6-mavzu. Bozorni va iste’molchilarni o’rganish. Reja: Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari: iste‘mol tovarlari bozori


Download 30.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana03.12.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1801799
1   2   3
Bog'liq
6-MAVZU. BOZORNI VA ISTE’MOLCHILARNI O’RGANISH.

Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori 
kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan 
xarakterlanadi. 
Bozorda kim etakchilik qilishiga qarab bozorlar "sotuvchi bozori" va "xaridor 
bozori"ga 
bo’linadi. 
"Sotuvchi bozori" - unda tovarga bo’lgan talab taklifdan oshib ketadi. 
Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi 
bo’lishiga to’g’ri keladi. Bunday holatda "pul tovar orqasidan yuguradi". 


"Xaridor bozori" - bunday bozorda taklif talabdan ko’p, shuning uchun 
xaridorlar (iste'molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan 
hohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridorlar ustunlikka ega 
bo’lib, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga 
aylanadilar. 
Bunday 
holatda 
"tovar 
pul 
orqasidan 
yuguradi". 
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini 
"muvozanatli bozor" deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta'minlashning asosiy 
yo’llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab darajasiga etkazish orqali 
bozorni to’yintirish; etarli darajada mahsulotlar zahirasini barpo etish; xaridorgir 
mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo’lmagan 
mahsulotlar 
narxini pasaytirish va boshqalar. 
Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad 
koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar 
hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli 
qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda 
rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga 
yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan 
boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi 
koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi. 
Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari Qimmatli 
qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida 
qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad 
olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun 
fond birjasida maʼlum kurs boʻyicha oldi-sotdi qilinadi 



Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling