Ihtirolar, kashfiyotlar umuman innovatsiyaning biznesga aloqasi nimalardan iborat?
Ilmiy-texnik taraqqiyotning asosi bo‘lib tashkilotning har xil sohalarida qo‘llaniladigan va innovatsiyalarni yaratilishiga sabab bo‘ladigan ixtirolar va kashfiyotlar xizmat qiladi.
Amaliy qo‘llanilishidan so‘ng ixtirolar innovatsiyalarga aylandi. Ular jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarining faol bo‘g‘ini hisoblanmoqda.
Zamonaviy makonni bunday o‘zgarishlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. “Innovatsiya” tushunchasi deyarli barcha sohalarda qo‘llaniladi, uy sharoitida ham, professional darajada ham, shu jumladan davlat rahbarlari va xalqaro tashkilotlar darajasida ham dolzarb mavzu hisoblanadi.
Innovatsion rivojlanish yo‘lini tanlagan korxonalar raqobatbardosh bo‘lib, bozorda yetakchi kompaniyalarga aylanadilar.
Innovatsiya bozorini yaratishda raqobatning roli nimalardan iborat?
Raqobat nafaqat hissa qo‘shib kelmoqda, balki korxonalarni quyidagi yo‘nalishlarda innovatsiya bozorini yaratish va rivojlantirishda ishtirok etishga majbur qilmoqda:
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun o‘z ilmiy-tajriba bazasini yaratish va takomillashtirish;
- boshqa tashkilotlar bilan birgalikda qo‘shma tadqiqotlarni tashkil etish;
- ta’lim va boshqa muassasalar uchun turli xil ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga olingan buyurtmalarni bajarish.
19. Korporativ boshqaruv atamasi qachon paydo bo‘lgan?
Korporativ boshqaruv atamasining o‘zi tarixan 1970-yillarning o‘rtalarida AQShda yuzaga kelgan.
Korporativ boshqaruv alohida fan sifatida qachon paydo bo‘lgan?
Korporativ boshqaruv alohida fan sifatida 1980-yillarda yuzaga kelgan.
Korporativ boshqaruv nomli birinchi kitob qachon chop etilgan?
Korporativ boshqaruv nomli birinchi kitob 1984 yilda chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |