1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari. 2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. 3.Bozor, uning vazifalari va tuzilishi. 4.Bozor infratuzilmasi va uning tarkibi 5.O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishining o`ziga xos yo`li. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari. - Xozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda xar – xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda.
Bozor asosida tovar - pul munosabatlari yotadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. - Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayriboshlash va pul muomulasi qonun - qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiyot tizimidir.
- Bozor iqtisodiyotining subyektlari.
- Uy xo`jaliklari - iqtisodiyotning iste'molchilik sektorini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo`jaliklari resurslarni yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchi xam hisoblanadi.
- Korxona yoki tadbirkorlik sektori - iqtisodiy resurslarning iste'molchisi, iqtisodiyotning birlamchi bo`g`ini va tovar (xizmat)larning asosiy ishlab chiqaruvchisi xisoblanadi.
- Davlat - iqtisodiy resurslar va tovarlar iste'molchisi xamda ijtimoiy iste'mol xarakteridagi ne'matlar bilan ta'minlovchi xisoblanadi.
- Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat.
- Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo`lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi.
- Tadbirkorlik va tanlov erkinligi.
- Raqobat kurashining mavjudligi.
- Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi.
- Korxona va firmalarning ichki xamda tashqi shart-sharoitlar o`zgarishlariga moslashuvchanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |