6-mavzu: Boshlang’ich ta’limda integratsion darslar
Download 30.66 Kb.
|
6-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integratsion dars tushunchasi.
6-mavzu: Boshlang’ich ta’limda integratsion darslar Reja: Integratsion dars tushunchasi Integratsion darslar turlari Integratsion darslarning samaradorlik xususiyatlari *** Tayanch tushunchalari: ta’lim, integratsiya, tushuncha, didaktika, o’qitish, dars, bilim, ko’nikma, o’qituvchi, boshlang’ich, sinf, samara. *** Integratsion dars tushunchasi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasida ta’limning yanada samarali yo’llarini topish jarayoni kechmoqda. Pedagogik integratsiya ana shunday yo’llardan biri bo’lib, uning asoslaridan biri integratsion darslardir. Integratsion dars – bu mavzularni va mashg’ulotlarni hamkorlikda, mutaxassislar ishtirokida va o’quvchilar faolligida o’tish jarayonidir. Integratsion darslarning maqsad – muddaosi quyidagilarga qaratiladi: a) o’quvchilarning aqliy va emotsional qobiliyatlarini mutaxassislar ishtirokida rivojlantirish (misol uchun, bu borada maktab psixologining ishtiroki muhim hisoblanadi); b) o’quvchilarning irodasini rivojlantirish va ularni stesslardan muhofaza qilish (misol uchun, bu borada maktab shifokorining yordami ahamiyatli hisoblanadi); v) o’quvchilarning o’ziga ishonchini rivojlantirish (misol uchun, bu borada maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisining yordami muhimdir); g) o’quvchilarning individual xarakterini rivojlantirish (misol uchun, bu borada maktab ona tili va adabiyot o’qituvchisining yordami ahamiyatga ega). E’tibor berilsa integratsion darslar o’z kasbining ustalari va mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Misol uchun, boshlang’ich sinf Matematika fanini o’qitishda maktab matematika fani o’qituvchilarining va ilmiy matematik olimlarning o’zaro hamkorligiga asoslanish kutilgan samarani beradi. SHu sababli integratsion darslarni tashkil qilishda maxsus tayyorgarlik ko’riladi. Bunday darslar har bir o’quv fanining 10-15 foiz mavzularini qamrab olishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki integratsion darslar vositasida o’quvchilarga ko’p ma’lumotlar va tushunchalar berish imkoniyati mavjud. Integratsion darslarning didaktik asoslari quyidagilardan iborat: darsda aniq muammoni qo’yish va dars oxirida muammoning yechimiga erishish; darsda har bir berilayotgan bilim va tushunchalarning ta’rifi hamda misollari keltiriladi; yangi mavzuni tushuntirishda imkon qadar mutaxassis yordamiga tayaniladi; dars davomida o’quvchilarning o’zlashtirish jarayoni savollar berish bilan tekshirib boriladi; darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarning bilimi va tushunchasi darhol baholanadi; dars yakunida beriladigan uy vazifalarini katta yoshlilar bilan hamkorlikda yechish nazarda tutiladi. Bunday didaktik asoslarga ega bo’lgan mashg’ulotlar integratsion dars deb yuritiladi. Bu tipdagi darslarda muayyan mavzu bo’yicha o’quvchilarga keng tushunchalar, bilimlar va ko’nikmalar berish nazarda tutiladi. SHu sababli boshlang’ich sinf o’qituvchisi tomonidan integratsion darslarda o’tilishi lozim bo’lgan mavzular tanlanadi. Download 30.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling