6-mavzu. Bozorni va iste’molchilarni o’rganish. Reja: Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari: iste‘mol tovarlari bozori
Download 30.85 Kb. Pdf ko'rish
|
6-MAVZU. BOZORNI VA ISTE’MOLCHILARNI O’RGANISH.
6-MAVZU. BOZORNI VA ISTE’MOLCHILARNI O’RGANISH. Reja: 1. Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari: iste‘mol tovarlari bozori, 1. Qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, korxonalar (tashkilotlar) bozori, 2. ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori, davlat tashkilotlari bozori. 1. Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari: iste‘mol tovarlari bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, korxonalar (tashkilotlar) bozori, ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori, davlat tashkilotlari bozori. Tovar bozori o’zida, birinchidan, muayyan tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi, ikkinchidan ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi guruhlar ichidagi iqtisodiy aloqalar tizimini aks ettiradi. Birinchi hol aloqalarning asosiy shakli bo’lib, xarid qilish va sotish hisoblanadi. Ikkinchi shakli esa o’zaro raqobat shakli hisoblanadi. O’ziga xos tarkib topish sharoitlari va iqtisodiy kon’yunktura rivojining qanday omillarga asoslanishiga ko’ra milliy xo’jaliklar va tovar bozorlari g’oyat xilma-xil hisoblanadi. Har bir bozor va uning kon’yunkturasi rivoji har bir bosqichi uchun muayyan xususiyatlarni va uzoq muddatli yo’nalishlar ko’lamini, o’tkinchi va nisbatan davomli o’zgarishlarni hamda bularning ahamiyatini, o’zaro hamkorlik darajasini aniqlashdagi tutgan o’rnini belgilab beruvchi omillarni qanchalik uyg’unlashtira olishi muhimdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing funksiyasi tovar va xizmatlarga bo’lgan talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida erkin va raqobatli ayirboshlashni tashkil qilishdan iboratdir. Bu mutanosiblik o’z-o’zidan vujudga kelmaydi va quyidagilarni talab qiladi: — moddiy ayirboshlashni yoki, boshqacha qilib aytganda, tovarlarning ishlab chiqarish va iste’molchi o’rtasidagi jismoniy harakatini tashkil qilish; — kommunikatsiyalarni tashkil qilish, ya’ni talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida, ayirboshlashdan avval yuz beruvchi, ayirboshlash bilan bir paytda yuz beruvchi va unga ergashuvchi axborot oqimini tashkil qilish. Shunday qilib, marketingning jamiyatdagi roli sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasida ayirboshlash va kommunikatsiyani tashkil qilishdan iborat. Mazkur ta’rifda ayirboshlash jarayonining maqsadidan qat’iy nazar marketingning vazifa va funksiyalariga alohida e’tibor beriladi. Bunday ifodalangan ta’rif tijorat faoliyatiga ham, notijorat faoliyatiga ham to’g’ri kelishi mumkin. Tovar va xizmatlar ayirboshlashini tashkil qilish, sotish jarayonining funksiyasi bo’lib, uning vazifasi tovarlarni ishlab chiqarish holatidan iste’mol uchun tayyor holatgacha harakatlantirishdan iboratdir. Tovarlarning shu tarzda iste’mol holatiga o’tishi quyidagi uch xil foydalilik turini vujudga keltiradi va shu tariqa tovarga sotish bosqichida katta qo’shilgan qiymat beradi: – Holat foydaliligi. Tovarlarni iste’mol holatiga o’tkazuvchi barcha moddiy o’zgarishlar majmuasi: bu o’rash, saralash va boshqa jarayonlardir. – Makon foydaliligi. Tashish, geografik taqsimlash va boshqa shunga o’xshash tovarlarni foydalanish, o’zgartirish yoki iste’mol joylarida iste’molchilar tasarrufiga taqdim qilishni ta’minlovchi makondagi o’zgarishlar. – Davriy foydalilik. Iste’molchi tanlangan vaqtda tovarlarning mavjud bo’lishini ta’minlovchi jamlanish kabi davriy o’zgarishlar. Aynan mana shu funksiyalar talab va taklif o’rtasidagi real mutanosiblikni ta’minlashga imkon beradi. Ko’rsatib o’tilgan sotish jarayoni vazifalari tarixda, asosan, xaridlar bo’yicha agentlar, ulgurji savdogarlar, chakana sotuvchilar va sanoat savdosi xodimlari kabi mustaqil vositachilar tomonidan, ya’ni sotish sektori deb nomlanuvchi toifa tomonidan amalga oshirib kelingan. Sotish jarayonining ba’zi funksiyalari ishlab chiqarish tomonidan (bevosita marketing), iste’mol tomonidan (iste’molchilarning birlashuvi) va sotish jarayoni tomonidan (supermarketlar, do’konlar tarmog’i va boshqalar) birlashtirilishi mumkin. Download 30.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling