Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari
Download 8.01 Kb.
|
FALSAFANING METOD
FALSAFANING METOD, QONUN VA KATEGORIYALARI.. Ilmiy bilish metodlarini o‘rganadigan maxsus soha metadalogiya deb ataladi. Ilmiy bilishning metodlari o‘z xarakteriga ko‘ra:1) eng umumiy ilmiy metodlar2) umumiy ilmiy metodlar3) xususiy ilmiy metodlarga bo‘linadi. Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o‘ziga xos usullari xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan: anketa so‘rovi, hujjatlarni o‘rganish sotsiologiya faniga xos bo‘lgan ilmiy metod. Umumiy ilmiy metodlar barcha fanlarga xos bo‘lgan metodlar. bunga analiz va sintez, umum lashtirish va mavxumlashtirish, induktsiya va deduktsiya kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dialektik usul real olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo‘lib, u barcha fanlar uchun metadalogiyadir. Dialektik uslub xususiy fanlar erishgan yutuqlardan foydalanib ularning usullari bilan birgalikda rivojlanadi, ular birbirini to‘ldiradi va boyitadi. Olamni ilmiy bilishning tarixan shakllangan bir qancha uslublari mavjud bo‘lib, bularga: dogmatik, sofistika, metafizika, dialektika, sinergetika kabi ta’limotlarni ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Degmatizm aqidaparastlik (yun. dogma-fikr, ta’limot)- biror bir fikr, ta’limotga, aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonish dogmatizm tarafdorlarining asosiy tamoyilidir. Ularning nazarida tushunchalar nazariyalar, qonunlar o‘zgarmaydi. dogmatizmning xilma-xil shakllari mavjud: siyosat, ilmiy, diniy vahokazo. ular ijtimoyi hayotga muayyan g‘oyani mutloqlashtirib, taraqiyotga to‘siq bo‘lib qolaveradi. Sofistika yunon-moxir, so‘zamol degan ma’noni anglatib. qadimgi yunoniston falsafasida miloddan oldingi vasrda vujudga kelgan tafakkur usulidir. ular juda xam so‘zamol kishilar bo‘lib xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish orqali xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni omaga singdirishga xarakat qilishgan lekin ular o‘z davri yunonistonda shuxrat qozonishgan. Elektika (Yunoncha.eklektikos-tanlovchi)-turli va xatto bir-biriga zid qarashlar, g‘oya va nazariyalarni qo‘shib yuborib ularni bir falsafiy ta’limotda birlashtirgan falsafiy ta’limot. eklektika dastlab, qadimgi yunon falsafasida vujudga keldi. O‘rta asrlar sxolastik muhokamalarida eklektikadan foydalanilgan. eklektika bir mantiqiy asoslarini boshqalari bilan almashtirish, inson bilimining o‘zgaruvchanligi va nisbiyligiga asoslanadi . Metofizika Grekcha. metaphysica-fizikadan keyin. falsafa tarixida aristotel asarlarini sharxlovchi muxarrir andronikos tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Xozirgi davrda metofizikani mohiyati, borliq namoyon bo‘lishining mohiyati to‘g‘risidagi fan deb qarash keng tarqalgan. metofizika jamiyatning xar bir tarkibi qismini alohida olib o‘rganadi. Sinergetika- yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib “hamkorlik”, “ta’sir o‘tkazish” ma’nolarini anglatadi. sinergetika ilmiy yo‘nalish sifatida xx-asr 60-70 yilarida shakllangan. uning shakllanishida g.a.nikolis, g xaken, i.prigojen xizmati katta bo‘ldi. Sinergetika asosan fizik, ximiyaviy, biologik xodisalarni hamda iqdsodiy, ijtimoiy jarayonlarning o‘z o‘zini tashkil etish, o‘z - o‘zini boshqarish, tartiblilikdan tartibsizlik (xaos)ga o‘tishi, chiziqli va chiziqsizlik kabi xolatlarning mohiyati va qonuniyatlarini izohlaydi. sinergetika tushunchasining mohiyatini i.prigojin o‘zining “beqarorlik falsafasi” asarida yoritib bergan. Kategoriyalarni falsafa tarixida birinchi bo‘lib, qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘zining “Kategoriya”lar asarida ta’riflab berdi.u “kategoriya”lar asarida “mohiyat” (substantsiya), miqdor, sifat, munosabat kabi kategoriyalarni turkumlashtirgan. keyinchalik arastu “metafizika” deb nomlangan asar yozadi va unda “mohiyat”, “holat” va “munosabat” kategoriyalirini ham izohlagan. Sharqda farobiy, beruniy va ibn sinolar ham kategoriyalarga katta ahamiyat berganlar. 17-19 asrlarga kelib falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. nemis mumtoz falsafasining asoschisi I.Kant kategoriyalar yordamida inson tabiiy, ijtimoiy narsalarga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblagan. u sifat, miqdor, modallik kategoriyalarini izohlagan. Gegel fikricha kategoriya kategoriya olamdan tashqarida turgan dunyoviy ruhning takomili, ya’ni mutloq g‘oyaning momentidir. kategoriyalar bir tomondan inson tafakkuri mahsuli, ikkinchi tomondan esa olamning kishi miyasida aks etishi natijasi va shu asosda inson ongini reallikka yaqinlashishi va dunyoni bilish vositasidir deydi. Xozirgi zamon neopozitivistlari kategoriya sub’ektning hissiyoti bilan bog‘liq tushunchadir, ularning insondan tashqaridagi olamga bevosita dahli yo‘q deydilar. Falsafa fani kategoriyalari boshqa fanlar kategoriyalaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi.- falsafa kategoriyalari olamdagi eng umumiy aloqadorliklar inikosidir - falsafa fani kategoriyalari bilish bosqichlari xisoblanadi. - ular olamda narsa va xodisalarni bilish uchun metadologik asos bo‘ladi. - falsafafani kategoriyalarida inson va uning uyushmalari barcha faoliyatining bo‘lgan amaliyot yotadi. Demak falsafiy kategoriyalar olamdagi barcha hodisa, jarayonlarga xos umumiy, muhim tomonlar, xususiyatlar, munosabatlarni ifodalovchi keng va chuqur mazmunli ilmiy tushunchalardir. Shuningdek, kategoriyalar toq va juft kategoriyalarga bo‘linadi. toq kategoriyalarga olamdagi tanho narsalar: borliq, materiya, fazo va boshqa tushunchalarni kiritsak, juft kategoriyalarga: sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik, mazmun va shaklkabi tushunchalarni kiritamiz. Juft kategoriyalar umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalardir. Olamdagi eng umumiy aloqadorlikni ifodalovchi kategoriyalarga: ayrimlik xususiylik va umumiylik, mohiyat va hodisa kiradi. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT… The end Download 8.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling