8-mavzu: Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan
Download 298.23 Kb. Pdf ko'rish
|
umumiy pedagogika 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy darslarning asosiy turlari
Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan
o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi Asosiy turlari 1) aralash darslar; 2) yangi ma’lumotlarni berish darslari; 3) bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari; 4) o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari; 5) malaka va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari; 6) bilimlarni tekshirish va tahlil qilish darslari; Zamonaviy darslarning asosiy turlari yordamida yangi bilimlarini mustahkamlash; avval o‘rganilgan bilimlarni suhbat ko‘rinishida takrorlash; o`quvchilarning bilimlarini baholash; uyga vazifa berish. Yangi bilimlarni o‘rganish (o`quvchilarni yangi materiallar bilan tanishtirish) darsi o`quvchilarni ularga tanish bo‘lmagan yangi material mazmuni bilan tanishtirish jarayoni bo‘lib, bunday dars bir nechta savollarni o‘z ichiga oladi, ularni o‘rganish uchun ko‘p vaqt talab qiladi. O‘qituvchi darsning mazmuni, aniq maqsadi va mustaqil ish shakllariga ko‘ra yangi matyerialni o‘zi bayon etadi. Ayrim hollarda o`quvchilar o‘qituvchi rahbarligida mustaqil faoliyat olib boradilar. Ushbu dars quyidagi tuzilishga ega: 1) yangi materialni o‘rganish uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash; 2) o‘qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi; 3) bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash; 4) uyga vazifa berish. Bilimlarni mustahkamlash darslarida o`quv ishining asosiy mazmuni ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi. O`quvchilar bilimlarni yangi manbalar bo‘yicha o‘rganib, chuqurlashtiradilar, o‘zlariga tanish qoidaga muvofiq yangi mazmundagi masalalarni yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og‘zaki va yozma takrorlaydilar. Bu kabi darslar quyidagi tuzilmaga ega bo‘ladi: 1) uy vazifasini tekshirish; 2) og‘zaki va yozma mashqlarni bajarish; 3) topshiriq bajarilishini tekshirish; 4) uyga vazifa berish. Ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog‘liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o‘rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o‘qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo‘llanilishini o`quvchilarning o‘zlari belgilaydilar. Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o‘tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o`quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to‘ldiriladigan va o‘rganilayotgan kursning muhim g‘oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo‘lim va o`quv kurslarining yakunida o‘tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o‘zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o‘qib berish yoki o‘qituvchining o`quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o‘tkazilishi mumkin. Tekshirish (nazorat) darslari o‘qituvchiga o`quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi, o`quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o`quvchidan ushbu mavzu bo‘yicha uning hamma bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashini talab etadi. Tekshirish og‘zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin. Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy, tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi. Darsning ta’limiy vazifasi har bir darsning ta’lim vazifalarini belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish, dars mazmunini optimallashtirish, idrok etishning ilg‘or texnologiyalarini kiritish, turli shakl, metod va vositalaridan o‘rinli foydalanish, dars tuzilishiga ijodiy yondashish, ta’lim berishda jamoaviy, guruhli va individual shakllarini qo‘llash, operativ qayta aloqani ta’minlash, nazorat va boshqaruvni tashkil etish, darsning samarali kechishini ta’minlashdan iborat. Darsga qo‘yiladigan talablarning tarbiyaviy xarakterini o`quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, ta’limiy faoliyat jarayonida erishish zarur bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish (qo‘yish), o`quv ishlari maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, tarbiyaviy masalalarni belgilash, o`quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, qobiliyatlilik, halollik, mehnatsevarlik, tirishqoqlik va boshqalar)ni shakllantirish, o`quvchilarga pedagogik talablarni qo‘yish, ular bilan hamkorlikka erishish, ularning yutuqlaridan quvonish kabi holatlar tashkil etadi. Ta’lim jarayonida qo‘yiladigan pedagogik talablarning o`quvchi shaxsini rivojlantirish imkoniyati o`quvchilarda ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik kabi sifatlarni tarbiyalashda ko‘rinadi. Bunda o`quv materiallarining o`quvchilar idroki imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o`quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o`quvchilarning intellektual, emosional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o`quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi. Noan’anaviy darslar. XX asrning 70-yillarida o`quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga e’tibor qaratildi. Noan’anaviy darsning ko‘plab turlari bo‘lib, asosiylari quyidagilardir: IV.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari Darslarda pedagogning o`quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o`quvchilarni rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib Asosiy turlari Rolli o‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o‘yinlar, tanlovlar, teatrlashtirilgan darslar, binar darslar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va b.sh. Download 298.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling