6-mavzu. Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish 1-topshiriq Muhokama uchun savollar
Download 18.06 Kb.
|
Божхона назорати амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyat yuzasidan savollar
- 7- topshiriq
6- topshiriq
Jismoniy shaxm avtoyoʼl bojxona chegaralari oʼtish punktlari orqali umumiy qiymati 300 AQSh dollari miqdoridagi summada 1 ta televizor va 1 ta changyutkich bilan “Qizil” yoʼlakdan oʼtib kelayotganida bojxonachilar tomonidan nazorat oʼtkazildi va dalolatnoma rasmiylashtirilmadi. Vaziyat yuzasidan savollar: 1. Bu holatga huquqiy baho bering. 2. Jismoniy shaxslar tomonidan avtoyoʼl bojxona chegaralari oʼtish punktlari tovar olib kirishda tovarlarning summasi boʼyicha chegara qoʼyilganmi? 3. Jismoniy shaxslar tomonidan avtoyoʼl bojxona chegaralari oʼtish punktlari tovar olib kirishda tovarlarning turlari boʼyicha chegara qoʼyilganmi? 4. Jismoniy shaxslar avtoyoʼl bojxona chegaralari oʼtish punktlari orqali tovar olib kirishda muddatlari ham hisobga olinadimi? 5. Jismoniy shaxs bu holatda “Qizil” yoʼlakdan oʼtishi toʼgʼrimi? 6. Bojxonachilar tomonidan qonunbuzilish holati aniqlanmaganligi toʼgʼrimi? 7- topshiriq “Sirdaryo” chegara bojxona postida fuqaro X.D.ning avtomobilida Madaniyat vazirligining tegishli ruxsatnomasi boʼlmagan, 32 dona turli koʼrinishdagi haykallar, 1 dona ikona, 1 dona xoch, 12 dona koʼza hamda 1 dona vazalar borligi aniqlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasi xulosasiga koʼra, ushbu madaniy boyliklar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Xitoy davlati hamda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Gʼarbiy Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligi va qiymati 2 milliard soʼmdan ortiqni tashkil etishi maʼlum boʼldi. Vaziyat yuzasidan savollar: 1.Bunday sharoitda bojxona ishiga oid huqubuzarlik sodir etilgan deb hisoblaysizmi? 2.Qonunchilikka muvofiq madaniy boyliklar qanday tartibda mamlakatdan olib chiqishi va olib kirilishi belgilangan? 3.Qanday madaniy boyliklarni olib chiqishga maxsus ruhsatnoma talab etiladi? 4.Qanday madaniy boyliklar uchun olib ketishga ruxsat talab etilmaydi? Ular uchun qanday tartib joriy etilgan? 5. Sizning fikringizcha yuqoridagi tartibni joriy etishdan maqsad nima? Download 18.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling