Korporativ boshqaruv nima?
Kompaniyalarni tashkil etish, boshqarish va samarali o‘zaro faoliyat yuritish asosida yotgan huquqiy konsepsiyalar va tartibotlarning umumiy nomlanishi ―korporativ boshqaruv nomini olgan.
Iqtisodiy nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv nima?
Iqtisodiy nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv – foydani maksimallashtirish, investitsiya jalb qilish, biznes qiymatini oshirish orqali barqaror iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadida korporatsiyani samarali boshqarish va faoliyatini nazorat qilishning muayyan tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarini amalga oshirish jarayonidir.
Moliyaviy nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv nima?
Moliyaviy nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv – kapital ta’minotchilarini (investorlar, aksiyadorlar) korporatsiyaga ko‘ygan pul mablag‘larining qaytimini ishonchli kafolatlash va ta’minlash hamda ular manfaatlarini inobatga olgan holda korporatsiya moliyaviy resurslarning oqilona ishlatilishi va adolatli taqsimlanishini nazorat qilish borasida yagona qarorga kelish vositasidir.
Huquqiy nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv nima?
Huquqiy nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv – korporatsiya aksiyadorlari, ko‘zatuv kengashi (direktorlar kengashi), menejerlari hamda boshqa manfaatdor shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlar doirasida o‘rnatilgan ichki normalar, qoidalar va standartlar tizimiga qat’iy rioya qilishni, shuningdek aksiyadorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan institutdir.
Siyosiy nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv nima?
Siyosiy nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv – korporatsiya boshqaruv organlarining, u faoliyat yuritayotgan davlatning siyosiy va strategik maqsadlarini amalga oshirishga imkon beradigan, shuningdek davlat, shu jumladan mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlar bilan o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar strategiyasi va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashni ko‘zda tutadigan ongli va bevosita harakatlar majmui
Sotsiologik nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv nima?
Sotsiologik nuqtai nazardan: korporativ boshqaruv – korporatsiya mulkdorlari (aksiyadorlari), boshqaruv organlari va boshqa manfaatdor guruhlar o‘rtasida jamiyatning ijtimoiy maqsadlariga erishish, shuningdeq korporativ ijtimoiy mas’uliyat doirasida korporatsiya manfaatlarini butun jamiyat manfaatlariga muvofiqligini ta’minlash borasidagi o‘zaro munosabatlari tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |