6-mavzu. Chig’atoy ulusi davrida O’zbekistonning tarixiy shaharlari. Reja


XIII-XIV asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti


Download 95 Kb.
bet2/2
Sana14.05.2023
Hajmi95 Kb.
#1462309
1   2
Bog'liq
6-mavzu

2. XIII-XIV asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti.
Bosqinchi yovlar azaldan yuqori sivilizatsiya chog’i sanalgan, ulug’ ajdodlarimiz aql-zakovati va donishmandligi bilan yaratilgan yuksak moddiy va ma'naviy madaniyat, betakror obidalar, asori-atiqalar makoni bo’lgan bu azim yurtni qanchalik xonavayron etmasinlar, biroq xalq irodasini, uning buyuk bunyodkorlik, ijodkorlik salohiyatini sindira olmadilar. Aksincha bu yurtning mag’rur va erksevar kishilari, bir tomondan, muqaddas Vatan tuyg’usini dillariga mustahkam joylab, ozodlik va mustaqillik yilida jonbozlik bilan kurash olib borgan bo’lsalar, ikkinchi tomondan esa, ular asriy xalq an'analari, udumlariga sodiq qolib, yaratuvchilik ishlari bilan mashg’ul bo’lganlar. Zero, o’lmas xalq dahosi yangi-yangi salohiyatli ijodkorlar avlodini yetishtira borgan. Shu bois ham sahroyi mo’g’ullar xarobazorga aylantirgan kultepalar o’rnida ko’p o’tmay yangidan ko’rkam shaharlar, me'morchilik obidalari qad rostlab, hayot yana yangidan izga tushib bordi. Mahalliy xalq orasidan yetishib chiqqan ajoyib me'morlar, naqqoshu-hunarmandlar sa'y-xarakati, mahorati bilan betakror moddiy madaniyat namunalari yaratilib, bundan o’lka hayoti o’zgacha fayzu manzara kasb etib bordi. Bu davrda bunyod etilib, gavjum savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlariga aylana borgan Andijon, Qarshi, Urganch, qaytadan ta'mirlanib chiroy ochgan, oldingi mavqeini tiklagan Samarqand, Buxoro, Shosh, Termiz singari shaharlar, ularning o’ziga xos me'morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi. Ko’hna Urganchda qad ko’targan, balandligi 62 metrli ulug’vor minora XIII asr arxitekturasining noyob yodgorligi hisoblanadi. Samarqanddagi Shohizinda majmui, Buxorodagi Bayonqulixon, Ko’hna Urganchdagi Najmiddin Kubro, To’rabekxonim maqbaralari, Xo’janddagi Tuvaxon maqbarasi va shu singarilar XIV asrning nodir me'moriy yodgorliklari sirasiga kiradi.
Xalq amaliy san'ati, kulolchilik namunalarini, sirli naqshinkor sopolli idishlar, shu jumladan, ko’zalar, chinni buyumlar, uy-ro’zg’or ashyolari, binolar peshtog’iga bitilgan, san'at darajasidagi nastalik bitiklari-bular O’rta Osiyo moddiy madaniyatining XIII-XIY asrlarda ham rivojlanishda davom etganligidan shahodat beradi. Bu davrda ilm-fan, ayniqsa tarixshunoslik rivojida ham muayyan yutuqlar qo’lga kiritildi. Tarixshunos Juvayniyning "Tarixi jahongushay" /Jahon fotihi tarixi/, Rashiduddinning "Jomoot-tavorix" /"Tarihlar to’plami"/ asarlari mo’g’ullar istilosi va hukmronligi davri tarixini chuqur o’rganishda qimmatli manbalardan hisoblanadi.
Shuningdek o’lkada badiiy adabiyot sohasi ham anchayin ravnaq topdi. O’rta Osiyo xalqlari orasidan badiiy adabiyotning ko’plab yirik namoyandalari yetishib chiqdi. Jaloluddin Rumiy, Sa'diy Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Nosiriddin Rabg’uziy, Pahlavon Maxmud, Xorazmiy singari xalq orasidan chiqqan mumtoz ijodkorlar ko’plab umrboqiy, o’lmas asarlar yaratdilar. Jumladan, XIII asrning ikkinchi yarmi hamda XIV asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan yurtdosh daho shoirimiz Pahlavon Maxmud ijodi bu jihatdan ibratlidir. Uning tug’ilgan yili noma'lum bo’lib, vafot etgan davri manbalarda 1322 yil deb ko’rsatiladi. U hunarmand oilada dunyoga kelgan. O’zi ham po’stinduzlik bilan shug’ullangan, o’z zamonasining ilg’or, ma'rifatparvar kishilaridan bo’lgan. Pahlavon Maxmud nomi bilan zikr qilingan barcha tazkiralarda u g’azal, ruboiy janrlarida samarali ijod qilgan shoir sifatida tilga olinadi. Biroq, Maxmudni elga mashhur etgan, avlodlar ehtiromiga sazovor qilgan narsa, bu, eng avvalo, uning otashnafas ruboiylaridir. Shoirning ijtimoiy, falsafiy qarashlari ham uning ruboiylari mazmunida aks etgan. Umuman Pahlavon Maxmud she'riyatida keng ma'nodagi hayotiy voqealar, insoniy kechinmalar, chuqur axloqiy, falsafiy qarashlar ifodalanganki, bu hol shoirning o’z davrining ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga faol munosabatda bo’lganidan dalolat beradi.
XIII asr oxiri va XIV asr birinchi choragida Turkistonda kechgan adabiy jarayonni Burxoniddin Ali Nosiriddin Rabg’uziy ijodisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa bunda uning qalamiga mansub "Qisasi Rabg’uziy" asari adib nomini asrlar osha sarbaland etib kelmoqda. Rabg’uziy asaridagi dunyoviy ruh bilan sug’orilgan ko’plab she'riy parchalar g’azalchilik janrining keyingi rivoji uchun ham ayricha ahamiyat kasb etadi. XIV asr turkiy (eski o’zbek) adabiyotining yirik namoyandalari - Xorazmiyning "Muhabbatnoma", Sa’diy Shyerozyining "Guliston" she'riy asarlari-dostonlari ham o’sha davr ma'naviy madaniyatining bebaho durdonalari hisoblanadi.
Shunday qilib, XIII-XIV asrlar davomida Movarounnahr hududi mo’g’ullar hukmronligi bilan bog’liq tarzda qanday ziddiyatli, murakkab jarayonlarni o’z boshidan kechirmasin, uning ko’hna madaniyati, ilm-urfoni an'anaviy ravishda o’ziga yo’l topib, rivojlanishda davom etadi. Xalq davosi, ijodkorligi uning salohiyatli namoyandalari sa'y-harakatlari, tashabbuslari ila sayqal topib, yangi - yangi qirralar kashf etib boradi. Bu esa, shubhasiz o’lka xalqlari ma'naviy merosi, qadriyatlarining mazmunan boyib, yuksalishiga ijobiy ta'sir ko’rsatib borgan.
Bayonqulixon maqbarasi - Oʻrta Osiyo meʼmorligi noyob namunasi (14-asr oʻrtasi). Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy maqbarasi yaqinida Chigʻatoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilganMaqbara binosi moʻʼjaz va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy. Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik goʻrxonadan iborat. Ular lojuvardferuza, oq rangli, islimiy va girih naqshli oʻymakor sopol parchinlari bilan ishlangan. Oʻrta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand)da yanada rivoj topgan. Bayonqulixon maqbarasi Amir Temur davri meʼmorligining ilk namunalaridan hisoblanadi.
Toʻrabekxonim maqbarasi, Soʻfilar sulolasi maqbarasi — Koʻhna Urganchsagi meʼmoriy yodgorlik (1333). Urganch hokimi Qutlugʻ Temur xotini, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qizi Toʻrabekxonim nomi bn bogʻlangan. Maqbara bizgacha ancha vayrona holda yetib kelgan. Peshtoq orqali moʻʼjaz miyonsaroyga, undan olti qirrali katta xonaqohga oʻtiladi. Xona ichiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Tashqarisi 12 qirrali, har tomoniga chuqur ravoqlar ishlangan. Poygumbazi 24 qirrali, kulohiy gumbazli (sharqiy qismi saqlangan), bezaklarida nafis koshinkori naqshlarmuqarnaslar qoʻllanilgan. Toʻrabekxonim maqbarasi 14-asr Xorazm meʼmorligining yuksak badiiy mahorati aks ettirilgan noyob yodgorlik namunasidir.
Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling