6-mavzu. Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi


Davlat soliq xizmati organlarining davlatning boshqa organlari va tashkilotlar bilan o‘zaro huquqbuzarliklarning oldini olish chora – tadbirlari


Download 25.38 Kb.
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1462836
1   2   3
2. Davlat soliq xizmati organlarining davlatning boshqa organlari va tashkilotlar bilan o‘zaro huquqbuzarliklarning oldini olish chora – tadbirlari
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq to‘lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, soliq bazasini yashirish, hisobga olinmagan operatsiyalarni amalga oshirish va soxta bitimlar tuzish yo‘li bilan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash soliqqa oid qonunbuzilishlarning asosiy shakllari hisoblanadi. Soliqqa oid qonunbuzilishlar davlat budjetining daromadlari hajmiga bevosita ta’sir qiladi, chunki davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi soliq tushumlaridan iboratdir. Bundan tashqari, soliqqa oid qonunbuzilishlar iqtisodiy taraqqiyotga ham kuchli tarzda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sir davlat tomonidan soliq stavkalarining oshirilishida, yangi soliq turlarining joriy etilishida va budjet xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlariga bank tizimining kreditlarini keng ko‘lamda jalb qilinishi orqali inflyatsiyaning va budjet xarajatlarining oshishida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan soliq tizimlarini shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin: 1) amerikacha soliq tizimi; 2) shvedcha soliq tizimi. Soliq tizimining Amerika modeli tadbirkorlarga soliq tazyiqining minimal darajasiga asoslanadi. Ammo bunda tadbirkorlarning ixtiyorida ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan sezilarli darajadagi mablag‘lar qoladi. Shvetsiyada soliqlar darajasi Yevropadagi boshqa davlatlardagi soliqlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori, ammo Shvetsiyada aholini ijtimoiy himoyalash tizimining dunyodagi eng barqaror turi mavjuddir. Ayni vaqtda, shuni e’tirof etish lozimki, Shvetsiyada keyingi vaqtlarda soliq yukining og‘irligi tufayli salbiy iqtisodiy holatlarning yuzaga kelayotganligi bir qator iqtisodchi olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Shvetsiyada ishlab chiqaruvchilar soliq yukining og‘irligi hisobidan ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish va milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash masalasi muvaffaqiyatli tarzda hal etilmoqda, ammo ishlab chiqaruvchilarning mehnatdan manfaatdorligining pasayayotganligi, kapitalning mamlakatdan chiqib ketish jarayonlari kuchayayotganligi sezilmoqda. Hozirgi vaqtda xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyati ko‘proq baynalminal xarakterga ega bo‘lib, bu holat tovarlar, mehnat resurslarini, moliyaviy va real investitsiyalarni doimiy ravishda bir davlatdan ikkinchi davlatga o‘tishini ta’minlamoqda. Bu tendensiyani kelgusida yanada kuchaytirishni tasdiqlovchi zaruriy dalillar mavjud. Iqtisodiy faoliyatning baynalmilallashuvi turli soliq tizimlariga ega bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida amalga oshmoqda. Shunga muvofiq, bu mamlakatlar amalga oshirayotgan soliq siyosatining xususiyatlaridan kelib chiqqan soliq yukining darajasi bo‘yicha ham bir-biridan keskin farq qiladi. Soliqqa tortishning past darajasiga ega bo‘lgan har qanday davlat investitsiyalarni joylashtirish uchun nisbatan jozibador hisoblanadi. Shu munosabat bilan ayrim xorijlik iqtisodchi olimlar kapitallarni jahon miqyosida samarasiz taqsimlash tendensiyasining kuchayayotganligidan tashvishga tushmoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra, kapitallarni jahon miqyosida taqsimlashning asosiy mezoni bo‘lib, investitsiyalarning soliqqa tortishgacha bo‘lgan daromadlilik miqdori emas, balki u yoki bu mamlakatda soliq yukining darajasi hisoblanmoqda. Shunday qilib, soliq stavkasining ma’lum darajaga yetishi ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan rag‘batni so‘ndiradi, soliqqa tortish bazasiga kiruvchi daromadlarning ma’lum qismini xufyona iqtisodiyotga o‘tib ketishiga sabab bo‘ladi.
Soliqqa oid qonunbuzilishlarning keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, noqonuniy xarakterdagi operatsiyani korxonaning buxgalteriya hujjatlarida aks ettirilmasligi hisoblanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad amalga oshirilgan hisob-kitoblarni imkoniyat qadar ishonchli tarzda yashirish hisoblanadi. Bunda hisobga olinmagan naqd pul mablag‘lari vositasida hisoblashish keng tarqalgan. Ko‘pchilik hollarda naqd pullar ulgurji va chakana savdo o‘rtasidagi munosabatlarda hisobdan chiqib qoladi. Chunki, bu yerda soxta hujjatlarning asosiy qismi yuzaga keladi. Ulgurji-chakana tijorat strukturalari o‘rnatilgan kassa limitidan ortiqcha xarajat qilishga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi pul-kredit komissiyasi tomonidan naqd pulda to‘lovlarni amalga oshirish ruxsat etilmagan operatsiyalarni bajarishga yo‘l qo‘yadilar, ular ko‘pchilik hollarda olingan naqd pullarni kassaga kirim qilmaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining nazorat-kassa mashinalarini chakana savdo tizimida qo‘llash va kassa intizomiga rioya etish xususidagi bir qator qarorlari va ko‘rsatmalari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, chakana savdo shoxobchalarida nazorat-kassa mashinalarini to‘liq joriy etish imkoni bo‘lmayapti. Ayniqsa, tovarni bevosita omborxonadan oladigan chakana savdo korxonalari bo‘yicha bu jarayonni nazorat qilish samarasiz hisoblanadi.
Shu va boshqa muammolarni bartaraf etish maqsadida hukumat tomonidan chora-tadbirlar tadbiq etilmoqda:
soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmagan, shuningdek, soliq to‘lovchi tomonidan soliq yoki moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari yuzasidan tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda soliq to‘lovchi-yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish;
davlat ulushlari bo‘yicha dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratmalarni undirish;
soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladigan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun kameral nazorat natijasi bo‘yicha joyiga chiqqan holda mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish;
yuzaga kelgan soliq qarzdorligini soliq to‘lovchi-jismoniy shaxslarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobvaraqlaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridan ko‘p bo‘lmagan summada so‘zsiz hisobdan chiqarish.



Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling