6– mavzu. Deviant xulq atvor va sotsial nazorat. Reja


deviant (og‘uvchi) xulq-atvor deb ataladi. Deviant xulq-atvor nisbiy


Download 56.56 Kb.
bet12/14
Sana14.12.2022
Hajmi56.56 Kb.
#1002775
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-mavzu

deviant (og‘uvchi) xulq-atvor deb ataladi. Deviant xulq-atvor nisbiy, delinkvent xulq-atvor esa mutlaqdir. Bir kishi yoki guruh uchun og‘ish hisoblangan xulq-atvor boshqalar uchun odat tusini olgan bo‘lishi mumkin. Oliy tabaqa vakillari o‘z xulq- atvorini meyor deb, boshqa tabaqalar, ayniqsa quyi tabaqalar vakillarining xulq- atvorini esa – og‘ish deb hisoblaydilar. Deviant xulq-atvor nisbiydir, zero u faqat mazkur guruhning madaniy mayorlariga daxldordir. Biroq delinkvent xulq-atvor mamlakat qonunlariga nisbatan mutlaq xususiyat kasb etadi. Quyi tabaqa vakillari ko‘cha talonchiligini pul topishning normal turi yoki ijtimoiy adolatni qaror toptirish yo‘li deb hisoblashlari mumkin. Ammo bu og‘ish emas, balki jinoyatdir, chunki mutlaq meyor – talonchilikni jinoyat sifatida tavsiflaydigan yuridik qonun mavjud.

Delinkventlik. O‘g‘rilik, poraxo‘rlik, talonchilik yoki odam o‘ldirish jinoyatlari davlatning shaxs huquqlarini kafolatlovchi asosiy qonunlarini buzadi va jinoyat qonuniga muvofiq ta’qib qilinadi. Jinoyatchilar sudga tortiladi, ularga jazo choralari: turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish (jinoyatning og‘irlik darajasiga qarab), axloq tuzatish yoki katorga ishlari, muayyan huquqlardan mahrum qilish va hokazolar tayinlanadi. Jinoyatlar qatoriga firibgarlik, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish, hujjatlarni qalbakilashtirish, pora olish-berish, josuslik, vandalizm, o‘g‘rilik, o‘t qo‘yish, prostitusiya, qimor o‘ynash va boshqa turdagi g‘ayriqonuniy harakatlar kiradi.
Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin: a) shaxs xususiyatlari; b) muammoli holat; v) ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi. Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan 3 ta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular: 1) irsiy omillar; 2) psixo-fiziologik omillar; 3) shaxsning bilim darajasi. XX asr boshlarida irsiy omillar ta’siri yuqori deb baholangan bo‘lsa, asr oxirlariga kelib, shaxsga ijtimoiy muhit roli kuchli ta’sir etishini ta’kidlashadi. Olimlarning fikricha, jinoyatga moyil kishilarning miyasi yoki psixo-fiziologik tuzulishi, sog‘lom fikrlovchi kishilarnikidan farq qilar ekan. Ijtimoiy og‘ishlarning yuz berishiga shaxsning qat’iyatli yoki qatiyatsizligi, prinsipialligi yoki prinsipsizligi, qoidalarga bo‘ysunish yoki bo‘ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta’sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Deviant xulq-atvorni o‘rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli vaziyat shunday holatki, u subyektdan yechimini talab qiladi, uning yechimi ijtimoiy meyorlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u yoki bu sabablarga ko‘ra, ushbu meyorlarni qo‘llash qiyinroq bo‘ladi. Eng katta muammoli vaziyat ziddiyatli holatlarda, ya’ni turli shaxslar yoki guruhlarning manfaatlari bir-birlariga to‘qnash kelganda yuz beradi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, o‘z joniga qasd qilishlarning 40 %i oilaviy ziddiyatlar oqibatida sodir etiladi. Ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishiga ba’zan shaxs xususiyatlari sabab bo‘lsa, ba’zan kichik ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, ishlab chiqarish brigadasi a’zolari, sinfdoshlar orasidagi salbiy munosabatlar sabab bo‘ladi.
Jamiyat a’zolari shaxsiy nuqtai nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy faol munosabatlarining tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasaddi shaxslar, tashkilotlar rahbarlarining o‘rni va roli katta. “Ba’zilarga mumkin, boshqalarga mumkin emas”, “hozir yaxshi, ertaga yomon” va shu kabi munosabat holatlarining ikkilamchi fe’l-atvor shaklida, ya’ni parallel standartlar yo‘nalishida amal qilishiga izn berish juda xavflidir. Shu boisdan, har qanday holatlarda ham mansabdor shaxslar, turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining rahbarlari, pedagog va tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-atvor meyorlarini buzishi qat’iy qoralanadi.
Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z-o‘zini o‘ldirishlar bilan bog‘liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko‘ra mohiyatan farqli jihatlarga ega.
Birinchi farq, ijtimoiy zararli odatlarning uzoq davom etishi deviant xulqi turmush tarzining uzviy bo‘lagiga aylanib ketishidan iborat bo‘ladi. Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof-muhitdan norozilik, uydagi tushunmovchiliklar va hokazolar. Bularning barchasi subyekt ruhiyatini jarohatlaydi hamda u mavjud vaziyatni o‘zgartirishga urinadi. Bu o‘rinda ijtimoiy institutlardagi kamchiliklar, shu jumladan ziddiyatlar rivojlanishining oldini oluvchi va ularga qarshi kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ham salbiy rol o‘ynaydi. Bularning ikkinchi farqli jihati yuqoridagi holatlarni hal qilishning ma’lum qiyinchiliklarga egaligidir. Ma’lumki, har qanday holatda ham, ko‘p “qurbon” berib bo‘lsada, to‘g‘ri yechimga erishish mumkin. Lekin hamma gap shundaki, subyekt “qurbon” bera oladimi: xotini (yoki eri) bilan ajralib keta oladimi, yangi kasbga ega bo‘la oladimi yoki yo‘qmi. Qatiy qarorga kela olmay, ko‘pincha, subyekt “o‘rinbosar” vositalarga, ichkilik va giyohvand moddalarga murojaat etadi.
Bunday holatlarning keyingi farqi shundaki, ko‘pincha subyekt ularni hal qilishning noto‘g‘ri yo‘llarini tanlaydi. Oilaviy va ishdagi janjallar odatga aylanib qolganda bundan “qutulishning” noto‘g‘ri xayoliy yo‘llari, ichkilik, giyohvand vositalar va hokazolarga murojaat etiladi. Biroq bu yo‘l ziddiyatning chuqurlashuviga va turmush tarzini zararlantiruvchi omilga olib keladi.

Download 56.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling