Dars ta`limni tashkil etishning asosiy shakli
Download 64.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqDARS - TA`LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI
DARS - TA`LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLIJizzax davlat pedagogika universiteti O`zbek tili va adabiyoti fakulteti 612-22-203-guruh talabasi Mahkamova Komila ANNOTATSIYAUshbu maqolada sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, o`quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o`quv ishlarining muntazamligi haqida ma`lumot beriladi. Kalit so`zlar. Dars, darsning shakllari, didaktik talablar, sinf-dars tizimi. Dars- bevosita o`qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta`lim jarayonining asosiy shakli hisoblanadi. Darsda har bir o`quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o`quvchilarning mashg`ulot jarayonida o`rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari ularning idrok etish qobiliyatlari va ma`naviy- axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratib beriladi. Sinf-dars tizimiga garchi 350 yil avval asos solingan bo`lsa-da, bugungi kunda ham keng ko`lamda foydlanilmoqda. Uning asosiy mazmuni o`quv ishlarini tashkil etishning o`ziga xos shakli sifatida quyidagilarni o`z ichiga oladi: - bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo`lgan ta`lim oluvchilar ,ya`ni o`quvchilar sinfni tashkil etadi. -sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jadvali bo`yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo`ladi. -mashg`ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi. -dars odatda bir fan yoki mavzuga bag`ishlangan bo`ladi, shu bois, ta`lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar. -darsda ta`lim oluvchilarning ishiga ta`lim beruvchi rahbarlik qiladi, u o`z fani bo`yicha o`qish natijalarini, har bir ta`lim oluvchining alohida bilimini baholaydi . O`quv yili oxirida pedagogik jamoa, ya`ni ta`lim beruvchilar xulosalari bo`yicha ta`lim oluvchini keyingi sinfga o`tishi haqida qaror qabul qilinadi. Alohida o`quv fanlarini o`qitish metodikasi va didakrikasiga oid asarlarda ta`limning sinf-dars tizimining afzalliklari va kamchiliklari ko`rsatib beriladi. Ular quyidagilar: Afzalliklari: -yaxlit o`quv -tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta`minlovchi aniq tashkiliy tizim ; -jarayonlarning oddiy boshqarilishi; -muammoning jamoa bo`lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida ta`lim oluvchilar o`rtasida o`zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati -ta`lim beruvchining ta`lim oluvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta`sir ko`rsatishi ; -ta`limning emotsionalligi, o`quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi . Kamchiliklari: - tizimning bilimlarni asosan o`rta darajada o`zlashtiruvchi ta`lim oluvchilar uchun mo`ljallanganligi, bo`sh o`zlashtiruvchi ta`lim oluvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o`zlashtiruvchi ta`lim oluvchilarning qobiliyatlarining rivojlanish sur`atining ortga surilishi; -ta`lim beruvchi uchun o`qitish mazmuni va o`qitish sur`atlari hamda metodlari bo`yicha individual ishlarni tashkil etish , shuningdek , ta`lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchiliklarni yuzaga kelishi ; -katta va kichik ta`lim oluvchilar o`rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi. Bugungi kunda darsni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo`yilmoqda: Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to`g`riligi. Darsning ta`limiy ‘tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi. O`qitishning yaxlit dars va uning ma`lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan ta`lim oluvchilarning bilish faolliklari va tanlash . 4Mashg`ulotlarning turli shakllari:jamoa , guruhli va yakka tartibdagi shakllarini qo`shib olib borish. Ta`lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta`lim oluvchining faol bilish faoliyatini birga olib borish. Darslarning o`zaro uzvuy va dialektik xususiyatga ega bo`lishiga erishish. 7 Ta`lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish. Darsda ta`lim oluvchilarni o`qitish va tarbiyalash uchun qulay shar-sharoit yaratish. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish . 10 Darsda ta`lom oluvchilar erkinligini ta`minlash. XV asrda jamoaviy o`qitishni tashkil etish g`oyasini Muhammad Tarag`ay Mirzo Ulug`bek davom ettiradi. U o`zining madrasalarida individual mashg`ulotlar tizimini bekor qiladi va jamoaviy sinf-dars tizimiga yaqin bo`lgan shaklni joriy qiladi.Umumiy ma`ruzani 50-70nafar kishidan iborat katta guruhga odatda , o`z sohasida mashhur bo`lgan olim mudarris o`qiydi , amaliy mashg`ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhga kichik muddaris olib boradi. XV-XVI asrlar davomida Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi va uning natijasida ta`lim berishning ommaviy shakli yuzaga keldi. Ulardan biri ta`lim oluvchilarni o`qitishning guruhli turi deb ataladi. Ular G`arbiy Rossiyadagi birodarlik maktablarida ilk bor qo`llanilgan va undagi o`qish sinf-dars shaklining asosi bo`lgan. Bu tizimlar XVIIasrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika “asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommalashtirild. Olim pedagogikaga o`quv yili, o`quv kuni, dars mashg`ulotlari orasidagi tanaffus o`quv ta`tillari kabi tushunchalarni kiritgan. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling