jihatlarga ega bo‘lishi va raqobatchilik kurashida foydalanilishi mumkin.
Biznesning ekologiyaga ta’siri bormi?
Istalgan biznes-tuzilma atrof-muxit bilan u yoki bu darajada o‘zaro ta’sirlashadi. Bunday o‘zaro ta’sir xam ijobiy, xam salbiy bo‘lishi mumkin. Ikkinchisi, afsuski, ko‘p uchraydi.
Shu sababli har qanday biznes birliklarda atrof-muxit bilan o‘zaro ta’sirning ma’lum tamoyillarini shakllantirish zarur bo‘lib, ekologik jixatlar uning uzviy qismi bo‘lishi zarur.
Tabiatni muhofaza qilish ishlariga umumiy rahbarlik kimga yuklatilgan?
Tabiatni muhofaza qilish ishlariga umumiy rahbarlik Vazirlar Mahkamasiga yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |