8-mavzu: Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari


Sinf-dars tizimining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 298.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana21.04.2023
Hajmi298.23 Kb.
#1374375
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
umumiy pedagogika 8

Sinf-dars tizimining o‘ziga xos xususiyatlari
 


Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o‘rtacha darajada o‘zlashtiruvchi
o`quvchilar uchun mo‘ljallanganligi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o`quvchilar uchun 
qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o‘zlashtiruvchi o`quvchilar 
qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; o‘qituvchi uchun o‘qitish 
mazmuni va o‘qitish sur’atlari hamda metodlari bo‘yicha individual ishlarni tashkil 
etish, shuningdek, o`quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda 
qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli o`quvchilar o‘rtasidagi 
munosabatlarning qaror topmasligi. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida aqliy rivojlanishida farqi bo‘lgan 
o`quvchilarni o‘qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa
dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o‘qitish (tabaqalashtirilgan 
ta’lim) shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, Yevropada Maingeyms tizimi).
Yevropa va AQShda XX asr boshida o`quvchilarning individual, faol, 
mustaqil o`quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab ta’lim tizimlarining 
samaradorligi sinab ko‘rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) 
o‘qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan individual ta’lim 
ta’lim tizimda eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika 
va maktab tarixiga kirdi. Uni ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham 
ataydilar. 
Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o`quv faoliyatining 
samaradorligi har bir o`quvchining imkoniyati, qobiliyatiga bog‘liq: ta’lim faoliyati 
ustun turadigan o‘qishni an’anaviy tashkil etish o`quvchining mustaqil o`quv 
faoliyatining asosi hisoblanishi; o‘qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil 
etishdan iboratligi, sinf laboratoriyasining ustaxonalar bilan almashtirilishi; 
darslarning bekor qilinishi; o‘qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, 
o`quvchining laboratoriya (ustaxona)larda o‘qituvchidan olingan topshiriq asosida 
mustaqil shug‘ullanishlari va zarur bo‘lgan paytda o‘qituvchidan yordam 
so‘rashlari. 
XX asr 20-yillarida ta’limning loyihali tizimi targ‘ib qilindi. Tizimning 
mazmuni o`quvchilarning o‘zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlarini 
ifodalaydi. Loyiha ishlari real hayot bilan bog‘langan bo‘lishi va o`quv guruhlari 
jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik-ishlab chiqarish yoki madaniy-maishiy 
jihatlarini aks ettirish kerak bo‘lgan.
O‘tgan asrning 60-yillarida amerikalik professor pedagog Lyuyd Tramk 
ishlab chiqqan Tramk rejasi ommalashdi. Ta’limning bu shakli mashg‘ulotlarni katta 
(100-150 nafar kishilik) auditoriyada 10-15 kishidan iborat guruhlarda yoki va 
o`quvchilarning har biri bilan individual ishlarni olib borish g‘oyasini ilgari suradi. 
Ma’ruzani tashkil etishga turli texnik vositalardan foydalangan holda o`quv 
vaqtining 40 foizi, seminarlarga 20 foizi va laboratoriyalarda individual ravishda 
mustaqil ishlarni bajarishga 20 foizi ajratiladi. 
III.Darsning turlari va tuzilishi 
Yevropada o‘rta asrlarda dastlabki universitetlar paydo bo‘lishi bilan 
ta’limning ma’ruza-seminar tizimi asoslandi. Ma’ruza, seminar, amaliy va 
laboratoriya ishlari, maslahat va ixtisoslik bo‘yicha amaliyot bugungi kunga qadar 
ma’ruza-seminar tizimda o‘qishning asosiy shakllari bo‘lib kelmoqda. Ushbu tizim 


odatda oliy va oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim amaliyotida faol qo‘llaniladi. 
O`zbekistonda ma’ruza-seminar tizimidan akademik lisey va kasb-hunar kollejlari 
amaliyotida ham samarali foydalaniladi.
Dars – o`quv faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli. Ta’limning turli 
shakllaridan samarali foydalanish muhim didaktik vazifa sanaladi. Ta’lim 
amaliyotida ta’limning jamoaviy (ommaviy), guruhli va individual shakllaridan 
foydalaniladi. 
Ta’limning ommaviy shakli sinfdagi jami o`quvchilarning o‘qituvchi 
rahbarligi ostida birgalikda harakatlarini ko‘zda tutadi. Guruhli shaklida esa 
o`quvchilar 3-6 kishidan iborat guruhlar yoki juftliklarda ish olib boradilar. Guruhlar 
uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Individual shakli har bir 
o`quvchining alohida mustaqil ishlashini ko‘zda tutadi. Bu jarayonda o‘qituvchi bir 
vazifa ustida ishlayotgan butun guruh o`quv faoliyatini boshqarib boradi, o`quv 
hamkorligini qaror toptiradi. Ommaviy ishlashning samaradorligi ko‘p jihatdan 
o‘qituvchining guruhni yaxlit nazorat qilish hamda har bir o`quvchining ishini 
ko‘zdan qochirmaslik bilan bog‘liq. Biroq, ommaviy ishlash individual farqlarni
hisobga olmaydi, u fanlarni o‘rtacha o‘zlashtiradigan o`quvchiga mo‘ljallangan. 
Shuning uchun ba’zi o`quvchilar berilgan ish sur’atidan ortda qoladilar, ayrimlar esa 
zerikib qiynalib ketadilar.
Ta’lim olishning jamoaviy (ommaviy) shakli shakllangan, turg‘un 
o`quvchilar guruhi bilan o`quv faoliyatini tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Ta’limning guruhli shakliga ko‘ra o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida guruh 
o`quvchilarining bilish faoliyatlarini boshqaradi. O`quvchilarni jamoaviy, 
umumlashtirilgan-guruhli va tabaqalashtirilgan guruhlarga taqsimlash mumkin. 
Ta’limning jamoaviy shakli ko‘p hollarda tabaqalashtirilgan guruhlar faoliyatini 
tashkil etishda qo‘llaniladi. O`quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli 
o‘qituvchi va o`quvchilarning dinamik yoki o‘zgaruvchan tartibli juftliklarida 
kechayotgan munosabatlaridir.
Umumlashtirilgan-guruhli shakl har biri guruh tomonidan yagona 
topshiriqning faqatgina bir qismi bajarilishi nazarda tutiladi. 
Tabaqalashtirilgan-guruhli shakl o`quv imkoniyatlari, ko‘nikmalari bir 
darajada shakllangan o`quvchilar bilan ishlanishini ifodalaydi. Bunda o`quvchilar 
juft bo‘lib ishlashlari ham mumkin. Ta’limning individual shakli o`quvchilarning 
boshqa o`quvchilar bilan bevosita aloqalarini ko‘zda tutmaydi. O‘z mohiyatiga ko‘ra 
sinf jamoasi yoki muayyan guruhlar bilan ishlashdan tubdan farq qilmasa-da, biroq 
o`quvchi o‘zining shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq o‘qituvchi tomonidan berilgan 
topshiriqni mustaqil bajaradi. Bu maqsad yo‘lida maxsus tayyorlangan 
kartochkalardan foydalanish mumkin. Ta’lim maqsadlari va foydalanishning 
qulayligi nuqtai nazaridan ta’lim shakllari quyidagicha darajalanadi: asosiy, 
qo‘shimcha va yordamchi ta’lim. 
Dars – ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi 
nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars 
tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o`quvchilarni ommaviy qamrab olish
tashkiliy tartib va o`quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy 
jihatdan foydalidir. O`quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini 


bilishi o‘qituvchi uchun har bir o`quvchi faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir 
ko‘rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim 
shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo‘lmaydigan ustunligi 
hisoblanadi. 
Darsda har bir o`quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o`quvchilarning 
mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning 
idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda 
rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.Dars ta’limning boshqa 
shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o`quvchilarning 
doimiy guruhi, o`quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish 
bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish 
(bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z xususiyatini ham aks 
ettiradi).Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu o`quv 
materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o`quvchilar va jamoa sifatida 
sinfning xususiyatlariga bog‘liq..
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko‘rsatilgan: 
Boshlang‘ich sinflarda o`quvchilar yoshlarini hisobga olib o`quv ishlarining 
turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o‘rganilganni 
mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to‘g‘ri keladi. Hatto, tekshirish 
darslari ham bu yerda ko‘pincha ishlar boshqa turlarini o‘z ichiga oladi: materialni 
og‘zaki yetkazish. qiziqarli hikoyani o‘qish. Darsning aynan mana shu turi aralash 
(kombinasiyalashgan) yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Aralash darsning 
taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish (o`quvchilar bilan savol-javob qilish); 
yangi materialni o‘rganish; mavzuni o‘zlashtirishni dastlabki tekshirish; mashq 

Download 298.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling