6-mavzu. Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi


Davlat soliq xizmati organlarining davlatning boshqa organlari va tashkilotlar bilan huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan o‘zaro axborotlarni almashinishi


Download 25.38 Kb.
bet3/3
Sana08.06.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1462836
1   2   3
3. Davlat soliq xizmati organlarining davlatning boshqa organlari va tashkilotlar bilan huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan o‘zaro axborotlarni almashinishi.
Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda samarali soliqqa tortish tizimi va davlat soliq xizmati organlarining uyg‘unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, soliq nazoratining eskirgan uslub va prinsiplariga asoslangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etish mazkur organlar oldiga qo‘yilgan yangi vazifalarni hal qilish, jumladan, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliqlar yig‘iluvchanligining oshirilishini ta’minlash imkonini bermaydi, o‘z yechimini topmagan sezilarli muammolarning mavjudligi ushbu holatni yanada og‘irlashtirmoqda, bularni bir necha misollarda ko‘ramiz: soliq solishning qo‘shimcha manbalarini izlamasdan soliq hisoboti bilan cheklanib qolgan, asosan, prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq ma’muriyatchiligining past darajasi; soliq ma’muriyatchiligida korrupsiyaviy muhitni shakllantirayotgan, davlat soliq xizmati organlarining deyarli barcha bo‘g‘inlarida xodimlar korrupsiyalashuviga olib kelayotgan sezilarli shart-sharoitlarning mavjudligi; soliq ma’muriyatchiligini to‘liq amalga oshirish, soliq solinadigan qo‘shimcha bazani aniqlash, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirishga imkon bermaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanmaslik; kameral nazoratni, jumladan, soliq imtiyozlari va preferensiyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish uchun tashqi manbalarni yig‘ishni ta’minlaydigan ta’sirchan dasturiy mahsulotlarning mavjud emasligi; soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning turli sxemalari yaratilishiga olib kelayotgan, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha berilgan vakolatlardan samarasiz foydalanilishi; maqsadli tekshiruvlar tashkil etish uchun soliqlarni to‘lashdan muntazam ravishda bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashning aniq mezonlari mavjud emasligi; mavjud resurslardan davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yetarlicha foydalanilmayotganligi va intizomiy javobgarlikka tortish darajasi haddan tashqari yuqoriligi umuman soliq tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mavjud muammolarni bartaraf qilish, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini va 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida eng muhim yo‘nalishlar belgilangan: davlat soliq xizmati organlarini yangi imidjini yaratish; soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish; korrupsiyaviy omillarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha preventiv va oldini olish choralarini qo‘llash; ma’muriy tartib-taomillarni maksimal darajada kamaytirish va soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmalarni qisqartirish hisobiga byudjetlarning daromad qismini barqaror shakllantirish; masofaviy nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choralarini yanada kuchaytirish; davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsad va vazifalariga erishish uchun o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish.
Yana bir narsani ta’kidlab o‘tish kerak, aholining iste’mol madaniyatini yuksaltirishimiz talab etiladi. Har birimiz sotib olgan mahsulotimiz, bizga ko‘rsatilayotgan ish va xizmatlar uchun chek talab qilishni o‘rgansak, bozorlar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi pullarning qonuniy aylanishiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling