8-mavzu: Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari


Download 298.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana21.04.2023
Hajmi298.23 Kb.
#1374375
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
umumiy pedagogika 8



8-mavzu:Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari 
Reja: 
1.Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari. 
2.Darsning turlari va tuzilishi.
3.Nostandart darslar. 
4. Ta’limni tashkil etish shakllari. 
Tayanch tushunchalar:sinf dars tizimi,nostandart darslar,ta’lim turlari,ta’limni 
tashkil etish shakllari 
I.Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari 
Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari. Didaktik g‘oyalar 
(tizimlar) tarixiy taraqqiyot jarayonida yangi g‘oyalar bilan boyib davr talabiga mos 
keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlar ta’lim turlarini tavsiflash imkonini 
beradi.
Ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumi davrlarida insoniyat taraqqiyoti davomida 
orttirilgan hayotiy tajribalar amaliy harakatlar yordamida yosh avlodga uzatib 
borilgan bo‘lsa, keyinchalik ular aniq belgilangan joy va ayrim toifa kishilar 
tomonidan maxsus o‘qitila boshlandi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra 
o‘qitish mazmun-mohiyati, tuzilishi va maqsadiga ko‘ra turli ko‘rinish va shakllarda 
tashkil etib kelingan.
O‘qitishning ilk maxsus turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (er. av. 469-399 
yillar) tomonidan tashkil etilgan savollarga javob topishdan iborat o‘qitish 
hisoblanadi. O‘qitishning bu turi suqrotcha suhbat deb ataladi. Faylasuf (o‘sha 
davrda bolalarni o‘qitish faylasuflar tomonidan olib borilgan) bolalarda qiziqish
bilish bo‘lgan intilishni yuzaga keltiuvchi savollardan foydalangan. Bolalar faylasuf 
rahbarligida mulohaza yuritish orqali voqea-hodisalarning mohiyatini idrok 
etishgan. Ritorik savollarni muhokama qilish, odatda faylasufning mulohazasi bilan 
to‘ldirish bilan yakunlangan. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha o`quvchilar 
ishtirokida tashkil etiladi. 
Dogmatik o‘qitish (bilimlarni yodlash va takrorlash) jamoa asosida idrok etish 
faoliyatining ilk turi bo‘lib, o‘rta asrlarda keng tarqalgan. O‘rta asrlarda G‘arbiy 
Yevropada dogmatik o‘qitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab 
tili yetakchi o‘rin tutgan. Bolalar ta’lim (muqaddas kitobni o‘qib talqin qilish
o‘qish, yozish va hisoblash)ni boshlang‘ich maktablarda olganlar. Dogmatik 
o‘qitishda o`quvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash, o‘qish, yod olish, eslab qolish 
va matnni so‘zma-so‘z takrorlashdan iborat bo‘lgan. 

Download 298.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling