6-mavzu: Dehqon xo’jaligi sifatida faoliyat yuritish. Dehqon xo’jaligi faoliyati maqsadi, vazifalari va imkoniyatlari. Reja


O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi 662-II-sonli yangi tahrirdagi «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda


Download 40 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi40 Kb.
#1390554
1   2   3
Bog'liq
6-mavzu

O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi 662-II-sonli yangi tahrirdagi «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda


AGROFIRMALAR
Agar siz nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, balki ularni qayta ishlash orqali ham o‘z tadbirkorlik daromadingizni oshirishni istasangiz, u holda agrofirma faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.
Agrofirma – fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda sotish bilan shug‘ullanuvchi korxona.
Agrofirma yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etiladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish agrofirmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi.


BU QIZIQ...
Dunyoda issiqxonalarning ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinda Gollandiya turadi. Ayni paytda, gollandiyaliklar o‘z issiqxonalarini plastic bilan emas, balki oyna bilan qoplaydilar. Gollandiyadagi issiqxonalarning umumiy maydoni 10 500 gektarni tashkil etadi.


BILASIZMI?
Kichik biznesni har qanday sharoitda ham tashkil etish mumkin. Bunga yaqqol misol tariqasida bodring yetishtirish uchun issiqxonani balkonda yoki, hatto, deraza tokchasida ham tashkil etsa bo‘lishini aytish mumkin. Bodring – bu foydali va kam e’tibor talab qiluvchi o‘simlik. To‘g‘ri tanlangan navi, hattoki 1 kvadrat metr joyda ham yaxshi hosil berishi mumkin. Siz kam kuch va mablag‘ sarflagan holda yilning har qanday vaqtida sotish uchun bodring yetishtirishingiz mumkin. Sotishni yo‘lga qo‘yib olgan holda, siz barqaror daromad keltiruvchi, xarajatlari tez qoplanuvchi biznesga ega bo‘lishingiz mumkin.


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Qishloq joylardagi tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari nimalar bilan belgilanadi?
2. Qishloq joylardagi tadbirkorlikning qanday shakllarini bilasiz?
3. Shaxsiy yordamchi xo‘jalikning o‘ziga xos belgilari qanday?
4. Dehqon xo‘jaligi boshqa shakllardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
5. Yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holdagi dehqon xo’jaligining asosiy jihatlarini izohlab bering.
6. Fermer xo‘jaligining asosiy belgilarini tushuntirib bering.
7. Fermer xo‘jaligiga nisbatan «mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt» tushunchasining ma’nosi qanday izohlanadi?
8. Agrofirmaning asosiy belgilari nimalardan iborat?
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling